Bilimlar resursi,
ya’ni tvoarlar va xizmatlarga ta’sir qiluvchi ilmiy, texnik va
bozor axbortlari yig'indisi. Bilimlar zaxirasi universitetlar, davlat ilmiy-tadqiqot
institutlari, xususiy tadqiqot muassasalari, davlat statistika xizmati, ish va ilmiy
adabiyotlar, bozorni tadqiq qilish ma’lumotlar banki, savdo assotsiatsiyalari va boshqa
manbalarda joylashgan. Mamlakatdagi ilmiy va boshqa bilimlar o'z ichiga yuzlab
fanlarni oladi: akustika, materialshunoslik, tuproq kimyosi va h.k.
Pul resurslari.
Bu - sanoatni moliyalashtirishga sarflanishi mumkin bo'lgan
kapital miqdori va bahosi. Kapital bir xil emas, u ta’minlanmagan qarzdorlik,
ta’minlangan qarz, yuqori tavakkal va yuqori daromadga ega bo lgan spekulyativ
qimmatli qog'ozlar, aktsiyalar, venchur mablag'lari kabi shakllarga ega. Har bir
shaklning o'z faoliyat ko'rsatish sharoitlari bor. Mamlakatdagi kapitlaning umumiy
hajmi va uning joylashish shakllariga jamg'amralar darajasi va milliy bozor tuzidishi
ta’sir qiladi. Unisi ham, bunisi ham turli mamlakatlarda har xil. Kapital bozorlarining
globallashuvi va bir mamlakatdan boshqasiga yirik kapitallarning o'tishi tufayli turli
mamlakatlardagi sharoitlar asta-sekin tenglashmoqda, lekin baribir farqlar mavjud va
ular noma’lum muddatlargacha saqlanib qoladigan ko'rinadi.
Infrastruktura,
ya’ni mavjud infrastrukturaning turi, sifati va undan
foydalanishga to'lanadigan haq. Bu raqobat xususiyatiga ta’sir qiladi. Bunga
mamlakatning transport tizimi, aloqa tizimi, pochta xizmatlari, mamlakat hududida va
xorijga bankdan bankka mablag'lar va jo'natmalarni ko'chirish, sog'liqni saqlash tizimi
kiradi. Shuningdek, infrastrukturagaturar joy fondi va madaniyat muassasalari ham
kiradi. Bular turmush darajasini va tegishlicha yashash hamda ishlash joyi sifatida
mamlakatning jozibadorligini belgilab beradi..
Omillar asosida raqobat ustunligiga erishish bu omillardan qanchalik samarali
foydalanishga bog'liq. Eslatib o'tilganidek, hozirgi vaqtda ko'plab rivojlangan
mamlakatlar va hatto yangi industrial mamlakatlar infrastruktura yoki o'rta va hatto oliy
ma’lumotli ishchi kuchi kabi omillarga deyarli teng tarzda egadirlar. Shu bilan birga,
globallashuv mamlakatdagi ba’zi omillarning mavjudligini unchalik muhim qilmay
qo'ydi. Zamonaviy gloabbalashgan kompaniya yetishmayotgan omillarni xorijdan sotib
olish yoki faoliyatni chet elda joylashtirish hisobiga ta’minlashi mumkin.
Nihoyat odam resurslari, bilimlar va kapital kabi omillar bir mamlakatdan
ikkinsiga otishi mumkin. Yaxshi ko'nikmalarga ega odamlar va malakali ishchilar.
Shuningdek ilmiy va texnik bilim egalari bir mamlakatdan boshqasiga ko'chib
yurmoqda. Bu jarayon katta ekrinlik va xalqaro kommunikatsiyalarning rivojlanishi
tufayli osonlashgan. Mamlakatda omillarning mavjudligi, agar bu omillar mamlakatdan
chiqib ketadigan bo'lsa, ustunlik bo'lmay qolmoqda. Harakatdagi omillar qaysi
mamlaktlarga kirib kelayotganligi va ular qaerda eng ko'p samarali qo'llanishi
mumkinligini tushuntirish uchun boshqa determinantlarni tahlil qilishga to'g'ri keladi.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |