5-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari
Tayanch so’zlar:Iqtisodiy tahlilning turlari, iqtisodiy tahlilning tasniflanishi, iqtisodiy tahlilni tashkil etish, tahlil bosqichlari, tahlilning axborot manbalari, axborot manbalarni tekshirish, texnik tekshirish, mazmunan tekshirish.
1. Iqtisodiy tahlilning turlari va ularning tasniflanishi
Tahlil turlarini turkumlash – ularni umumlashtirish va bir tizimga keltirishga, eng muhim tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat ochib beradi. Tahlilning barcha turlari o’z belgilariga qarab ma`lum guruhlarga umumlashtiriladi. Bunday guruhlashgan belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: tahlilning vazifalari, uni o’tkazish muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini o’rganishning asosiy tomonlari, rezervlarni aniqlash usullari, o’rganiladigan obhekt, tahlil qiluvchi subhekt, o’rganiladigan hodisalarning ko’lami, axborotlarni qayta ishlash usullari kabilar. Barcha turdagi tahlilning turlari ularning bajargan vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi: biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligini baholash va uning bajarilishini nazorat qilish, erishiladigan natijalarni bashorat qilish ya`ni oldindan aytib berish, erishilgan natijalarga ob`ektiv baho berish va shu maqsadda korxona faoliyatiga bog’liq va bog’liq bo’lmagan sabablarni aniq belgilash, ichki xo’jalik hisobi yakunini o’tkazish, rezervlarni aniqlash va ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kelgusida rejalashtirish uchun asos (baza)ni aniqlash, o’timal boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy variantlarni tayyorlash.
Ishlab chiqarishni iqtisodiy tahlil qilishni umumiy tarzda quyidagi chizmada keltirilganday ifodalash mumkin (3.1- chizma).
Iqtisodiy tahlil turlarini turkumlash asosida boshqarish funktsiyalarini turkumlash yotadi, chunki, iqtisodiy tahlil iqtisodiyotni boshqarishni har bir funktsiyasini amalga oshirishning ajralmas elementi bo’lib hisoblanadi. Umuman olganda boshqarishning fukntsiyalarini ikkita katta guruhga bo’lishimiz mumkin: umumiy va maxsus (s’etsifik) funktsiya. Bu bog’liqlik shundan iboratki umumiy funktsiyalar o’z holicha amal qila olmaydi; har qanday maxsus funktsiya esa faqatgina umumiy funktsiyalar yordamidagi amalga oshiriladi.
Ma`lumki, xo’jalik yurituvchi sub`ektlarni boshqarish o’zining tamoyillari va funktsiyalariga tayanadi. Boshqarish faoliyatini amalga oshirish quyidagi funktsiyalarga tayangan holda amalga oshiriladi:
boshqarishni axborot bilan ta`minlash (to’’lash, qayta ishlash, iqtisodiy voqea va hodisalar tug’risidagi axborotlarni tartibga solish);
iqtisodiy tahlil qilish;
rejalashtirish va ‘rognozlash (iqtisodiy hodisalarni joriy va istiqbolli rejalashtirish);
muvofiqlashtirish;
tashkil qilish;
hisobga olish;
nazorat qilish (rejalarni va boshqarishga oid qarorlarni amalga oshirilishini nazorat qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: |