Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Standartlarni ilmiy tashkil etish asoslari



Download 2,77 Mb.
bet50/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

6.2. Standartlarni ilmiy tashkil etish asoslari
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab umumjahon rivojlanishida standartlar, standartlashtirish masalalari, birinchi navbatda, mahsulot va xizmatlarni, aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligini ta’minlash, savdo-iqtisodiy va ilmiy texnikaviy hamkorlikda texnik to’siqlarni bartaraf etish va eng muximi ichki va tashqi bozorga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini hamda raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlashga qaratilgan samarali vositaga aylandi.
O’zbekiston respublikasida standartlashtirish bo’yicha ishlarning tashkil etishni muvofiqlashtirish va ularning ma’lum darajada olib borishni quyidagi idoralar tominidan amalga oshiriladi;
- tarmoqlararo yo’nalishda belgilangan mahsulot bo’yicha “O’zstandart” agentligi;
- qurilish va qurilish sanoati, loyixalash va konstruktsiyalash ishlari bo’yicha – O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi;
- tibbiy yo’nalishdagi mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dori-darmonlar va respublika sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tarkibida inson uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish bo’yicha – O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi ;
- tabiiy resurslardan foydalanishni yo’lga qo’yish, atrof muxitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muxofaza qilish sohasi bo’yicha – O’zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qumitasi;
- mudofa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi.
Respublikamizda “O’zstandart” agentligi, Qurilish, Sog’liqni saqlash, Mudofaa vazirliklari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qumitasi milliy iqtisodiyot tarmoqlarida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya bo’yicha respublika standartlarini ko’rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo’llanish muddatini tuzadilar, bekor qiladilar hamda unga o’zgartirishlar kiritadilar.
Rivojlangan davlatlar tajribasi standartlashtirish ishlarining yuqori sifatli va samarali bo’lishini ta’minlash uchun, ularni ishlab chiqish bosqichida quyidagi majburiy tamoyillarni bajarish shartligini ko’rsatmoqda:

  1. Tizimlilik tamoyili. Texnik taraqqiyot va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining o’sishi insonlar mehnati, mehnat vositalari hamda mehnat predmetlarini birlashtiruvchi ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan tizimli yondashuvni taqozo qiladi.

Tizim deganda, ko’zlangan maqsadga maksimal samaradorlik va eng kam harajatlar bilan erishishni ta’minlaydigan, o’zaro bog’langan elementlar to’plamining faoliyati tushuniladi. Elementlar tizimining miqdoriy aloqalari determinatlashgan yoki tasodifiy bo’lishi mumkin.
Tizimga kiruvchi o’zaro bog’langan elementlar majmui ularni turli darajalarda ierarxik bog’liqligini o’rnatishga imkon beruvchi tuzulmasini hosil qiladi.

  1. Komplekslik va optimal chegaralanish tamoyili. Standartlarni ishlab chiqishda standartlashtirishning yakuniy ob’ektiga ta’sir etuvchi barcha asosiy elementlarni e’tiborga olish kerak. Standartlashtirish ishlarini mehnat sarfini qisqartirish uchun asosiy ob’ektga unchalik ta’sir ko’rsatmaydigan omillar e’tiborga olinmaydi. Standartlashtirishda moddiy va moddiy bo’lmagan o’zaro bog’langan elementlar kompleksiga talab va tavsiflar tizimi ko’rib chiqiladi.

  2. Standartlarni optimallashtirish va progressivlik tamoyili. Standartlar tomonidan o’rnatilgan ko’rsatkichlar, me’yorlar, tavsiflar va shartlar fan, texnika va ishlab chiqarishning jahon darajasiga javob berishi kerak. Ular standartlashtirilayotgan ob’ektlarning rivojlanish yo’nalishlarini e’tiborga olishi shart.

  3. Standartlashtirilayotgan mahsulotning bog’liqligini ta’minlash tamoyili. Mahsulotlar ekspluatatsiya qilish ko’rsatkichlari bo’yicha bir-birini o’rnini bosishini ta’minlashga imkon beruvchi bu tamoyil kompleks standartlashtirishda, shuningdek mahsulotlarni standartlashtirishda, texnik shartlarni ishlab chiqishda asosiy o’rin tutadi.

  4. Standartlarning o’zaro bog’liqlik tamoyili. Umumtexnikaviy va tarmoqlararo standartlarning ko’p sonli, turli-tumanligi ular o’rtasida o’zaro bog’liqlik o’rnatishni taqozo etadi. Kompleks standartlashtirish usuli ushbu tamoyilning muhimligi va samaradorligining yaqqol misolidir. SHuningdek, standartlashtirish sohasida qo’llaniladigan tushunchalarning o’zaro bog’liqligi ham muhimdir.

  5. Standartlarni ishlab chiqishning ilmiy-tadqiqot tamoyili. Standartlarning loyihalarini tayyorlash va muvaffaqiyatli tadbiq etish uchun, faqatgina amaliy tajribani keng umumlashtirishgina emas, balki maxsus nazariy, eksperimental va tajriba konstruktorlik ishlarini ham amalga oshirish zarurdir. Bu tamoyil barcha standartlarga tegishlidir.

  6. Ustivorlik tamoyili. Odatda tipik birlashmalar va detallarning tipi va o’lchamlari, shuningdek boshqa parametrlari ishlab chiqarishning turli tarmoqlari uchun bir vaqtda standartlashtiriladi. SHuning uchun bunday standartlar parametrlari bo’yicha katta diapazonni egallaydi.

SHu tamoyilga ko’ra rezbalarning metrik qadami va diametri qatori, normal burchaklar qatori va boshqalar tuziladi. Bundan tashqari mahsulot tiplari, tip o’lchamlari, parametrlarini qo’llashga ruxsat etiladigan zaruriy minimumga keltiradigan chegaralangan tarmoq standartlarini ham yaratish tavsiya etiladi.

  1. Dinamika tamoyili. Iqtisodiyotning samaradorligini oshirish maqsadida standartlashtirish ob’ektlarining texnika taraqqiyoti shartlariga javob beradigan darajada bo’lishi uchun, ularni vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqish zarur.

  2. Minimal moddiy harajatlar ulushi. To’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarida moddiy sarf harajatlarni ulushi 65-80 foizni tashkil etadi. SHuning uchun ham mahsulot birligiga ketadigan xom-ashyo sarfini qisqartirish muhim ahamiyatga egadir. Mahsulotlarni standartlashtirishda xom-ashyo sarfi ulushini qisqartirishga imkon beradigan ilg’or texnologiyani tadbiq etish, eng maqbul bichish kartalarini qo’llash, mahsulotning uzoqqa chidamlilik, ta’mirlanuvchanlik xususiyatlarini yaxshilash moddiy harajatlar ulushini qisqartirishga imkon beradi.

Zamonaviy standartlashtirishning nazariy asosi bo’lib ustuvor sonlar tizimi hisoblanadi.
Ustuvor raqamlar deb yangidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning parametrlari qiymatlarini belgilashda boshqa raqamlarga nisbatan afzallikka ega bo’lgan raqamlarga aytiladi.
Ustuvor raqamlar qatorlari quyidagi shartlarni qanoatlantirishi kerak:
- ishlab chiqarish va ekspluatatsiya shartlariga javob beradigan chegarani ratsional tizimini aks ettirishi;
- sonlarning ortib yoki kamayib borishi cheksiz bo’lishi;
- har bir qatorning barcha o’ninchi darajali yoki kasr qiymatlarini kiritish;
- oddiy va oson eslab qoladigan bo’lishi.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish