Namangan pedagogika kolleji



Download 4,12 Mb.
bet109/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Xayol jarayonlari, shakllariInsoniyat taraqqiyotining boshlaridanoq kishilar o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida yangi narsalarni o‘ylab topganlar. Odamlar qo‘llari bilan ishlar ekanlar, eng oddiy mehnat qurollarini ixtiro qilganlar, bu qurollar qo‘llar vazifasini tezroq va yaxshiroq bajargan. Ayrim san’at asarlari predmetlardan bir xil xususiyatlar va xossalarni ajratib olish hamda ularni yangidan birlashtirib, uyg‘unlashtirish yo‘li bilan hosil qilingan. Bu timsollarnisintezlashning eng sodda shakli agglutsinatsiya (lot. Agglutinare – yopishtirmoq, yelimlamoq) bo‘lib, kundalik hayotda birlashtirib bo‘lmaydigan turli sifatlarni birlashtirib, muayyan tasavvurlarni bir-biriga qo‘shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlarini yaratishdan iborat xayol fenomenidir. Agglutsinatsiya yo‘li bilan ertak obrazlari, afsonalar, multfilmlar yaratiladi (Suv parisi, tovuq oyog‘ida turgan uycha, hindafsonalaridagi ko‘p qo‘lli xudolar, yetti boshli ajdar va h.k.). Hozirgi zamon agglutsinatsiyasidan texnik, badiiy ijodiyotda keng foydalanilmoqda. Masalan, samolyot amfibiya (yunon. Amibtos – ikki yoqlama hayot kechirish), quruqlik va suvgamoslashgan gidrosamolyot, avtokran, – avtomobil va kran qorishig‘i va h.k.. Tassavvur formalarini o‘zlashtirish jihatidan agglutsinatsiyaga yaqin turuvchi giperbalizatsiya (yunon. huperbole – bo‘rttirish, kuchaytirish)dir, ya’ni obrazlarni kattalashtirish yoki kichraytirishdir. Xalq ertaklarida jimitdek bola o‘ylab topilgan, Gulliver, No‘xotpolvon, Dyumovochka, gnomlar va boshqa obrazlar yaratilgan. Rassomning o‘simliklar dunyosidan andaza olib, naqsh yaratishi sxematizatsiya (yunon. sxema – obraz, shakl vujudga keltirish)ga misol bo‘la oladi. Bu usul bilan o‘rtoqlik hazillari, karikaturalar yaratiladi. Tipiklashtirish (yunon. tupos – iz, chiziq)dan badiiy adabiyotda keng qo‘llaniladi, ular orqali narsalarning takrorlanadigan muhim tomonlari ajratilib konkret obrazlarda gavdalantiriladi. Xayolning ishlashi uchun bilimlar nihoyatda zarur bo‘ladi. Xayoli jamiyat uchun foydali narsalarni yaratishga qaratilgan kishilarda bilim ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Xayol bunday kishilarni ijod qilishga, gipotezalar yaratishga, ularni tekshirib ko‘rishga undaydi, bilim va tajriba esa kishining fikr doirasini kengaytirib, fantaziya uchun boy ma’lumot beradi.
Ilgari idrok etgan va etmagan predmet va hodisalarni ongimizda yaratishdan iborat bo‘lgan psixik jarayon XAYOL deyiladi. Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rar ekan uning borishinitasavvur qiladi. Xayol yetarli darajada rivojlantirilmasabolalarning intellektual o‘sishlari ham yaxshi rivojlanmayqoladi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o‘qish yoki aytib berishbilanshug‘ullanar ekan, muallif gapirgan narsalarni fikrantasavvur qiladi. Bola ertak va hikoyalarni eshitayotganda o‘ziko‘rmagan, xayolida o‘ziga notanish tabiat manzarasini tasavvurqiladi. Tasavvur obrazlari bo‘lmasa hikoyalarni tushunibbo‘lmaydi. Xayol bola shaxsining umumiy rivojlanishiga, xususan,axloqiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Xayol ta’siri ostidaqahramonning ideal obrazi yaratiladi va kishi ana shu obrazgao‘xshash uchun intiladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol bir xilda rivojlanmaydi.Agar kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida asosan tiklovchi xayolo‘sgan bo‘lsa, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida xayolningijodiy turi ham o‘sa boshlagan bo‘ladi.Bolaning bog‘cha yoshida harakat doirasining kengayishi,bilimlarining ortishi, turli xil yangi ehtiyoj va qiziqishlarningpaydo bo‘lishi unda xayol jarayoni birmuncha tez sur’at bilanrivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bog‘cha yoshidagibolalarning xayol qilish qobiliyatlari bog‘chagacha tarbiyayoshidagi bolalar xayolidan har tomonlama ustun turadi.Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan ixtiyorsiz va tiklovchixayol bo‘lib, ularning turli-tuman faoliyatlarida o‘sib boradi. Biroq shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalardaxayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning o‘yinlari hamxilma-xil bo‘lmas edi. Demak, bolalarning xayol qilish qobiliyatlariularni turli xil o‘yinlar o‘ynashga undasa, o‘z navbatidao‘yinularning xayolini o‘stiradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarningxayolimashg‘ulotlarda ham o‘sib boradi. Masalan, bolalar loy o‘ynashni,ya’ni loydan turli narsalar yasashni (shu jumladan, plastilindanham), qumdan turli narsalar qurishni, rasm chizishni yaxshiko‘radilar. Bu mashg‘ulotlar, ayniqsa, rasm chizish mashg‘ulotibolalar xayolini o‘stirishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik yoshdagibog‘cha bolalarida hali ijodiy xayolning yo‘qligi ularning rasmchizishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, kichik yoshdagi bog‘chabolalarining chizgan rasmlari hamma vaqt ro‘zg‘or mavzularidan nariga o‘tmaydi. Chunki, bu yoshdagi bolalar har kuni ko‘rib turadigan narsalari haqidagina xayol qila oladilar.
Mavzu yuzasidan savollar
1. Xayol tasavvurlari xotira tasavvurlaridan nimasi bilan farq qiladi?
2. Kishi hayotida xayol qanday ahamiyatga ega??
3. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayol jarayoni kattalarga nisbatan yaxshi rivojlangan degan fikr mavjud. Bu fikr to‘g‘rimi, tahlil qilib bering.


Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish