Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar


Tijorat banklarining funksiyalari va ularning mohiyati



Download 1,58 Mb.
bet57/127
Sana09.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#538753
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127
Bog'liq
pul va banklar

2. Tijorat banklarining funksiyalari va ularning mohiyati


Tijorat banklarining iqtisodiy mavqei faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib
keladi. Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog’liq bo‘lib, u pul mablag‘larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‘tkazish bilan bog’liq bo‘lgan
operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‘lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug’urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Tijorat banklari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi.



  1. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish.

  2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;

  3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish.

  4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish.

  5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish.

  6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.

Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib, mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarni yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘i egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xo‘ja-ligining muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Bankning nima uchun mavjudligini uning vositachilik va to‘lov funksiyasi izohlaydi, bank tashkiliy strukturasini qanday tashkil qilishi muhim savollardan biridir.
Yuqori foydaga intilayotgan banklar xuddi boshqa korxonalar kabi bir xil maqsadga ega; bu savolga eng yaxshi javob sifatida an‘anaviy modellarni ko‘rsatish mumkin. Koase o‘zining klassik tahlilida bozor narxlariga bog‘liq bo‘lishdan ko‘ra ‘buyruqbozlik’ asosida samaraliroq tashkil qilinadigan ba‘zi jarayonlar sababli iqtisodiy faoliyatni tashkil qilishning usuli sifatida firmalar bozor bitimlarida muqobil vosita sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bunday holatlarda bozor kuchlariga suyangandan ko‘ra korxona strukturasidan foydalangan ko‘proq foydaliroqdir. Qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasida vositachilik qiladigan o‘zining mijozlariga hisob-kitob xizmatlarini taklif qiladigan an‘anaviy banklarning mavjudligi Koase teoremasi bilan juda mos keladi.
Ssudalar va depozitlar bankning o‘zida amalga oshirilganligi uchun bankning asosiy funksiyasi umumiy tashkiliy strukturasi orqali samarali amalga oshiriladi.
Agar banklar buyruqbozlikka asoslangan bozorda qatnashayotgan bo‘lsa, bunday struktura ham samarali bo‘ladi. Bu qarashlar firmani nazorat qilish ahamiyati va uning rag‘batlantirish strukturasining yaratgan Alchain va Demsetz tomonidan yaratildi va izohlab berildi. Villimson firmaning tashqi bitimlar narxini qisqartirishdagi noaniqlik holatini ko‘rsatib berdi.132
Muomalaga kredit pullarni chiqarish funksiyasi tijorat bank-larini boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-kredit emissiya qilganida, ssudalar


132 Shelagh Hefferman. Modern banking. John Wiley&Sons. Ltd. 2005.p.5

berganida, pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda, muomaladagi pul massasi kamayadi.


Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisoblanadi. Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o‘tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag‘ning ma’lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu holda muomaladagi pul massasining miqdori oshadi. Shuning uchun ham, Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Tijorat banklarining muhim funksiyalaridan biri hisob- kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi.
Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish bilan ham shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qilish jarayonida mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi o‘zoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta‘sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar. Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo’qotish bilan bog’liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir- birovi haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste‘molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog’i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o’rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli sub’yektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o’ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari-sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo’nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog’ozlar bozorining yaxshi taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil sub’yektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar bir davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarni bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini shakllantirish hisob-kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan risk darajasini ko‘paytirdi. MFO hisob varaqalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o’rniga banklararo hisobning korrespondent schetlarga o‘tishi ham risk darajasini ko‘payishiga olib keldi. Bunday sharoitda tijorat banklar, mijozlar hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishilishi bo‘yicha mas‘uldir.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida yetakchi o’rin tutadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o’rni kengaymoqda.
Undan tashqari tijorat banklar moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog’ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
-passiv operatsiyalar;
-aktiv operatsiyalar;
-bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
-bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar.
Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari ‘Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida’gi Qonunda ifodalangan. Shu qonunning 2-bobi
‘Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi’ deb nomlanib o‘z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi.






Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish