Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/160
Sana04.02.2022
Hajmi2,32 Mb.
#428585
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160
Bog'liq
hozirgi zamon raqobat nazariyasi


Partizancha xarakatlar; 
6.
Ogohlantiruvchi zarbalar. 
A)
Raqobatchilardan ortda qolmaslik uchun ikkita asosiy usul mavjud. 
Birinchi usul - zaif raqobatchining bozor ulushini tortib olish. 
Ikkinchi usul - raqobatchilarning ustuvorligini yo’qqa chiqarish. 
Raqobatchilarga qarshi kurash har xil usulda olib borilishi mumkin. Bahoni pasaytirish, reklama kompaniyasini kengaytirish, 
tovarga, xaridorlarni jalb etadigan belgilar berish, raqobatchining xududida ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ya’ni tovar 
modelini yaratish. Bahoni pasaytirish faqat Shunda ahamiyatga ega bo’ladiki, qachonki raqobatda bahoni pasaytirishga imkon 
bo’lmasa. Ushbu usul foyda o’sishiga olib kelish uchun sotish hajmining o’sishi tovar birligi bahosini pasaytirishdan kelgan 
zararni qoplashi lozim. Bu usulni qo’llash uchun tajavuzkor - firmada xarajatlar kamroq bo’lishi kerak yoki unda moliyaviy 
resurslar ko’prok bo’lishi lozim. 
B)
Raqobatchilarning zaif tomonlaridan foydalanib, raqobatda g’alaba qilish usullari quyidagicha: 

raqobatchi kam bozor o’lchamiga ega bo’lgan geografik xududlarga e’tiborni qaratish; 

raqobatchi kam e’tibor beradigan bozor segmentlarida xarakat qilish; 

mahsulot sifati pastroq raqobatchilarning xaridorlari bilan ish yuritish; 

raqobatchi xaridorlarga unchalik yaxshi xizmat ko’rsatmaydigan xaridorlarni o’ziga jalb qilish; 

o’z tovarlarini yaxshi reklama qilmaydigan, o’z tovar markasiga ega bo’lmagan raqobatchilarning xaridorlarini o’ziga 
jalb qilish; 

raqobatchi e’tibor bermayotgan extiyojlarni qondirishga intilish. 
v) Firma birdaniga bir necha yo’nalishda xarakat qilsa, raqobatchining e’tiborini bir nechta yo’nalishga bo’lib 
yuboradi, bir nechaxaridorlar guruhlarini ximoya qilishga majbur qiladi. Bu usuldan foydalanish uchun firma juda katta 
moliyaviy resursga ega bo’lishi kerak. 
g) Bo’shlikni egallab olishga qaratilgan xarakatning mazmuni, raqobatchi bilan ochiq kurashdan o’zini olib 
qochishdir. 
d) Partizancha kurashda firma "zarba-chekinish" tamoyilidan foydalanadi. Bu kurashishni qo’llash usullari quyidagicha bo’lishi 
mumkin: 

asosiy raqobatchini kiziqtirmaydigan guruhlarni o’ziga jalb qilish; 

zarban raqobatchi tovariga uncha o’rganmagan xaridorlar guruhiga yo’naltirish; 
103 



raqobatchi uchun xaddan tashqari ko’p bo’lgan bozor segmentiga zarba berish; 

unchalik katta bo’lmagan, ayrim zarbalardan foydalanish; 
e) (ogohlantiruvchi) zarbalarni qo’llashdan maqsad raqobatchilarni firmaning xarakatini qaytarish xohishini 
oldini olish. Bu usulni quyidagi yo’llar bilan qo’llash mumkin: 

Ishlab chiqarish quvvatlarini bozor talabiga nisbatan ko’proq yaratish; 

Eng yaxshi ta’minlovchilar "orqaga integratsiya kilish" usuli bilan raqobatchilarni uncha mashhur bo’lmagan 
ta’minlovchilar bilan ish yuritishga majbur qilish; 

Eng yaxshi geografik xolatni saqlash; 

O’zini nufuzli mijozlar bilan ta’minlash; 

Xardorlarda firmaning kuchli psixologik imidjini yaratish; 

Eng yaxshi distribbyuterlar bilan ish yuritish huquqiga ega bo’lish. 
Tajovuzkor strategiyani qo’llash uchun quyidagi ob’ektlarni o’rganish kerak. Bozor yetakchilarini, rollarni bajaradigan 
kompaniyalarni, bozordan chiqib ketish muomalasiga duch kelayotgan firmalarni, mayda mahalliy, mintaqaviy firmalarni. 
Himoya qilish strategiyalarining maqsadi raqobatchilarning zarbasini kamroq ziyon bilan qaytarish yoki boshqa 
firmalarga yo’naltirishdir. Bu strategiya raqobat ustuvorligini yaratmaydi, mavjud raqobat ustuvorligini saqlab qolishga imkon 
beradi. Bu strategiyaning usullari quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini kengaytirish, bo’sh bozor segmentlarini to’ldirish. 
2.
Mahulotlarni yangi modellarini va navlarini yaratish. 
3.
Raqobatchilar taklif qilayotgan modellarnipastroq bahoda taklif qilish. 
4.
Distribbyuterlar bilan shartnoma tuzib raqobatchilarni taqsimlash tizimidan chetlashtirish, distibbyuterlarga imtiyozlar 
berish. 
5.
O’z mahsulotiga talabni caqlab qolish uchun xaridorlarga imtiyoz berish, tovarni xaridorlarga reklama va eksperiment 
qilish uchun berish. 
6.
Diller yoki xaridorlarga tovarni kreditga sotish xajmini ko’paytirish. 
7.
Butlovchi qismlar bilan ta’minlash vaqtini qisqartirish. 
8.
Muqobil texnologiyalarni patentlash. 
9.
Eng yaxshi xom ashyo ta’minlovchilar bilan eksklyuziv shartnomalar tuzish. 
10.
Ishlab chiqarish talabiga nisbatan ko’prok, xom ashyo sotib olish. 
11.
Raqobatchilar bilan ish yuritadigan ishlovchilardan voz kechish. 
Himoya qilish strategiyasining muhim tamoyillaridan biri raqobatchilarga ularning xarakati javobsiz qolmasligini 
bildirish. Bu ma’lumotlarni raqobatchilarga quyidagi usullarda yetkazish mumkin: 

bozorni to’ldirish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish xaqida reklamalarni ochiq matbuotda e’lon qilish; 

raqobatchilardan bahoni va sotish shartlarini o’zgartirishda qolishmaslik niyati xaqida e’lon qilish; 
104 


• pullar va yuqori likvidli mablag’larni yig’ish; 
Tarmoqlarning globallashuvi va firmalarning baynalmilallashuvi g’ayriodatiy holga olib keladi. Bir qarashda firmalar 
mamlakatlardan ko’ra muhimroq o’rin tutgandek ko’rina boshladi. Biroq haqiqiy tadqiqot natijalari bunday xulosadan farq 
qiladi. Alohida tarmoqlar va ular yetakchilari segmentlarining bir-ikki mamlakatda jamlanishi tendentsiyasi mayjud. Bunda 
raqobat ustunliklari o’n yillab saqlanib qolmoqda. Masalan, turli mamlakatlarning firmalari ittifoq tuzishganda raqobat 
ustunligiga ega mamlakatlar firmalari priovardida bunday ittifoqda so’zsiz yetakchilarga aylanadilar. Raqobat ustunligi mahalliy 
sharoitlar bilan uzviy aloqada yaratiladi va saqlab turiladi. Mamlakatlarning milliy xo’jalik tuzilishi va qadriyatlar o’lchovidagi, 
milliy madaniyat, davlat muassasalari va tarixidagi farq raqobatdagi muvaffaqiyatga jiddiy ta’sir qiladi. Garchi tashqi iqtisodiy 
faoliyatda raqobatning globallashuvi firma joylashgan asosiy mamlakatning rolini kamaytirib yuborishi kerakdek taassurot 
tug’dirsa-da, aslida unday emas, balki ushbu mamlakatning roli kamayib qolmay, hatto ortib ham boradi. Raqobatchi 
bo’lmagan mahalliy firmalar va tarmoqlarga homiylik qilish shaklidagi kamdan-kam istisnolardan tashqari, baza (asos 
bo’luvchi) mamlakat raqobat pozitsiyalarini ta’minlashda tobora ko’proq ahamiyat kasb etmoqda, chunki u bunday raqobat 
ustunligi tayanadigan tajriba va texnologiya manbai hisoblanadi. Mamlakatlarning konkret tarmoqlardagi ustunligi to’g’risidagi 
har qanday yangi nazariya Shu paytgacha qilingan ishlarning ko’pidan voz kechishni anglatadigan shart-sharoitlardan kelib 
chiqadi. 
Birinchidan, firmalar turli strategiyalarni tanlab olishlari (tanlab olayaptilar ham) mumkin. Shundan kelib chiqib, yangi 
nazariya ba’zi mamlakatlarning firmalari nima uchun boshqa mamlakatlar firmalariga qaraganda yaxshiroq raqobat 
strategiyasini tanlayotganliklarini tushuntirib berishi kerak. 
Ikkinchidan, xalqaro raqobatdagi yetakchilar o’zida savdo va kapital eksportining mustahkam aloqasini 
mujassamlashtirgan global strategiyani tez-tez qo’llaydilar. Oldingi nazariyalarning ko’pchiligi esa yo savdoga yoki kapital 
eksportiga mo’ljallangandilar. Yangi nazariya mamlakat ham unisi, ham bunisi bilan Shug’ullanadigan va bunda jahon 
bozorida muvaffaqiyatli raqobat qiladigan firmalar uchun bazaga aylanishini tushuntirib berishi kerak. Tovar eksporti va kapital 
eksportining har ikkalasi uchun umumiy bo’lgan sabablari ko’p. Milliy baza (home base) - firmaning muhim raqobat 
usutnliklari yaratiladigan va ta’minlab turiladigan mamlakatdir. Aynan Shu yerda firma siyosati belgilab olinadi, asosiy tovar 
yaratiladi va uni ishlab chiqarish texnologiyasi yo’lga qo’yiladi. Odatda (garchi har doim bo’lmasa-da), bu yerda eng murakkab 
ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Boshqa faoliyat bilan firmalar ko’pincha o’zga mamlakatlarda Shug’ullanadilar. 
Milliy bazada eng mahsuldor ishchi o’rinlari, eng muhim texnologiya va eng malakali ishchi kuchi jamlangan. 
Mamlakatda bunday bazaning borligi sanoatning boshqa aloqador tarmoqlariga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi va mamlakatga 
boshqa raqobat ustunligini olib keladi. Bunday turdagi bazaviy mamlakat ko’pincha ijobiy savdo salbdosiga ham ega bo’ladi. 
Firmalar mulki ko’pincha ularga asos solingan mamlakatda bo’ladi, aktsiyalar egalarining milliy mansubligi ikkinchi darajali 
bo’lib qoladi. Strategiyani, boshqaruv ishlarini va yangi ishlanmalarni nazorat qilishni saqlab qolish evaziga hali mahalliy 
kompaniya baza bo’lib qoladi. Garchi kompaniya xorijiy 
105 


kapital yoki firmaga tegishli bo’lsa-da, asosiy foyda baza bo’lgan mamlakatga tegadi. Shuning uchun ham nega mamlakat 
iqtisodiyotning murakkab sektorlari va tarmoqlarida muvaffaqiyatli raqobatlashayotgan firmalar uchun bazaga aylanishini 
tushuntirib berish mamlakatdagi mahsuldorlik darajasi va vaqti kelib bu darajani oshirish qobiliyati uchun o’ta muhimdir. 
Yangi nazariya faqat ishlab chiqarish omillari asosida ustunliklarni ko’rib chiqishgina emas, balki nima uchun muayyan 
mamlakat firmalari barcha shakllarda aniq ustunliklarga ega bo’layotganligini tushuntirib berishi ham kerak. Savdo 
nazariyalarining ko’pchiligi faqat narxni ko’rib chiqadi, sifat va tabaqalashuv (differentsiatsiya) masalalariga esa ko’p e’tibor 
bermaydi. Yangi nazariya esa bozorlar segmentatsiyasi, tovarlar tadaqalashuvi, texnologik farqlar va miqyos samarasini ham 
qo’shgan holda raqobatning batafsil qiyofasini ochib berishi kerak. Yangi nazariya raqobat - harakatdagi va rivojlanib 
borayotgan jarayon ekanligidan kelib chiqishi lozim. An’anaviy nazariyalar mohiyatan statik edi. Ularda texnologiyadagi 
o’zgarishlar ekzogen, ya’ni ushbu nazariyalar doirasidan tashqarida hisoblanardi. Biroq, bir necha o’n yillar oldin Iozef 
Shumpeter tan olganidek, raqobatda muvozanat yo’q; raqobat - muntazam o’zgarib turadigan manzara bo’lib, unda yangi 
tovarlar, marketingning yangi yo’llari, yangi ishlab chiqarish jarayonlari va yangi bozor segmentlari paydo bo’ladi. Biror 
tarmoqdagi o’zgarmaydigan ishlab chiqarish taraqqiyot tufayli juda tez ortda qoladi. Lekin Shumpeter ham boshqa 
tadqiqotchilar kabi asosiy savolga javob bermagandi. Bu savol quyidagidan iborat: nima uchun bir xil mamlakatlar firmalari 
boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda ko’proq yangiliklar qiladi? Nazariya texnologiyani takomillashtirish va yangilashni 
birinchi o’ringa qo’yishi lozim. Biz mamlakatning innovatsiya jarayonlaridagi rolini izohlab berishimiz kerak. Javob berilishi 
lozim bo’lgan savol quyidagi ko’rinishdadir: qanday qilib mamlakat o’z firmalariga xorijiy raqobatchilarga qaraganda 
texnologiyani tezroq yangilashga imkon beradigan sharoit yaratib beradi? Javob Shuningdek umuman milliy iqtisodiyotni 
rivojlantirishni izohlab beradi, chunki texnologiyani yangilash (keng ma’noda) iqtisodiy o’sishni ham keltirib chiqaradi. 
Har qanday iqtisodiy nazariyada menejerlar amaliy mazmunni ko’ra olishlari bunday nazariyani tekshirish uchun 
xizmat qiladi. Menejer nuqtai nazarida savdo nazariyasining katta qismi, biror ahamiyat kasb etishi uchun juda umumiydir. 
Yangi nazariya jahon bozorida muvaffaqiyatli raqobat qilishlari uchun firmalarga o’z strategiyasini qanday rejalashtirib 
olishlarini izohlab berishi lozim. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish