V. O‘quvchilarni baholash:
O`quvchilar to`plagan rag‘bat kartochkalari hisoblab, Faol qatnashgan o`quvchilarga a`lo baholar e’lon qilinadi. A`lochi o`quvchiga va sinf kutubxonasi tomonidan kitoblar sovg‘a qilinadi. Baholar o‘quvchilarning kundaligiga qo‘yiladi.
VI. Uyga vazifa berish:
O‘quvchilarga darslikdagi 151-betdagi 71-74-mashqlar uyga vazifa sifatida beriladi. Qisqacha tushuntirib o‘tiladi. Bundan tashqari iqtidorli o‘quvchilarni hisobga olgan holda, qo‘shimcha murakkabroq masalalar ham vazifa sifatida beriladi(ekranda ko‘rinib turadi yoki doskaga yozib beriladi).
VII. Darsni yakunlash:
Dars so‘nggida o‘quvchilardan darsda nimalar o‘rganganlarini va darsning ularga qanchalik qiziq bo‘lganligi so‘raladi. Ularning kayfiyati so‘raladi va o‘quvchilarga omad tilagan holda dars yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |