Ijtimoiy manfaat
- bu barcha jamiyat a’zolarining birgalikda ro’yobga chiqadigan manfaatlaridir.
Mehnat salohiyati
- jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega
bo’lgan kishilardir.
Ilm-ma’rifat salohiyati-
ilm-ma’rifatga xizmat qiluvchi moddiy va insoniy resurslar fan erishgan darajadir.
Texnika- texnologiya salohiyati-
jamiyatdagi mashina -mexanizmlar miqdori, ularning tarkibi, texnikaviy
darajasi va texnologik tizimlar majmuini o’z ichiga oladi.
Tabiiy salohiyat-
tabiiy resurslar miqdori va sifati ishlab chiqarishning ob-havo sharoiti.
Fan-texnika taraqqiyoti
- fan va texnikaning muttasil ravishda va o’zaro bog’liq holda rivojlanishidir.
Xalqaro mehnat taqsimoti
- alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga
ixtisoslashuvi.
Xalqaro Iqtisodiy integratsiya
- jahon mamlakatlari o’zaro Iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va baraaror
rivojlanishi hamda milliy xo’jaliklar o’rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo’jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi
- ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan
ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’t ishi.
Emmigratsiya
- ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.
Immigratsiya
- ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Erkin savdo zonalari
- Iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning dorasida savdo cheklashlari bekor
qilinadi.
Boj ittifoqi
- yagona tashqi savdo ta’riflari o’rnatishni va uchunchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo
siyosati yuritishini taqozo qiladi.
To’lov ittifoqi
- milliy valyutalarning o’zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor
- bunda uning qatnashchilari o’zaro erkin savdoni amalga oshir ish va yagona tashqi savdo siyosati
o’tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta’minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi
- Iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo’lib, bunda Iqtisodiy integratsiyaning
barcha qarab chiqilgan shakllari Iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Eksport
- tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar
mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Import
- chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Reeksport
- qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarlarni o’z iste’moli uchun emas, balki
uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun sotib olishi.
Reimport
- iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarlarni sotib olish.
Xalqaro valyuta tizimi
- xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan
mustahkamlangan shakli.
Valyuta kursi
- bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi.
To’lov balansi
- mamlakat rezidentlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o’rtasida ma’lum vaqt
oralig’ida (odatda bir yilda) a malga oshirilgan barcha Iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar
- qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga
mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o’tishi bo’yicha kelishuvlar.
203
Do'stlaringiz bilan baham: |