e-qaror.gov.uz 19.10.2022 41 uchun shaxsan javobgar shaxs bo’lib va muassis bilan kelishilgan holda maktab
direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
58. Kadrlar bo’yicha mutaxassis sport maktabi xodimlarini tanlash va joy-
joyiga qo’yish, xodimlarning lavozim vazifalari bajarilishini nazorat qilish, ularning
amaliy va professional sifatlarini o’rganish, mehnat ta’tillaridan o’z vaqtida
foydalanishni nazorat qilish, belgilangan tartibda ish beruvchi va xodimlar o’rtasida
mehnat huquqiy munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan tegishli hujjatlarni
rasmiylashtirish, mehnat intizomiga rioya etilishining nazoratini olib borish va
bo’limning faoliyati bo’yicha hisobotlarni tayorlash ishlarini amalga oshiradi.
59. Ixtisoslashtirilgan sport maktabini boshqaruv, yordamchi, xo’jalik va
tibbiyot xodimlari bilan butlash belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlarga
muvofiq amalga oshiriladi.
60. Ixtisoslashtirilgan sport maktabining ish faoliyati va zaruriyatdan kelib
chiqib, belgilangan tartibda boshqa bo’lim va shtat birliklari tashkil qilinishi mumkin.
6-bob. Trener-o’qituvchilar, o’quv-tarbiyaviyxodimlar 61. Ixtisoslashtirilgan sport maktabining faoliyati o’quv yili bo’yicha tuzilgan
yillik ish reja va o’quv dasturlari asosida tashkil etiladi. Yillik ish reja sport maktabi
direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan shakllantiriladi,
ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi.
62. Ixtisoslashtirilgan sport maktabining trener-o’qituvchilar tarkibi jismoniy
tarbiya ma’lumotiga ega oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotli hamda sport bo’yicha
trenerlar yoki trener-o’qituvchilar sifatida trenerlik faoliyatini amalga oshirish uchun
ruxsatnomaga ega bo’lgan mutaxassislardan tayinlanadi.
63. Trener-o’qituvchilar quyidagi huquqlarga ega:
а) yillik va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, o’z ishining mazmuni va natijasi
bo’yicha muntazam hisob, taxlil, umumlashtirish ishlarini olib borish;
b) o’z faoliyatida sport tayyorgarligi va o’quvchi-sportchilarni sog’lomlashtirishning
samarali metodlarini qo’llash;
v) sport bilan o’quvchi-sportchilarni chiniqtirishda jismoniy tayyorgarlikni muntazam
oshirib borish usullarii va o’quv-mashq jarayonini tashkil etishning metodlarini
tanlash;
g) o’quvchi-sportchilarni tayyorlash va o’qitishning zamonaviy metodikalarini joriy
qilish;