Namangan pedagogika kolleji


Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni



Download 4,12 Mb.
bet78/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni. Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri benihoya kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kattalar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulatori va psixik rivojlanishning stimulatori bo‘lib xizmat qiladi. Psixologrlarning ta’kidlashicha, bolani haddan tashqari qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash unda nevrozlarni va psixosteniyani keltirib chiqaruvchi omillardan biridir. Har bir oiladagi munosabatlar o‘ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq-atvorini boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga ko‘ra o‘rtadagi munosabatlar ko‘pincha «demokratik» va «avtoritar» kabilarga ajratiladi. Bolalarga oilaviy ta’sir etishning «demokratik» shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko‘p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko‘p muloqot qilinadi, unga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo‘linadi, ota-onalar bo‘lar-bo‘lmas taqiqlar qo‘ymasikka harakat qiladilar, buning o‘rniga ular bolalarga oiladagi tartib-qoidalarni tushuntirishga intiladilar, iloji boricha bolalarning savollariga javob berishga, ularning qiziquvchanliklarini qondirishga harakat qiladilar. Oiladagi «avtoritar» muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari taqiqlarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. «Hukmron» ota-onalar boladan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan kam o‘tkaziladi. Shu narsa aniqlanganki, «avtoritar » va «demokratik» oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo‘ladi. «Demokratik» oilalarning farzandlari ijodkorlikka moyil, tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (guruh fikriga tobe bo‘lishni) inkor etuvchi, ijtimoiy munosabatlarida ko‘proq emotsiyalarni his etuvchi bo‘ladilar.

Mavzu yuzasidan savollar


1. Katta bog‘cha yoshida o‘z-o‘zini anglash nimada ifodalanadi?


2. Bolaning jinsiy identifikatsiyasida, o‘yinchoq tanlashida, jinsiy tarbiyasida kattalarning tutgan o‘rni qanday?
3. Bola shaxsida qanday salbiy tuzilmalar paydo bo‘ladi?
4. Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni haqida gapirib bering

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Shavkat Mirziyoev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko'taramiz" Toshkent – "O'zbekiston"-2018.

  2. E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.

  3. S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-Faylasuflar-2013, 2017



Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish