Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi



Download 2,77 Mb.
bet47/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

5.6. Mahsulot sifatini nazorat qilish
Mahsulot sifatini nazorat qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: haqiqatda mahsulotning holati to’g’risida ma’lumotlar olish (uning miqdoriy va sifat belgilari to’g’risida), olingan ma’lumotlarni oldindan o’rnatilgan texnik shartlar bilan taqqoslash, ya’ni ikkilamchi ma’lumotlarni olish. Haqiqatdagi ko’rsatkich, normativ shartlarga mos kelmagan hollarda nazorat ob’ektiga normativ shartlardan chekkalanishni yo’qotish maqsadida boshqaruv ta’sirini amalga oshiriladi.
Boshqarilayotgan ob’ekt to’g’risida ma’lumotlar to’plash maqsadida sifatni nazorat qilishning zaruriyligi GOST 15467-79 da “Mahsulot sifatini boshqarish – mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya yoki iste’mol sohasida mahsulot sifatini muntazam nazorat qilish va sifatga ta’sir qiluvchi omillarni maqsadga yo’naltirilgan ravishda boshqarish orqali zaruriy sifat darajasini o’rnatish, ta’minlash va saqlab turishdan iboratdir” deb ko’rsatilgan.
Nazoratning asosiy tushunchalari GOST 16.501-81 da ko’rsatib o’tilgan. Nazorat turlarining klassifikatsiyasi 5.6.1-rasmda keltirilgan. Sifat muammosining murakkabligi korxonada mahsulot sifatini boshqarishga kompleks yondoshishni talab qiladi.

5.6.1-rasm. Mahsulot sifatini nazorat qilish turlarining klassifikatsiyasi


Yirik korxonalarda sifatni nazorat qilish tizimiga mahsulotni ishonchlilik ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat qilish, mahsulotning tajriba namunalarini, maketlarni tekshirish bo’linmalari kiradi.
Nazorat funktsiyalariga bevosita o’lchov vositalaridan, elektron, kompьyuter qurilmalaridan to’g’ri foydalanishni ta’minlaydigan, ularning holatini nazorat qiladigan ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash ham qo’shilib ketadi.
Nihoyat, dasturlarni tayyorlash va kadrlarni o’qitish va malakasini oshirish, ularni motivlashtirish va rag’batlantirish sifat masalalarining muvaffaqiyatli yechilishi uchun zarurdir. Hamma korxonalar ham sifatni to’liq boshqarish imkoniyatiga ega emas. Kichik korxonalar, odatda, maxsus maslahatchi, injiniring firmalarining xizmatidan foydalanadilar, sifat bo’yicha muhandis bo’lishi bilan cheklanadilar.
Zamonaviy texnikaviy nazoratning asosi bo’lib matematik-statistik uslublar hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish ikkita usulda ta’minlanishi mumkin: mahsulotni yaroqli va yaroqsizga ajratish bilan va texnologik aniqlikni oshirish yo’li bilan.
Sifat har bir loyiha va har bir jarayonning asosi bo’lishi kerak. Unga faqat nazorat orqali erishib bo’lmaydi. Asosiy e’tibor nazoratga qaratilgan sifatni boshqarish – bu sifatni boshqarishning eski uslubidir. Boshqarishning asosida xatolar takrorlanishini oldini olish yotadi.
Sifatni kompleks boshqarishning mohiyati sifatni boshqarishdan va har bir yangi mahsulotni ishlab chiqarishda sifatni ta’minlashdan iborat. Sifatni boshqarishni tadbiq qilish va amalga oshirishda Yaponiya firmalari “eng avvalo sifat” tamoyili bo’yicha rahbarlik qiladi.
Sifatni ta’minlash deb, iste’mol talablarini to’la qondirish, undan uzoq vaqt foydalanish va iste’molchi sifatni kafolatlashiga aytiladi. Sifatni ta’minlash tayyorlovchi va buyurtmachi orasida shartnomani eslatadi. Sifatni samarali ta’minlash uchun yuqori rahbarlik quyidagi bo’limlarni: ilmiy tadqiqot, rejalashtirish, ixtirochilik, ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko’rsatishlarni o’z ichiga olgan qattiq siyosatni belgilashi kerak.
Yaponiyada sifatni ta’minlash quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda:

    1. Nazoratga asoslangan sifatni ta’minlash.

    2. Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishga asoslangan sifatni boshqarish.

    3. Asosiy e’tiborni yangi xildagi mahsulotlarni ishlab chiqishga qaratilgan sifatni boshqarish.

G’arbda asosiy e’tibor nazoratni kuchaytirish orqali sifatni ta’minlashga qaratilgan bo’lib, maxsus bo’limlar tashkil qilinib, ularga keng huquqlar berilgan, shuning uchun ishlab chiqarish xodimlari orasida nazoratchilar salmog’i juda yuqori. Yaponiyada nazoratchilar 5 foizni, ba’zi firmalarda esa 1 foizgachani tashkil qiladi. Sifatni boshqarish bilan sifatni nazorat qilish yoki texnik nazorat bo’limi shug’ullangan. Ammo nazoratchilar ortiqcha hodimlar bo’lib, firmadagi umumiy mehnat unumdorligini pasaytiradi, chunki ular xech narsa ishlab chiqarmaydilar. Xozirgi vaqtda Yaponiyada ishlab chiqarishning har bir bo’g’ini sifatni ta’minlashga javob beradi, texnika nazorati bo’limining burchi mahsulotni iste’molchi yoki rahbar sifatida tekshirishdir.
Sifatni ta’minlash va xatolarni oldini olishda har bir firma sifatni ta’minlovchi dasturni rivojlantirish uchun quyidagi chegaralarni belgilashi mumkin:

  • nuqsonlarning tashqi ko’rinishini bartaraf qilish;

  • to’g’ridan-to’g’ri sabablarni bartaraf qilish;

  • eng birlamchi sabablarni bartaraf qilish;

Umumiy ko’rinishdagi sabablarni bartaraf qilish, boshqarishni takomillashtirish va muhim standartlarni qayta ko’rib chiqish bilan bog’liq. Nazorat qilish uchun har bir firmada texnologik kartalar tuzilib, u hammaga ko’rinarli joyga osib qo’yiladi. Unda buyumni ishlab chiqarish muddati, donalab ishlab chiqarish vaqti, operatsiyalar ketma-ketligi va me’yoriy ishlab chiqarishni boshlanishi ko’rsatiladi hamda nazorat shakllari belgilanadi.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish