Ko’proq safarbar va ko’proq axborotga ega bo’lgan xizmatlar xaridorlarining
paydo bo’lishi.
Butun dunyoda axborotga yetishishning osonlashishi, tezyurar transport vositalari, xalqaro safarlarning
osonlashuvi va hammabop bo’lishi xizmatlar tizimining salohiyatli xaridorlariga eng yaxshi jahon firmalariga murojaat qilishga
imkon beradi. Keng dunyoqarashga ega xaridorlarda faqat o’z mamlakati firmalariga qaraganda o’z mamlakatida ishlayotgan
chet el servis firmalariga murojaat qilish istagi ko’proq paydo bo’ladi. Bundan tashqari, xaridorlar xizmatlar qaerda yaxshiroq
ekanligi haqida ko’proq axborotga ega bo’ladi. Valyuta cheklovlarining kamayishi xizmatlarga boshqa mamlakatda haq to’lash
tartibini ososnlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |