Namangan pedagogika kolleji



Download 4,12 Mb.
bet107/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Nazorat savollari:
1. Nutq deb nimaga aytiladi?
2. Nutqning tildan farqi nimada?
3. Nutqning qanday turlaridan foydalaniladi?
4. Nutqning qanday funksiyalari farqlanadi
6. Bog‘cha yoshida nutqning o‘sishi xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
7. Bola nutqining o‘sishiga oila muhiti qanday ta’sir ko‘rsatadi?
8. Egotsentrik nutq nima?


39-mavzu: Xayol. Bolalar xayolining rivojlanishida ertak va tasviriy faoliyatning o’rni
Reja:
1.Xayol haqida tushuncha
2.Xayolning fiziologik asosi
3.Bolalar xayolining rivojlanish xususiyatlari
Tayanch tushunchalar: Xayol haqida umumiy tushuncha, Mavjud bo’lmagan hayvon metodikasi, bolaning hayolida ijod elementlari
Predmet va hodisalarning obrazlari garchi kishining xayoliy tasavvurlarida (obrazlarida) ilgari u shu holda idrok qilmagan tarzda vujudga kelsa ham, biroq bu obrazlar hamishakishi hayotida kuzatgan elementlar, qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. Kishi biror yangi predmetni, masalan, mashinani yaratar yoki ixtiro qilar ekan, uni o‘zi qayerdadir ko‘rgan, unga (nazariy yoki amaliy jihatdan) tanish qismlar va detallardan tuzilganligini fikran tasavvur qiladi. Hatto fantast yozuvchilar ham o‘z asarlarining g‘ayritabiiy, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan qahramonlarini hayotda kuzatgan narsalarning elementlaridan yaratadilar. Masalan, Gerbert Uells «Dunyolar kurashi» degan fantastik romanida boshi metall silindrga o‘xshagan, qushning tumshug‘i singari tumshug‘i, oyoqlari esa juda katta hasharotningqo‘l-oyoqlarini eslatuvchi Mars odamlarini tasvirlaydi. Bu narsa ertaklarda, dostonlarda va xalq fantaziyasi bilan yaratilgan obrazlarga ham taalluqlidir. Shunday qilib, ijod jarayonidahamisha ilgari idrok qilingan narsalarning qayta ishlanishi ro‘y beradi. Xayol dеb odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarning) qaytadan tiklanish va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali yangi narsa va hodisalarning obrazlarini hosil qilishiga aytiladi. Inson xayolining eng murakkab va eng fantastik obrazlari idrok qilingan obrazlarni qayta ishlashga asoslanadi. Chunonchi, afsonaviy hikoyalardagi obrazlar– dеv, pari, suv parisi va boshqalar ham inson xayolining mahsulidir. Bu afsonaviy hikoya va ertaklar juda katta mubolag‘alarga qaramay, xalqning hayoti, uni o‘rab olgan tabiiy muhit hamda manzaralarni yorqin obrazlar orqali aks ettiradi. Mana shunday afsonaviy,xayoliy ertaklarda xalqning orzu-umidlari ifodalanadi, masalan «Ur to‘qmoq», «Ochil dasturxon», «Uchar gilam» kabilar. Xayolni ko‘pincha fantaziya deb ataydilar, holbuki, ba’zan «fantaziya» degan so‘z bilan haqiqiy hayotga kam aloqador xayolni tushunadilar. Xayolning boyligi idrok qilish ko‘nikmasiga, predmetlar va hodisalarning obrazlarini kuzatish va xotiradasaqlab qolishga bog‘liq bo‘lib, ular keyinchalik qayta ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol o‘ynaydi. Tafakkur fantaziya natijalariga tuzatishlar kiritadi, ya’ni tanqidiy baholaydi. His-tuyg‘ular ham xayolga ta’sir ko‘rsatadi va ularningo‘zlari ko‘p jihatdan xayolga bog‘liq bo‘ladi. Nihoyat kishining xayoli bilan yaratilgan ijodiy niyatlarni amalga oshirish uchun iroda zarur bo‘ladi.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish