Namangan pedagogika kolleji



Download 4,12 Mb.
bet55/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Integratsiya qonuni inson psixikasini o‘z taraqqiyoti davomida tobora ko‘proq yaxlitlik, birlik, mustaqillik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta borishidir. Bunda yoshlikda hosil bo‘lgan psixik xususiyatlar taraqqiyot davomida bora-bora kishining asosiy xususiyatiga yoki xarakter xislatiga aylanadi va bu xislat shu kishining hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoladi. Bu qonunga binoan psixik rivojlanish psixik holatlarning asta-sekin o‘sib, shaxs xislatlariga aylanishidan iborat bo‘lgan qonundir.

  • Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati qonuni. Bu qonun asab tizimining plastiklik xususiyati bilan bog‘liqdir. Yosh bola ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan u albatta ularni o‘ziga o‘zlashtiradi, taqlid qiladi. Natijada u aqliy tomondan shakllanadi. Ta’lim-tarbiya sharoitida bolani, maktab o‘quvchisining psixikasini maqsadga muvofiq o‘zlashtirishning boy imkoniyati asab tizimining ana shu plastikligiga asoslanadi. Plastiklik kompensatsiya (to‘ldiruvchanlik, tovon, badal) uchun ham yo‘l ochib beradi. Ba’zi psixik funksiyaning rivojlanishi zaif yoki nuqsonli bo‘lsa, uning faoliyatini zo‘r uyushganligi va aniqligi bilan kompensatsiya qilish mumkin; ko‘rishdagi nuqsonlar qisman, eshitish analizatorining o‘tkir darajada rivojlanishi bilan kompensatsiya qilinadi. Tarbiyachi va o‘qituvchilar bolaga ta’lim-tarbiya berish jarayonida psixik taraqqiyotning qonunlariga amal qilishlari va bolaning taraqqiyot xususiyatlarini bilishlari maqsadga muvofiqdir.

    Bola maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda izchil suratda ta’lim va tarbiya oladi. Bunday uzoq muddatdagi maxsus ijtimoiy ta’lim va tarbiya bolaning psixik taraqqiyotiga ta’sir etmay qolmaydi. Shuning uchun bolaning umumiy psixik taraqqiyoti ko‘p jihatdan ta’lim-tarbiyaning ta’siriga bog‘liqdir.
    Psixolog L.S. Vigotskiyning fikriga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayoni psixik taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi. Bola ijtimoiy tajribani ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zlashtirib, rivojlanadi. Demak,ta’lim-tarbiya jarayoni har doim psixik taraqqiyotdan bir qadam oldinda boradi. Ta’lim-tarbiya jarayoni bolaning psixik taraqqiyoti uchun sharoit yaratib, zamin hozirlaydi va psixik taraqqiyotni o‘z ketidan ergashtirib boradi.L.S. Vigotskiy psixik taraqqiyotning 2 bosqichini belgilab berdi:– eng yaqin taraqqiyot bosqichi – aktual taraqqiyot bosqichi. Uning tushuntirishiga ko‘ra psixik taraqqiyotning yaqin sohasida bolaning psixiktaraqqiyotikattaodamlarning (ota-onalar, tarbiyachilarvao‘qituvchilarning) bevositayordami, rahbarligiasosidaamalgaoshiriladi. Bolaninggo‘daklik, ilkyosh, maktabgachata’limmuassasasivakichikmaktabyoshidagidavrlaripsixiktaraqqiyotningyaqinbosqichigato‘g‘rikeladi. Psixiktaraqqiyotningaktualbosqichigakelsak, bubosqichmuayyandavrdabolaningkattayoshdagikishilaryordamisiz,mustaqilharakatqilaolishibilanifodalanadi. Psixiktaraqqiyotningaktualbosqichio‘zlashtirilganbilimlar, ko‘nikmavamalakalardanmustaqil foydalanish bosqichidir. Psixik taraqqiyotning aktual bosqichiga bolaning o‘smirlik va o‘spirinlik davrlari to‘g‘ri keladi. Bu davrda bolalarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan munosabatlari tubdan o‘zgarib, ular turli narsalarga nisbatan tanlab munosabatda bo‘la boshlaydilar. O‘smir bolalarda qiziqish va dunyoqarash kabi shaxsning murakkab sifatlari tarkib topa boshlashi tufayli turli sohalarga doir bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga urinish yuzaga keladi. Vaholanki, ta’lim-tarbiya psixik taraqqiyotdan bir qadam oldinda borib, psixik taraqqiyotga zamin hozirlar ekan, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim- tarbiya jarayoni hamma vaqt o‘quvchilarni mustaqil tafakkur qilishga, tabiat hamda jamiyatdagi narsa va hodisalarga doir qonuniyatlarni bilib olishga yordam beradi.
    Bolalar har xil individual imkoniyatlar, ya’ni layoqatlar bilan tug‘iladilar. Shuning uchun bolalarda psixik jihatdan rivojlanishlariga ta’sir qiladigan ichki, ya’ni nasliy xususiyatlar har xil bo‘ladi. Nasliy xususiyatlar, ya’ni turli sohalarga nisbatan bo‘lgan tug‘ma layoqatlar hamma bolalarda bir xil bo‘lmaydi. Masalan, bir bola matematikaga layoqatli bo‘lib tug‘ilsa, boshqa bir bola musiqaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘iladi. Kimning qaysi sohaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘ilishi genetika fanining muhim muammolaridandir. O‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalarning psixik taraqqiyotlari nisbatan sekinlik bilan yuzaga kelsa, ya’ni uzoq muddat davomida jiddiy o‘zgarishlar sezilmasa, ayrim davrlarda bolalarning psixik taraqqiyotlari qandaydir sakrash yo‘li bilan jadal amalga oshadi. Bolalarning psixik taraqqiyotlaridagi ana shunday sakrash yo‘li bilan amalga oshiriladigan jadal davrni taraqqiyotning krizis (inqiroz) davri deb ataladi.
    Psixik taraqqiyotning ana shunday inqiroz davrlari bir xil sharoitda yashaydigan hamma bolalarda aniq bir yosh davrida maydonga keladi. Shuning uchun bolalar psixik taraqqiyotida paydo bo‘ladigan inqiroz davrlari hamma bolalarni ma’lum yosh davrlariga ajratish imkoniyatini beradi. Bolalarni turli yosh davrlariga ajratishda turlicha fikrlar juda qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan:
    1. Podsholik davri – 5 yoshgacha.
    2. Qullik davri – (6–12 yoshgacha).
    3. O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan.
    Shveysariyalik psixolog J. Piaje Bolaning aql-idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlariga qarab: 1) sensomotor intellekti (0–2 yoshgacha); 2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur Davri (2–7 yoshgacha) 3) aniq operatsiyalar davri (7–12 yoshgacha); 4) rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi. Fransuz olimi, psixolog A. Valon bolaning jismoniy rivojlanishiga qarab (homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri – 0–6 oygacha, his-tuyg‘u davri – 6 oydan 1 yoshgacha; sensomotor
    Davri – 1–3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri – 3–5 yoshgacha; farqlash davri – 6–11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri (12–18 yoshgacha) deb ajratgan.

    Mavzu yuzasidan savollar



    1. Bolaning psixik taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklarni sanab bering

    2. Yosh bosqichlarini sanab bering

    3. Inqiroz davrlari deganda nimani tushunasiz

    Foydalanilgan adabiyotlar



    1. Sh.A. Do’stmehamedova, Z.T.Nishanova,S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova, Sh.T.Alimbayeva “Yosh davrlari va pedagogik-psixologiya” Toshkent -2013

    2. 1.M.Zufarova Umumiy psixologiya. Toshkent-Faylasuflar-2010

    3. 2. E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.




    Download 4,12 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish