Ish
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-O‘quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)
|
Tashkiliy qism:
1. O‘quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg‘ulotga
tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baxolaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg`ulotning nomi, rejasi, maqsad va o`qitish natijalar bilan tanishtiradi. 2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 3. O‘quv mashg`ulotida o‘quv ishlarini baxolash mezoni va ko`rsatkichlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
1. Tezkor – so`rov, savol - javob, aqliy xujum, amaliy ish bajarish,“o`ylang va juftlik-da fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faol-lashtiradi.
Yangi o‘quv materiali bayoni:
1. Amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;
2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi
Yangi o‘quv materialini mustaxkamlash:
1. Mustaxkamlash uchun amaliy ish taqdimoti bajariladi Jarayon kichik guruxlarda davom etishini ma’lum qiladi;
2. Kichik guruxlarga bo`ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi xar bir guruxga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi.Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi;
3. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruxlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitish -larini va savollar berishlarini, shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baxolashlarini eslatadi.Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
5. Guruhlar ishini o`zaro baxolashni o`tkazadi, mavzuning xar bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob
beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o`z topshiriq va ishlari bo`yicha faoliyatini
boshlaydi.
Xar bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar
|
3-bosqich Yakuniy (10 daq.)
|
Mashg`ulot yakuni:
1. Barcha o‘quvchilarni amaliy bajargan ishlarini izoxlab baxolaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi
|
Baxolari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|
Fan o`qituvchisi: M.Abdullayeva
Mavzu:№ 5.Xalq og’zaki ijodi haqida umumiy ma’lumot.
Reja:
1. Xalq og’zaki ijodi haqida umumiy ma’lumot.
2. Xalq og’zaki ijodi va qadriyatlar davlat maqomida.
3. Xalq og’zaki ijodining bolalar tarbiyasiga ahmiyati.
Xalq og’zaki ijodida ota-bobolarimizning aytmoqchi bo’lgan pand-nasihatlari, el e’zozlagan odam bo’lishning talab-qoidalari, Alp Erto’nga, To’maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi ajoyib yurt farzandlarining botirliklari, xalqimizning urf-odatlari, milliy fazilatlarimizhaqida san’at darajasiga ko’tarilgan so’z tizimlaridan iborat maqol, qo’shiq, ertak, doston, bolalarga bag’ishlangan asarlarva boshqa janrlardagi namunalarda ifodasini topadi.Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodini milliy qadriyatlar deb atash odat bo’lgan. Xalq og’zaki ijodi ilmda folklor deb yuritadi.Bu atamani 1846-yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan bo’lib, uning ma’nosi “xalq donoligi”degan tushinchadan iborat. Aslini olganda, folklor deganda, xalq tomonidan yaratilgan hamma san’at namunalari tushuniladi. Me’morlik, naqqoshlik, ganchkorlik, zardo’zlik, musiqa, raqs, og’zaki adabiyot namunalari-hammasini folklor deb tushunish qabul qilingan. Har bir san’at sohasida ish olib borayotgan mutahassis o’zi tanlagan turni “folklor” deb atayveradi. Masalan, musiqachi xalq kuylarini, xoreograf xalq raqslarini, arxitektor xalq me’morchiligini, folklorshunos olim xalq dostonlarini, ertaklarini folklor asari deb hisoblaydi.
Xalqimiz og’zaki ijodining davlat maqomida e’zozlanishini O’zbekistonning mustqillikka erishishining ijobiy natijasi sifatida baholash mumkin. Yurtimiz barkamol avlodini xalq og’zaki ijodidan mukammal ma’lumotga ega bo’lmagan holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki og’zaki ijodda vatanga xiyonat qilgandan ko’ra o’limni afzal bilgan Ravshan, butun harakatini parchalangan yurtini birlashtirishga bag’ishlagan Alpomish, o’z Vatannini ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilgan Go’rog’li, oilasini muqaddas bilgan Kuntug’mish madh etiladi. O’zbekning butun fazilati, falsafasi, donoligi, dunyoqarashi, oliy himmatliligi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati maqollarda aks etgan. Insondagi mehnatga nuhabbat, ishq tuyg’ulari qo’shiqlarda eng oliy ichki kechimmalar sifatida ifodalangan. Ertaklarda xalqimizning eng oliy orzu-havaslari namoyom bo’ladi. Ular bilan tanishgan yosh avlod o’zbek uchun vatan, xalq, oila, mehnat, ilm, g’urur naqadar muqaddas tushunchalar ekanini anglab yetadi.
Ozining tastlabki yaratilish davridanoq xalq og’zaki ijodi xalqning yozilmaga tarixiga aylandi.”og’zaki ijod”, “xalq ogzaki ijodi”, “og’zaki adabiyot”,”el adabiyoti”kabi nomlar bilan atalgan badiiy dabiyotning ilk namunalari ikkinchi tomondan turmush,hayot darsligi sifatida yosh avlodni tarbiyalashdek muhim vazifani bajarib keldi. Maktabgacha yoshdagi bolalar xalq
og’zaki ijodi tufayli olamga osonlikcha kirib boradi, lirik qahramonlar bilan hamdardlik orqali u o’zining tabiiy tabiati jozibasini yanada to’liq his qiladi, xalqning go’zallik, odob-axloq haqidagi g’oyalarini singdiradi, urf-odatlar, marosimlar bilan tanishadi, bir so’z bilan aytganda estetik zavq bilanbirga xalqning ma’naviy merosi deb ataladigan narsani o’zlashtiradi.Ularsiz to’laqonli shaxsni shakllantirish shunchaki mumkin emas.
Xalq og`zaki poetik ijodining asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining kollektivlik xarakteriga egaligi. Uning og`zakilik, variantlilik, ommaviylik, traditsionlik, anonimlik kabi belgilarini kollektivlik tomonidan yaratilgan poetika elementlari, an'anaviy uslub vositalari asosida yuzaga kelishi. U muayyan eshituvchilar guruhiga mo`ljallangan bo`lishi va kollektiv tomonidan e'tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etishi. Folklor namunalari og`zaki yaratilib, og`zaki ijro etilishi. Xalq og`zaki poetik ijodining kollektivlik xarakteri individual ijodchilar faoliyatini inkor etmasligi. Iste'dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolishi va keng ommalashtirish bilan birga og`zaki an'analari doirasida uni yanada mukammallashtirgan holda, yangilarini yaratilishi. Fol’klor asarlari o’zining hayotiyligi, ijtimoiy tabiati, g’oyaviy mohiyati hamda o’ziga xos badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xalqning mehnati, urfodati, turmush sharoiti, orzu istagi, kurash va g’alabalari uning mavzusi va g’oyaviy mazmunida aks etadi. Bu xususiyat asosan tom ma`nodagi so’z san`ati, doimo mehnatkash el manfaati, orzu va istagi va intilishlariga mos keladi. Fol’klor so’z san`atining boshlang’ichi, yuksak mahoratli badiiy tuzilishdir. Xalq og’zaki ijodining har bir namunasi asrlar davomida ko’plab iste`dodli xalq ijodchilari tomonidan yuksak san`at namunasi darajasiga ko’tarilgan. Bugina emas, fol’klor san`atning boshqa turlari adabiyot, teatr, muzika, kino va boshqalarning taraqqiyotida ham muhim rol o’ynadi va o’ynamoqda. Xalq og’zaki badiiy ijodini o’rganuvchi fan fol’klorshunoslik yoki fol’kloristika deb yuritiladi. Fol’klorshunoslik turli davrlarda va turli mamlakatlarda goh etnografiya, goh adabiyotshunoslik va muzikashunoslik, goh madaniyat tarixi, goh antropologiyaning va hatto sotsiologiyaning bir qismi kabi qaralib kelingan. Bizning mamlakatimizda esa xalq og’zaki badiiy ijodi haqidagi mustaqil va maxsus fan sifatida rivojlandi. SHu bilan birga, fol’klorshunoslik tekshirish predmetining ko’lami va xilma-xilligi jihatidan adabiyotshunoslik va musiqashunoslik, etnografiya va antropologiya kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Fol’klorni o’rganish tarixi unga nisbatan faqat ilmiy maqsadlarda yondashilganlikni kuzatish bilangina cheklanmaydi, balki insoniyat tafakkuri taraqqiyotida unga turlicha munosabatda bo’lgan ilm-fan va madaniyat arboblarining adabiy qiziqishlarini ham hisobga olishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |