SO'FIY - tariqatga mansub shaxs, murid.
SURA (arab. — yuqorilik, balandlik, devor) — boshlanish, tugallanish va nomlarga ega kamida uch oyatdan iborat Qur'on qismlariga nisbatan qo'llaniladi.
VATIKAN - Rim katolik cherkovining diniy-ma'muriy markazi. Ayni paytda, Papaning rasmiy qarorgohi sanaladi. Shuningdek, u Italiya poytaxti Rim shahrida joylashgan teokratik shahar-davlatdir.
VIJDON ERKINLIGI - diniy e'tiqod erkinligi, mamlakat fuqarolarining muayyan dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik erkinligini anglatadi. Bularning barchasi demokratik davlatlarning konstitut- siyalarida inson huquqlari to'g'risida Birlashgan Millatlar Tashkiloti qabul qilgan Umumjahon deklaratsiyasi asosida o'z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |