Nazorat savollari:
1. Ilk yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishida erkin harakatlarning roli.
2. Ilk yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishiga umumiy xarakteristika bering.
3. Ilk yosh davridagi bolalarda sezgi va idrokning rivojlanishi.
4. Bola taraqqiyotida senzitiv davr va uning mohiyatini tushuntirib
bering.
5. Ilk yoshi davridagi bolalarda diqqatning rivojlanishi.
Foydalanilgan adabiyotlar
S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-Faylasuflar-2013, 2017
O’zbekiston Rеspublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”. Toshkent-2018 yil
12-mavzu: Shaxs haqida umumiy tushuncha.
Reja:
Shaxs haqida umumiy tushuncha
kichik va katta maktab yoshida bola shaxsining shakllanishi
Motiv va uning turlari, motivatsiya turlari
Tayanch tushunchalar: Shaxs haqida umumiy tushuncha. Individ va individuallik. Shaxsning tuzilishi. Motiv va uning turlari, motivatsiya tushunchasi.Shaxs faolliginining, qiziqishlarida, dunyoqarashi va e’tiqodlarida ko’rinishi
Shaxs ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir. Odam bolasi tug‘ilishidanoq ma’lum biologik belgilarga ega bo‘lib, u ijtimoiy tajriba orttirish jarayonida shaxs bo‘lib shakllana boshlaydi. Shaxs ma’lum jamiyatning a’zosi bo‘lib, shu jamiyat a’zolari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan konkret insondir. Kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodiga, qarashlariga, munosabatlariga, baholariga ega bo‘lgan subyekt shaxs deb ataladi.Odam ijtimoiy jamiyatda, konkret odamlar bilan ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxs sifatida tarkib topa boshlaydi. Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlar birikuvidan tarkib
topadi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvurlar)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir. «Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lmagani singari, o‘z navbatida, shaxs va individuallik ham birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga o‘xshash emasdir. Kishining katta sonlarni «ichida» juda tez qo‘sha olish va ko‘paytirishi kabi qobiliyati, epchilligi va qat’iyatliligi, o‘ychanligi va tirnoqlarini tishlash odati, bo‘lar-bo‘lmasga kulaverishi va boshqa xislatlari uning individualligi belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan: epchillik va qat’iylik o‘spirinning individualligi belgilari bo‘lib, jumladan, u sportda tuman birinchiligiga da’vogar komandaga qo‘shilmagunga qadar, uzoq joylarga turistik sayohat paytida u tez oqar va muzdek daryodan kechib o‘tishini ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga olmagunga qadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chiqmasdan keladi. Kishining individual xususiyatlari ularga shaxs sifatida mazkur kishi subyekt hisoblangan shaxslararo munosabatlar sistemasida zarurat tug‘ilguncha ma’lum vaqtga qadar «soqov»ligicha qolib ketadi. Shunday qilib individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib hisoblanadi, xolos. Aynan shu sababli ham, pedagog uchun ahamiyatli bo‘lgan bolalariga individual yondashishni amalga oshirish vazifasini ajratib ko‘rsatish kerak. Bu esa bolalarning psixologik xususiyatlarni hisobga olishni, yoki bolaning o‘z tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bilan tarbiyaviy ishni qanday tashkil qilish kerakligini aniqlashini taqozo etadi. Bolalarning haqiqiy munosabatlar sistemasiga kiradigan shaxsi hamisha pedagogning diqqat markazida turishi, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish pedagogning doimiy vazifasi bo‘lib qolishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |