Xayolning fiziologik asosi miyaning katta yarimsharlar po‘stlog‘ida ilgari hosil bo‘lgan muvaqqat bog‘lanishlar o‘rtasida yangi birikmalarning paydo bo‘lishidir. Avvalgi bog‘lanishlarning tiklanishi bu xotira jarayonlaridir. Xayolning ishlashi uchun bu bog‘lanishlarning miya po‘stlog‘ida hali mavjud bo‘lmagan, lekin u yerda bor qo‘zg‘alishlarning qoldiqlaridan tashkil topadigan birikmali yangi sistemalari vujudga kelishi zarur. Xayol ikkala signal sistemasining faoliyati bilan mustahkam bog‘langan. Agar kishi tegishli sezgilar, idroklarga ega, ya’ni atrofdagi voqelikning dastlabki signallariniolgan taqdirdagina, unda narsalar va hodisalar to‘g‘risidagi obrazlar, tasavvurlar hosil bo‘lishi mumkin. Psixologiyada qo‘rqinch holati (yunon. «phobos» – qo‘rquv) fobiya dеb nomlanadi. Fobiya muayyan sharoitlar va vaziyatlarda shaxsda vujudga kеladigan kuchli asosga ega bo‘lmagan qo‘rqinch va tashvishlanishdan iborat, inson tomonidanyеngish imkoniyati yo‘q muttasil psixopatologik holat. Mazkur patologik holatning ba’zi birlari haqida ma’lumot bеrishga harakat qilamiz:
1) agarafobiya – shaxsning gavjum maydonlardan, shoxko‘ chalardan o‘tishga qo‘rqishi;
2) kaustrofobiya – insonning eshigini qulflab yolg‘iz o‘tirishdan qo‘rqishi;
3) monofobiya – shaxsning yakka-yu yolg‘iz, hеch kimsiz qolishdan qo‘rqishi;
4) atropofobiya – insonning ko‘pchilik davrasidan, xaloyiqdan qo‘rqishi;
5) nazofobiya – odamning kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqishi;
6) eyrotrofobiya – shaxsning ko‘pchilik davrasida izza bo‘lishdan, o‘zini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqishi; 7) didaktofobiya – o‘quvchi yoki talabaning o‘qituvchidan qo‘ rqishi;
8) yatrofobiya – bеmorning shifokordan qo‘rqishi va h.k..
Xayol jarayonining asosiy xususiyatlari Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlargabog‘liqdir. Xayol har doim ma’lum bir yo‘nalishga ega bo‘ladi.Odatda vujudga kelgan xayol odamning o‘z faoliyati davomidanimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog‘liq bo‘ladi.Masalan, quruvchi qurayotgan binosining qanday bo‘lishini,tarbiyachi tarbiyalayotgan bolalarining kim bo‘lib yetishishlarinixayolanko‘z o‘ngiga keltiradi. Xayolning ana shu xususiyati,xususan bolalarda juda yaqqol ko‘rinadi. Chunonchi, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar haydovchi bo‘lgilari keladi. Buni amalga oshirish qiyin albatta, lekin bu mushkul masalani hal qilishda xayol jarayoni yordam beradi. Bola xayolan haydovchi bo‘lib olib, stulni mashina qilib, haydab ketaveradi. Xayol xususiyatlaridanbiri shundan iboratki, xayol odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt ham xayolga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etavermaydi. Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri xotira tasavvurlarini analiz va sintez qilishdir. Xayol uchun material bo‘ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko‘pincha to‘liq holda kirmasdan, balki qisman kiradi. So‘ngra xayolning sintez, qilish faoliyati ro‘y beradi. Bunda muayyantasavvurlardan ajratib olingan elementlarni qo‘shish va bir turkum qilish jarayoni ro‘y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida yangi tasavvur – xayol tasavvuri vujudga keladi.
Xayol turlariInson quyidagi holatlarda xayolot olamiga kirib borishi mumkin:
1) hеch qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan bеrkinish maqsadida;
2) turmushning og‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoyalanish niyatida;
3) shaxsiy nuqsonlarning tarkibidan; 4) ushalmagan armondan;
5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda;6) alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya)ning turmushda gavdalanishi mumkin bo‘lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini namoyon etishi passiv (sust) xayol dеb nomlanadi. Xayolning bundan tashqari ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qayta tiklovchi va ijodiy turlari ham mavjud. Ixtiyoriy xayol qandaydir ijodiymehnat bilan band bo‘lgan kishi o‘z xayolini ishlashga majbir qilganda ro‘y beradi. Bu hol badiiy asarlarni yaratish jarayonida, ixtirochi, konstruktorning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o‘ylab ko‘rish va yaxshi tasavvur qilish zarur bo‘lgan oddiy ishda ham yuz beradi. Ixtiyorsiz xayol kishining oldida hech qanday vazifa turmagan vaqtda, lekin beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura boshlaganda paydo bo‘ladi. Ixtiyorsiz xayol kuchli ehtiyojlar tufayli ham paydo bo‘ladi. Masalan: odam juda tashna yoki och paytida uning xayolida turli taomlar, suvlar paydo bo‘la boshlaydi. Shuningdek, kishining hissiy holatiga ham bog‘liq. Qo‘rqayotgan vaqtda odam xayoliga qo‘rqinchli obrazlar kela boshlaydi.Obrazlarning mustaqilligi va originalligiga qarab xayol esga tushiradigan va ijodiy bo‘ladi. Esga tushiradigan xayol (unitasavvur xayoli yoki reproduktiv ishlab chiqarish xayoli hamdeb ataydilar) boshqalar tomonidan bajarilgan tasvirlashlar yoki aks ettirishlar (masalan, chizmalar, sxemalar va h.k.) asosida paydo bo‘ladi. Biz kitob o‘qir ekanmiz, tabiat manzarasi yoki voqealarni tasavvur qilamiz, yozuvchi tasvirlagan obrazni fikran ko‘ramiz. O‘quvchi tarixni o‘qir ekan o‘z xayolida uzoq o‘tmish gavdalanadi. Ijodiy xayol obrazlarni (albatta, ilgarigi idroklar asosida) mustaqil ravishda yaratishdan iboratdir. Bu xayol kishining ijodiy faoliyati bilan bog‘langan. Xayolning ana shu turi esga tushiradigan xayoldan murakkabroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |