Yirik korxonalarni oyoqqa turg’azish va jo’g’rofiy ko’lamlar.
Mamlakat ko’pmaqsadli
firmalarining paydo bo’lishiga olib kelgan ustunliklar xalqaro shtab- kvartiralarning paydo bo’lishiga ham olib keladi. Ko’lam
samarasidan foydalanish global firmalarga texnologiyani, ta’lim tizimini rivojlantir ish, va boshqa faoliyatga ketadigan
xarajatlarni butun dunyo bo’ylab o’z bo’linmalar orasida taqsimlashga imkon beradi. Global firma boshqa ustunliklarga ham
ega. U mahalliy firmalar bilan raqobatga kirishmay turib, har qanday mamlakat mijozlariga dunyoning har qanday joyida
xizmat ko’rsatishi mumkin. Xalqaro savdo firmasining obro’si mahalliy firmalarning obro’sini bosib ketishi mumkin. Malakali
xodimlar va eng yangi texnik jihozlanuv bunga muhtoj mamlakat manfaatlari yo’lida samarali qo’llanilishi mumkin. Bunda
ko’pincha ular mahalliy imkoniyatlarni to’ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |