Boshqarish masshtabi va darajasi bo’yichao’tkaziladigan tahlil turlari
Xo’jaliklararo (zavodlararo) qiyosiy tahlil. Kiyoslash (taqqoslash) - bu iqtisodiy tahlilning eng ko’’ qo’llaniladigan usulidir. Qiyosiy tahlilning 2 asosiy turi mavjud: ichki zavod tahlili, ya`ni tahlilning ob`ekti sifatida shu korxonaga taalluqli xo’jalik jarayoni o’rganiladi; zavodlararo, qachonki bir qator korxonalarning xo’jalik faoliyati tahlil qilinib, tarmoqdagi ilg’or tajriba o’rganiladi.
Taqqoslama zavodlararo tahlilning mohiyati alohida olingan korxonalarning xo’jalik faoliyatini ularning ko’rsatkichlarini har tomonlama o’rganib, erishilgan natijalar darajasini holis farqlash va iqtisodiy ko’rsatkichlarga tahsir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash hamda ilg’or tajribalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish natijasida ichki xo’jalik rezervlarini aniqlashdan iboratdir.
Taqqoslama tahlil korxonaning barcha iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’z ichiga olishi mumkin yoki boshqacha so’z bilan aytganda kom’leks xarakterga ega bo’ladi. Taqqoslama tahlilning mazmuni qo’yilgan maqsad va tekshiriladigan obhektga qarab quyidagicha turkumlanadi:
-ob`ekt bo’yicha (korxona, tsexlar, ishlab chiqarish uchastkasi, ish joyi);
-mavzuning (tema) mazmuni bo’yicha – mehnat ‘redmetlari, mehnat vositalari, mehnat va moliya resurslarini tahlil qilish va hokazo;
-tahlilni o’tkazish doirasi – kom’leks tahlil va maxsus (tematik) tahlil.
Taqqoslama tahlilning eng muhim uslubiy masalalardan biri o’rganiladigan obhektni bir-biri bilan solishtirish shartlariga rioya qilishdir:
- taqqoslanadigan ko’rsatkichlarning sifat jihatdan bir xilligi va ularni hisoblash usulining birligi (masalan, mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarning bir xilligi);
- mahsulotni yagona o’lchash, o’zgarmas baho bilan o’lchash, jo’g’rofiy sharoitlarning o’xshashligi;
- taqqoslanadigan davrda ish kunlarining bir xilligi va hokazo.
Korxona faoliyatini tahlili. Korxonalar yuridik mustakil shaxs bo’lib, o’zlarining mustakil balanslariga ega, o’z ish faoliyatilarini nizom asosida olib boradilar.
Korxonalar davlat, koo’erativ korxonalar bhlishi mumkin va bular o’z ish faoliyatlarini sanoatda, kurilishda, qishloq xujaligida, trans’ortda, aloqada, savdo, moddiy-texnika ta`minoti va boshqa xizmat ko’rsatuvchi soxalarda amalga oshiradilar.
Ta`lilni o’ziga xos xususiyati korxonada analitik ishni olib borayotgan organlarning vazifalaridan kelib chikib qo’yidagilarga bog’liq buladi: korxona iqtisodiyotini o’rganish ketma-ketligiga, tahlil qilish tematikasiga analitik ish shaqllariga.
Ichki xo’jalik tahlili. Korxonalar xo’jalik faoliyatini tahlil qilishdan farqli ularok ichki xo’jalik tahlilini o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bunda alohida bulinmalar ish faoliyatini (umumiy jamoa yutuqlariga ko’shgan xissasini baholashda) detallashtiriladi. Bu tahlilga xalk xujaligi asosiy buginini boshqarishni barcha bosqichlari, ya`ni oddiy ish joyigacha bulgan bosqichlari kiradi. (3.3-chizma)
Do'stlaringiz bilan baham: |