Namangan pedagogika kolleji



Download 1,48 Mb.
bet66/72
Sana22.03.2022
Hajmi1,48 Mb.
#505669
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
Bog'liq
Bolalar adabiyoti

Dastur mazmuni: bolalarda xayolni rivojlantirish, uncha katta bo'lmagan eitak to'qishga, uning mazmunini izchillik bilan bayon etishga o'rgatish.
Mashg'ulotning borishi.
Tarbiyachi: „Bolalar, bugun biz sizlar bilan ertak to'qishni o'rganamiz. Ertak „Ayiqcha qanday qilib etigini yo'qotdi va uni qanday topib oldi?" deb ataladi. Men ertakning boshlanishini o'yladim, siz esa oxirini o'ylab topinglar. Ertakning boshlanishini tinglang: „O'rmonda ona ayiq ayiqchasi bilan yashar edi. Ayiqcha juda ham sho'x, qiziquvchan edi, ona ayiq uni juda ham yaxshi ko'rar edi. U ayiqchasiga qizil etikcha sovg'a qildi. Etikcha ayiq- chaga juda yoqdi, u etikchani kivib, har tarafga yugurar, hatto uxlab yotganida ham uni yechmas edi. Kunlardan bir kuni ona ayiq ovqat izlab, uzoq joylarga ketdi. Ayiqcha esa yolg'iz o'zi qoldi. O'tirib-o'tirib, uning anhorda cho'milgisi kelib qoldi. U mazza qilib anhorda cho'mildi, biroq etikchasini yo'qotib qo'ydi".Endi sizlar ayiqcha qanday qilib etikchasini yo'qotganini, so'ngra uni qanday qilib topib olganligini o'ylab topinglar. Balki ayiqcha etigini yechib, uni qayerga qo'yganini esidan chiqargandir yoki uni tillki olib ketgan bo'lishi mumkin. Balki unga kimdir etigini topishga yordam bergandir?"Quyida bolalar tomonidan oxiri o'ylab topilgan ertaklardan birini misol tariqasida keltiramiz:
Ahmad. Ayiqcha etigi bilan anhorda cho'mildi. Etikchalar esa oyog'idan chiqib, anhor bo'ylab oqib ketdi. Buni ayiqcha sezmay qoldi, anhordan chiqqandan keyingina buni bilib qoldi: qarasa, oyog'ida etikchalari yo'q. U etikchalarni topmoqchi bo'ldi. U anhorga qayta tuslidi. Etikchalarini uzoq qidirdi. So'ngra uzoqda bir qizil narsani ko'rib qoldi. Ayiqcha uning yoniga suzib bordi, qarasa, o'zining etikchalari. U etikchalarini olib, oyog'iga kiyib oldi. U juda xursand bo'lib, uyga qaytdi.
Maftuna. Ayiqcha cho'milgani bordi. Etigini yechib suvga tushdi. U cho'milayotganida tulki kelib etikchalarini olib ketdi. Ayiqcha mazza qilib cho'milib bo'lgach, anhordan chiqib qarasa, etikchalari yo'q. U etikchalarini qidira boshladi. Qidirib-qidirib juda charchadi va tulkidan uning inida dam olishga ruxsat so'radi. Tulkining inida o'zining etikchalarini ko'rib qoldi. Tulkidan etikchalarini tortib olib, uyiga ketdi.
Salim. Ona ayiq ovqat izlab ketganda, ayiqcha anhorga cho'milish uchun bordi. U etikchasini yechishni esidan chiqarib, cho'mila boshladi. Anhordan chiqib qarasa, etigi yo'q. U etigini qidira boshladi. Qirg'oqda fil turar edi. Fil undan: „Ayiqcha, sen nimani qidiryapsan?", — deb so'rabdi. Men anhorda etikcha- larimni yo'qotib qo'ydim, — debdi ayiqcha. Ayiqcha fildan etikcha­sini topishga yordam berishini so'rabdi.Fil anhorga tushib, xartumi bilan etikchani qidira boshlabdi va uzoq qidirib, etikchani topibdi. Ayiqcha juda ham xursand bo'lib ketibdi va filga rahmat aytibdi.
Ijodiy hikoya tuzishning ikkinchi turi bu — tarbiyachining rejasi asosida hikoya yoki ertak tuzish. Bu hikoya turi bolalardan mustaqillikni talab etadi, chunki tarbiyachi tomonidan berilgan reja hikoya va ertak mazmunining ketma-ketligini belgilaydi xolos, mazmunni rivojlantirishni esa bolaning o'zi mustaqil amalga oshirishi lozim.Ijodiy hikoyaning uchinchi turi bu tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzu asosida (rejasiz) ertak yoki hikoya o'ylab topishdir. Bu hikoya turi ijodiy xayolni rivojlantirish, mustaqil fikr yuritishga katta yordam beradi, bola bu hikoya turida muallif sifatida hikoyaning mazmunini va uning shaklini mustaqil tanlaydi. Tarbiyachi tomonidan taklif etilgan mavzuning o'zi bolalarni hikoya to'qishga tayyorlashi kerak. Bolalar bu hikoya turi orqali narsa-buyumlarni tasvirlashga, qahramonlarning his-tuyg'ularini, kayfiyatlarini bildirishga, ular bilan bo'ladigan voqealarni bayon etishga, hikoyaning oxirini qiziq voqea bilan tugallashga o’rgatiladi.
Bolalar bog'chasida bolalarga she'r yodlatishning asosiy maqsadi va ahamiyati ularda she'riyatga bo'lgan muhabbatni, badiiy didni tarbiyalash, poeziyaning eng yaxshi namunalarini idrok etishni shakllantirishdir.Shuningdek, bolalarga estetik tarbiya berishda ham she'r yod oldirishning ahamiyati benihoya kattadir. „Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi"da yod oldirilishi lozim bo'lgan she'rlaming ro'yxati berilgan. Bu she'rlar bolalar hayotidan olingan bo'lib, ular quvnoq o'yinlar, o'yinchoqlar, uy hayvonlari, tabiat to'g'­risidagi she'rlardir. She'r yod oldirishda tarbiyachi oldida bir qancha vazifalar turadi:O'qilgan she'rni hamma bolalar esda saqlab qolishlariga erishish.Bolalarda she'rga (poeziyaga) nisbatan qiziqish uyg'otish va mustahkamlash.She'r mazmunini va undagi ayrim qiyin so'zlarning ma'nosini tushunib olishlariga yordam berish.Tinglovchilar oldida she'rni ifodali aytib berishga o'rgatish.Bu vazifalarning barchasi bir vaqtda amalga oshiriladi.Yodlatish uchun she'r tanlashda „Dastur" vazifalariga, bola­larning yosh va psixologik xususiyatlariga, esda saqlash qobiliyatlariga e'tibor berish kerak. Yodlatish uchun she'r tanlashda shuni hisobga olish kerakki, she'r hajm jihatidan uncha katta bo'lmasligi, kichik guruhlarda I banddan oshmasligi, o'rta guruhda 2 band, katta guruhlarda 3—4 banddan oshmasligi kerak. Bolalar bir oy ichida kuni bilan 1—2 ta she'rni (mashg'ulotda) yod oladilar. Ba'zilarini (sanamalar, kikillamalar, ashulalarni) mashg'ulotdan tashqari vaqtda (sayrda, o'yin jarayonida) Z. Diyorning „Binafsha" she'rini ifodali yod oldirish.Dastur mazmuni. Bolalarga binafsha bahor faslining elchisi ekanligi to'g'risida tushuncha berish va mustahkamlash. She'rning mazmunini tushunishga, unda aks etgan ko'tarinki ruhdan, quvnoq ohangdan, sevinch, shodlikdan ta'sirlanishga undash.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish