NAMANGAN VILOYATI
XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
TO’RAQO’RG’ON TUMANI XALQ TA`LIMI
BO`LIMI
To’raqo’rg’on tumani 34-sonli
umumta’lim maktabi matematika fani
o`qituvchisi Vohidova Rashidaning
“Kvadrat tenglama va uning ildizlarini
topish formulalari ”
mavzusida tayyorlagan
BIR SOATLIK
DARS ISHLANMASI
To’raqo’rg‘on 2021
Sana: 09.12.2021
Sinf: 8-B sinf
Mavzu: Kvadrat tenglama va uning ildizlarini topish formulalari
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga Kvadrat tenglama va uning ildizlarini topish formulalari mavzusiga doir bilimlar berish, qoidalar bilan tanishtirish va o‘rgatish;
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni odob-axloq, vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, mehnatsevarlik, insoniylik fazilatlarini o‘quvchilar ongiga singdirish, o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmatni kuchaytirish, o‘quvchilarni har tomonlama teran fikrli, komil insonlar qilib tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarga Kvadrat tenglama va uning ildizlarini topish formulalari mavzusini o‘rgatish orqali, ulardagi topqirlik, epchillik, hozirjavoblik kabi fazilatlarni rivojlantirish. Kvadtrat tenglamani ildizlarini topishga doir masalalarni mustaqil yechishlariga erishish;
Do'stlaringiz bilan baham: |