BUXORO YAHUDIYLARI - yahudiylikdagi etnokonfessional va etnolingvistik jamoa.
DINIY BAG'RIKENGLIK - xilma-xil diniy e'tiqodga ega bo'lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda buyuk g'oya va niyatlar yo'lida hamjihat, hamkor bo'lib yashashi, faoliyati.
DINIY SEKTA - ma'lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo'lmagan holda din bayrog'i ostida faoliyat ko'rsatadigan guruhlar.
DINIY TASHKILOT — fuqarolarning dinga e'tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko'ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o'quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |