Abu Nasr ibn Iroq — «Ikkinchi Ptolomey» deb nom olgan buyuk alloma. Ibn Iroq fazoviy trigonometriyaning asoschisidir. U matematika va astronomiya sohasi- dagi kashfiyotlari bilan shuhrat qozongan.
Abu Rayhon Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishla- ridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelgan. Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo'lib dengizlar nazariyasi va yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o'ziga xos yangi g'oyalarni taklif etdi. Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya'ni bo'shliq holatini izohlab berdi. Minerallar tasnifi va ularning paydo bo'lishi nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |