I-bob. Texnologik qism
1.1. Loyihalash mazmuni va tanlab olingan ishlab chiqarish usulini asoslash
Lok bo‘yoq materiallar, yoki qoplama xosil qiluchi kompozitsion materiallar
asosiy vazifasi materiallarni ximoya qilish, masalan daraxtni chirishdan, temir
maxsulotlarni zanglashdan va xokazo. Bundan tashqari yana bir asosiy vazifasi bu
tashqi estetik zeb ko‘rinish berish maqsadida qo‘llaniladi. Shu bilan birga ayrim
lok buyoq materiallar elektroizolyatsiya, termo- va nurga sezgirlik (issiqlik yoki
nur ta’sirida qoplama rangi o‘zgarishi) xususiyati borligi uchun, qoplama indikator
bo‘lib xizmat qiladi. Qoplama hosil qiluvchi materiallar ko‘p komponentli sistema
bo‘lib, tarkibi quyidagi moddalardan iborat:
-Bog‘lovchi modda, asosan, YuMB eritma, emulsiya, suspenziya
kukunsimon, xolatda bo‘ladi;
-Rang beruvchi moddalar, pigmentlar;
-To‘ldiruvchila;
-Qotiruvchilar;
-Yumshatgichlar, plastifikatorlar;
-Erituvchilar;
-Maxsus qo‘shimchalar
.
Tarkibi va ishlatilishi bo‘yicha qoplama xosil qiluchi kompozitsion
materiallar loklarga, emallarga, bo‘yoqlarga, gruntovka va shpatlyovkalarga
bo‘linadi.
Loklar bu bog‘lovchi modda (polimer yoki oligomer asosida) dan iborat
pigmentsiz va to‘ldiruvchisiz sistema bo‘lib, shaffof qoplama xosil qiladi. Lok
asosida emallar, bo‘yoqlar, gruntovka va shpatlyovkalar tayyorlanadi. Emal bu lok
asosida tayyorlangan pigent to‘ldiruvchi va boshqa yuqorida aytilgan moddalar
aralashmasi asosida tuzilgan suspenziya. Bo‘yoq degan tushuncha ancha keng
bo‘lib, bugungi kunda bo‘yoq deganda, alifa
yoki suv dispersiyasi asosida
tayyorlangan kompozitsiyalar tushiniladi (Oxirgi vaqtda bu tushuncha kukursimon
moddalar sinfini xam qamrab oldi).
Shpatlevka bu to‘ldiruvchi ko‘p qo‘shilgan kompozitsiya bo‘lib yuzani
7
tekislashga xizmat qiladi.
Ushbu diplom ishi PF-115 oq emal ishlab chiqarish bo‘limini loyihalashga
qaratilgan bo‘lib, oq emallar asosan buyumni tashqi ta’sirdan ximoya qilish va
dekoratib bezak berish uchun ishlatiladi.
Emallar lok bo‘yoq materiallarda ustki qismini tashkil etadi. Ularning asosiy
ko‘rsatkichlari bo‘yaladigan yuza bilan bog‘lashuvi xosil qilishi uchun
adgezivlikka (yopishqoqligi) yuqori bo‘lishi lozim. Emallar bu xossalardan
tashqari yuzani yaxshi qoplashi va antikorozion xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim.
Emal tabiiy yoki sintetik qoplama xosil qiluvchi moddalardan tayyorlanib
ishlatilish soxalariga qarab tarkibi turlicha bo‘ladi.
Kimyo sanoatining rivojlanishini muxim vazifalaridan biri sanoatning
barcha tarmoqlarida va turmushda zamonaviy kimyo yutuqlaridan to’la
foydalanishdir, yangi, mukammalroq va arzon ishlab chiqarish vositalari va xalq
iste‘mol mollari ishlab chiqarishdir. Iqtisodiyotni ximiyalashtirishning dolzarb
muammolaridan biri tabiiy va sintetik yuqori molekulyar birikmalarni ishlab
chiqarish asosida qoplama xosil qiluvchi kompozitsion materiallarni rivojlantirish
masalasidir. Qoplama hosil qiluvchi materiallarni (QHQM) insoniyat qadim
zamonlardan beri ishlatib kelgan. Oxirgi yillarda sintetik polimerlarni ishlab
chiqarishni tezkorlik bilan rivojlanishi QHQM yangi turlarini ishlab chiqarishga
sabab bo’ladi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |