. Baholash uchun zarur bo’lgan ko’rsatkichlar nomenklaturasini aniqlash: Ko’rsatkichlar nomenklaturasi bir turdagi mahsulot namunalarini, ya’ni bir xil nomdagi va bir xil maqsadda foydalanilaniladigan mahsulot namunalarini taqqoslashni ta’minlashi zarur.
Baholovchi ko’rsatkichlar baholanayotgan namunani bazis namuna bilan bevosita taqqoslash uchun va iste’mol xususiyatlarini, ishonchlilik, havfsizlik, ekologik hamda iqtisodiy ko’rsatkichlarni baholash uchun qo’llaniladi.
B. Analoglar guruhining shakllanishi va ko’rsatkichlarining ahamiyati: Analoglar guruhiga kiritilganlarning hammasi va baholanayotgan mahsulot ishlatilish maqsadlari va qo’llanish sohasiga ko’ra mos bo’lishi, ya’ni bir xil guruhlovchi ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak.
Guruhlarga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarishga joriy etilayotgan mahsulotni baholashda – baholanayotgan mahsulotni ishlab chiqarish davrida jahon bozoriga kelib tushishi kutilayotgan ilg’or hamda eksperimental namunalar;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni baholashda – ko’rsatkichlarining qiymati ularning hujjatlari yoki sinov natijalari asosida o’rnatilgan, jahon bozorida sotilayotgan namunalar.
V. Analoglar guruhidan bazis namunalarni ajratish: Bazis namuna sifatida baholanayotgan ko’rsatkichlar qiymati bo’yicha barcha analoglarni ketma-ket jufti, taqqoslash usuli bilan analoglar guruhidan bazis namuna sifatida eng yaxshilari ajratib olinadi.
Bazis namunalarni analoglarni jufti bilan taqqoslash usulida ajratish quyidagicha amalga oshiriladi:
agar analog jami baholovchi ko’rsatkichlar bo’yicha boshqa analoglardan qolishmasa, ya’ni birorta ham ko’rsatkich bo’yicha boshqa analogdan farq qilmasa, boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha ustun bo’lmasa, u namuna sifatida tan olinmaydi va keyingi taqqoslash ishlarida foydalanilmaydi;
agar birinchi analog ba’zi ko’rsatkichlari bo’yicha ustun bo’lsa, boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha esa ikkinchi analog ustun bo’lsa, bunda analoglarning ba’zi ko’rsatkichlarining qiymati bir-biriga mos kelsa, ikkala analog ham boshqa analoglar bilan keyingi taqqoslash ishlarini bajarish uchun qoldiriladi.
Analoglarni jufti bilan taqqoslash natijasida har bir baholovchi ko’rstkichlar to’plamida qolganlardan ustun bo’lgan analoglargina qoladi. Bu analoglar bazis namunalari hisoblanadi.
G. Baholanayotgan namunani bazis namuna bilan taqqoslash – bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mahsulotni va uning ko’rsatkichlari qiymatlarini xalqaro standart ko’rsatkichlariga havfsizlik ko’rsatkichi, ekologiya ko’rsatkichi va boshqa ko’rsatkichlarni ham inobatga olgan xolda mos kelishi tekshiriladi. Ushbu shartlardan birortasiga javob bermaydigan mahsulot jahon bozori darajasiga javob bera olmaydi. Yuqoridagi shartlar bajarilsa, ikkinchi bosqichga o’tiladi.
Ikkinchi bosqichda baholanayotgan mahsulotni har bir bazis namuna bilan baholash ko’rsatkichlarining qiymati bo’yicha, uni jufti bilan taqqoslash usuliga ko’ra solishtiriladi.
Mahsulotning texnikaviy darajasini baholashning ushbu bosqichlarini amalga oshirish yakuniga ko’ra mahsulot yuqoridagi 3 ta guruhdan qaysi biriga kiritish mumkinligi to’g’risida xulosa chiqariladi.
Baholanayotgan mahsulotning analoglari bo’lmagan hollarda, agar mahsulot mualliflik guvohnomalari yoki patentlari bilan himoyalangan yangi texnik yechimlar bilan tavsiflansa, u jahon darajasiga javob beradigan hisoblanadi.
Ishning yakunida qo’yilgan maqsadlar va olingan natijalarga bog’liq xolda mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish, ishlab chiqarish va takomillashtirish to’g’risida qaror qabul qilish uchun taklif va muloxazalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |