1 – mahsulotni tayyorlashga harajatlar; 2 – ekspluatatsiya jarayonidagi harajatlar; 3 - yig’indi harajatlar.
Tabiiy xol, sifatning integral ko’rsatkichini pasayishi mumkin emas. Agar pasayish kuzatilsa, ishlab chiqarish tizimini, mehnat, material va energiyani minimal harajatlarda iste’molchini to’la qondiradigan, modernizatsiyalangan yoki yangi mahsulot chiqishini ta’minlovchi, yuqoriroq darajadagiga o’tkazish kerak. Bunda sifatning integral ko’rsatkichi maksimal bo’ladi.
Ko’pgina xollarda iste’molchilar talablarini qondiruvchi, ekspluatatsiya yoki iste’molda talab qilinayotgan samarani ta’minlovchi, mahsulotni ishlab chiqarish kerak. Bunday mahsulot, uni tayyorlash va ekspluatatsiya harajatlari yig’indisi minimal bo’ladigan, sifatning optimal darajasiga ega bo’lishi kerak. Bu, insonlar yashash faoliyatini va xavfsizligini ta’minlash uchun mo’ljallangan, mahsulotga ta’sir qilmaydi. U sifatning maksimal darajasiga ega bo’lishi kerak.
Sifat darajasini oshirganda mahsulotni tayyorlashga harajatlar avval sekin o’sadi (5.1.2 rasm. 1 egri chiziq), chunki ishlab chiqarish berilgan talablarni oson yengadi. Keyinchalik sifat darajasini oshishi bilan harajatlar tez o’sadi. Oxir oqibatda shunday chegaraga erishiladiki, harajatlar cheksizlikka intiladi. Bu xolda jixozlar ham, ishchilar ham sifatni oshira olish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
SHu vaqtning o’zida sifat darajasini oshirishda mahsulotni ekspluatatsiya jarayonida harajatlar pasayadi (2 egri chiziq). Oldin ular tez, so’ng esa sekin pasayadi. Bu yerda ham chegaraga erishiladi, mahsulotni ekspluatatsiyasida sifat darajasini o’sishi harajatlarni pasayishiga keltirmaydi.
Yig’indi harajatlarga kelsak, sifat darajasi oshganda ular oldin pasayadi va optimal darajada minimal qiymatga erishiladi.
So’ng sifat darajasi optimaldan katta bo’lganda yig’indi harajatlar o’sadi. CHegarada ular cheksizlikka intiladi.
Mahsulot sifati ilmiy izlanishlarda, konstruktorlik va texnologik loyixalarda o’rnatiladi, tayyorlashda yaratiladi, ekspluatatsiyada amalga oshiriladi.
5.1.3-rasm. Mahsulotning hayotiylik tsikli va sifat boshqaruvi o’rtasidagi bog’liqlik
Mahsulot sifatini joriy qilish, ta’minlash va saqlab turishning asosiy bosqichlarini tavsiflovchi “sifat sirtmog’i” mavjud. Bu bosqichlar:
Mahsulotga bo’lgan talablar, uning texnikaviy darajasi va sifatini oldindan ko’rish (marketing tadqiqotlari);
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hisobga olib, sifat darajasini shakllantirish, me’yoriy-texnikaviy xujjatlarni tayyorlash;
Ishlab chiqaruvchi korxona imkoniyatlarini tahlil qilish;
Sifatli xomashyo, material, butlovchi buyumlar bilan moddiy - texnikaviy ta’minlash;
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash, texnalogik jarayonlarni ishlab chiqish. Jihoz, uskuna va asboblar bilan ta’minlash;
Tegishli me’yoriy - texnikaviy xujjatlar va standartlarga muvofiq mahsulotni ishlab chiqarish;
Texnikaviy nazorat va sinash, tayyorlash sifatini baxolash;
Tayyor mahsulotni sotish, mahsulotni saqlash, tashish va sotish jarayonlarida uning sifatini saqlab qolish;
Tayyor mahsulotni montaj qilish va unda foydalanish, xizmat qilish va ta’mirlash, sifatini ta’minlash, iste’molchini mahsulot sifati bilan qoniqqanligini baxolash;
SHunday qilib, mahsulot sifatining optimal darajasiga erishish birinchi darajali muximlikdagi masaladir. Bu sifatni boshqarish tizimining bosh maqsadlaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |