Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
1 Yurtimizda bag‘rikenglik muhiti yaratishda noislomiy konfessiyalarning o‘rni qanday?
2. O‘zbekiston xalqiga xos diniy bag‘rikenglik asoslari qanday murakkab jarayonlar sinovlari
natijasida yuzaga kelgan?
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
Aql – Zakovat bilan bunyod etilgan ma’naviyat
Yurtimiz mutafakkirlari
Yangi jamiyat va davlat qurishga qodir bo‘lgan avlod tafakkurining shakllanishida, millatning o‘zligini anglashida boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvatga to‘lishi, dunyo hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz ma’naviy saviyasi, g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak bo‘lishiga bog‘liq. Asrlar davomida aql zakovat bilan bunyod etilgan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag‘rur yashadi mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Ana shu milliy ong, milliy g‘urur bugungi hayotimizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga buyuk allomalarimiz Beruniy va Forobiy, Moturidiy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Xorazmiy, Zamaxshariy, Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘ zotlar asos solganlar.Islom dini tabiat ilmlari, psixologiya, tarix, geografiya, sotsiologiya, biologiya, umuman, insoniyat uchun kerakli bo‘lgan har qanday ilmni o‘rganishni qo‘llabquvvatlaydi. Islomning ilm-fanga ijobiy munosabati natijasida islom dunyosida o‘rta asrlarda ilm-fan keskin rivojlanib, butun jahon taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. IX-XII asrlar Islom renessansi davri — Imom Buxo- riy, Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Nasr Foro- biy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Burxonuddin Marg'inoniylarning jahon ilmiga qo'shgan ulkan xizmati davri Ma'mun akademiyasining Xorazmdagi faoliyati bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi bosqichi — Temuriylar renessansi davri XrV-XVI asrlarga to'g'ri keladi. Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzolarning ilm-fan, madaniyat rivojidagi xizmatlari beqiyosdir. Osiyoda IX-XII va XV asrlarda ro'y bergan ilm-fan, falsafa, adabiyot sohasidagi rivojlanish Yevropa renessansiga katta ta'sir ko'rsatdi. Zamonaviy matematika, trigonometriya va geogra- fiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shgan mashhur alloma Muhammad ibn Muso Xorazmiydir. U o'nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo'lib asoslab berdi va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astrono- miya fanlari rivojida keskin burilish yasadi.Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume'tirof etilgan bo'lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari «algoritm» va «algebra» kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi.
Sharq Uyg'onish davri o'ziga xos iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ilmiy muhitni qamrab olganki, ushbu davrning «Uyg'onish davri» deb atalishi ham aslo bejiz emas.IX asrda Ahmad Farg'oniy «Astronomiya asosla- ri» asarida olamning tuzilishi, yerning o'lchovi haqidagi dastlabki ma'lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko'ri- nishga ega ekanligiga dalillar keltiriladi. Kitob XVII asr- ga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo'yicha asosiy darslik sifatida o'qitilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qilgan. Ahmad Farg'oniy o'rta asrlardagi asosiy astrono- mik asbob — usturlob nazariyasini ishlab chiqqan. Nil daryosida nilometr — suv sathini o'lchaydigan asosiy vosita sifatida qo'llaniladigan mashhur inshootni yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |