Paxtachi tuman 23-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2021-yil 19-sentyabr kuni ona tili va adabiyoti fani bo’yicha tuman miqyosda smenar bo’lib o’tdi. Smenarda 32 nafar ona tili va adabiyot o’qituvchilari ishtirok etishdi
Kun tartibida:
Ona tili va adabiyot fanidan o’tkazilgan ochiq darslar tahlili
2 . “Qadring baland bo’lsin, ona tilim “ mavzusida o’tkazilgan tadbir tahlili
3. Til bayramining 32 yilligini tantanali nishonlash to’g’risida
ESHITILDI:
Yig’ilishni XTB uslubchisi Baratova M. ochib berdi va tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabrikladi. Ochiq darslar tahlili boshlandi.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan 21-maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Muqimovaning 7-“B” sinfda o’tkazilgan “Asqad Muxtor hayoti va ijodiy faoliyati” mavzusidagi ochiq dars yuzasidan fikrlari tinglandi. U o’z so’zida: Ko’proq o’qituvchi faoliyat ko’rsatgani, o’quvchilarning passivligi, o’quvchilarning kam baholanganligini aytdi. Mavzuni to’liq ochib bermadi, she’rlar tahlil qilinmadi. O’qituvchiga o’z ustida ko’proq ishlash kerakligi maslahat berildi.
2- ochiq dars Berdiqulova Gulsanam 3-“B” sinfda “Darak gaplar” mavzusidagi dars. Tahlilga 5-maktab ona tili va adabiyot o’qituvchisi Adizov: O’qituvchi to’liq ma’lumot berolgani, guruhlarda ishlangani, o’quvchilarning faolligi, ko’rgazmalar borligi aytildi. Dars namunali deb topildi. 3-ochiq dars 6-“B” sinfda o’tkazilgan “Fe’l nisbatlari” mavzusida. O’qituvchi Ochiliva Surayyo. Tahlil uchun so’zga 9-maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi To’xtayeva chiqdi.Darsda o’qituvchining bilim va metodikaga egaligi, dars jarayonida yangi usullar qo’llaganligi, o’quvchilarning faolligi, hamma o’quvchini darsga qatnashtira olganligi aytildi. Faqat sanani so’z bilan yozish kerakligi, va bosma harflardan foydalanmaslik kerakligi aytildi.Dars namunali deb topildi.
Kun tartibidagi 2-masala Ismoilova Zumrad tashkilotchiligida o’tkazilgan “Qadring baland bo’lsin, ona tilim!” shiori ostidagi tadbir juda namunali deb topildi.
Kun tartibidagi 3- masala yuzasidan tuman XTB metodisti M.Baratovaning so’zi tinglandi . U o’z so’zida 21-oktabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 32 yilligi, uni har bir maktablarda keng nishonlash, tadbirlar, videorolik va chillenjlar tayyorlash kerakligini aytib o’tdi. Tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
23-maktabda smenar jarayonida o’tkazilgan ochiq darslar va tadbirlar “namunali” deb topilsin;
Aytib o’tilgan kamchiliklar o’z vaqtida bartaraf etilsin.
Ushbu qarorning nazorati uslubiy birlashma rahbari I.Haydarovaga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: M.Baratova
Yig’ilish kotibasi: S.Ochilova
Do'stlaringiz bilan baham: |