10-mavzu. Nobank moliya-kredit muassasalari
Reja:
Nobank moliya-kredit muassasalarining zarurligi.
2.Kredit kooperativ va uyushmalari
3.Jamg`arma tashkilotlari: boshqarish va strukturasi
4.Mikrokredit tashkilotlari
5.Lombard tashkilotlari
30
1.Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi.
Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va
alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo`lgan kredit tashkiloti tushuniladi.
Biroq, nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Masalan: ular tijorat banklari amalga oshiradigan quyidagi muhim operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega emas:
Yuridik va jismoniy shaxslarga hisob raqam ochish va yuritish
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag`larini depozit hisob raqamlariga jalb etish
Mazkur pul mablag`larini o`z nomiga joylashtirish
Har qanday mamlakatning kredit tizimining asosiy bo`g`ini bo`lib tijorat banklari hisoblanadi.Ammo tijorat banklari harqanday operatsiyani yuksak darajada bajara olmaydi. Shu sababli alohida bank operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashgan kredit tashkilotlari paydo bo`ldi .
Nobank moliya tashkilotlari asosan quyidagilarga ko`maklashadi:
kam ta‘minlangan aholini tadbirkorlikka jalb etishga;
kambag`allikni qisqartirishga, insonlarni ijtimoy-iqtisodiy rivojlanishiga;
ayollarni iqtisodiy jarayonlarga jalb etib, gender muaamosini echishga:
yangi ish o`rinlari yaratishga;
moliya bozorida yangi segmentni yaratilishiga va h.k.
Nobank moliya tashkilotlari funksiyasini iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarga bo`lish mumkin:
Iqtisodiy funksiyasi - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga, aholini ushbu jarayonga jalb qilinishiga, shuningdek, kichik biznesni yiriklashishiga va mulkdorlar qatlamini yaratilishi ko`maklashishdir.
Yangi moliya tuzilmasi sifatida - moliya tizimini kengayishi va mustaxkamlashiga, jamg`armalar va kreditlarni bozorini diversifikatsiyalashga ko`maklashadi. Shuningdek, keyinchalik banklardan kredit olish uchun kredit tarixini yaratish vositasi ham hisoblanadi.
Dunyo tajribasiga ko`ra moliya tashkilotlari uchta guruhga bo`linadi:
rasmiy institutlar;
yarim rasmiy institutlar;
norasmiy institutlar.
Rasmiy moliya institutlari mikromoliya xizmatlari ko`rsatib, ularning faoliyati umumiy qonunchilik bilan birga banklarning regulyativ qoidalari bilan tartibga solinadi. Shuning uchun bunday moliya institutlari banklar singari nazorat kilinadi.
Yarim rasmiy moliya institutlari umumiy qonunchilikka bo`ysunadilar, lekin ularning faoliyati banklarning regulyativ qoidalari bilan tartibga solinmaydi.
Norasmiy institutlarga esa umumiy tijorat hamda banklar qonunchiligi ko`llanilmaydi.
Xalqaro amaliyotda nobank kredit tashkilotlariga quyidaglar kiradi:
Kredit uyushmalari. Ular faqat o`z-o`zlariga depozit qabulqiladi va o`z- o`zlariga kredit beradi.
31
Mikrokredit tashkilotlari. Mikrokredit tashkilotlar aholining iqtisodiy- ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta‘minlangan qatlamlariga kredit beradi. Ular depozit va omonatlar qabulqilish huquqiga emas.
Lombardlar oltin va tilla taqinchoqlarni garovga olish yo`li bilan kredit beradi.
Lizing kompaniyalari
Faktoring kompaniyalari.
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to`la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi.
Moliyaviy lizing
Operativ lizing
Faktoring kompaniyalari tovarlar bilan bog`liq hujjatlarni sotib olish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida yuritish bilan shug`ullanadi.
Kliring muassasalari. Kliring palatalari banklar o`rtasida to`lov instrumentlari bo`yicha o`zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Kredit kooperativlari ma‘lum bir sohada faoliyat yuritayotgan subyektlarni kreditlash maqsadida tashkil etilgan.
Pensiya fondi
Inkassatsiya tashkilotlari. Bu tashkilotlar naqd pullardan va to`lov hujjatlarini inkassatsiya qilish bilan shug`ullanadi. Lekin O`zbekistonda bunday tashkilotlar yo`q. Respublikamizda naqd pullarni inkassatsiya ―Respublikamiz inkassatsiya birlashmalari’ tomonidan amalga oshiradi.
Sug`urta kompaniyalari.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega: Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga oshiradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo`ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta‘minlash imkoniyatini beradi. Chunki nobank kredit tashkilotlari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |