4
-
yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi;
4
-
o’rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo’lishi;
4
-
yetkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati;
4
-
xaridorlarning savdolashish qobiliyati;
-I- mavjud bo’lgan raqobatchilarning o’zaro raqobati.
Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. Chunki, u bahoga, harajatga,
kapital quyilmalarga va boshqalarga ta’sir qiladi.
2. Firmaning tarmoqda tutgan o’rni. Firmaning tarmoqdagi o’rni, avvalo, raqobat
ustunligi bilan aniqlanadi. Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega bo’lsa, u o’z
raqiblarini ortda qoldiradi:
30
4
-
Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab
chiqara olish va sota olish qobiliyati haqida
dalolat beruvchi,
juda past
xarajatlar;
-I- Tovarlar differentsiyatsiyasi, ya’ni firmaning iste’molchi ehtiyojini qondira olish
qobiliyati.
Firmaning tarmoqda tutgan o’rniga ta’sir qiluvchi boshqa bir muhim omil - bu
firmaning o’z tarmog’i doirasida mo’ljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma
maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o’zi uchun necha turdagi tovarlarni
chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat
ko’rsatishini, dunyoning qaysi joylarida o’z mahsulotini sotishini va qaysi milliy
tarmoqlarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
Xalqaro raqobatning xususiyatlari. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida
yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qato rda tashqi bozorga ham
taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba’zi bir o’ziga xos hususiyatlarga
ham ega.
M. Porter mavjud raqobatning o’ziga xosligiga ko’ra ikki turdagi tarmoqlarni
ajratadi:
1)
Ko’p milliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar uchun alohida mamlakatlarda raqobatning
turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani qo’llash mumkin
emas. Misol uchun, jamg’arma banklari.
2)
Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar dunyo bo’yicha yagona raqobat maydoniga ega
bo’ladilar. Aynan Shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini emas, balki global
raqobat usutunligini yaratish kerak bo’ladi.
M. Porter global strategiya sharoitida raqobat ustunligiga erishishning va undan
foydalanishning ikki usulini ajratadi:
1) faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya’ni o’ziga xos hususiyatlaridan
foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko’rinishlarini
joylashtirish.
Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi:
❖
omillarning minimal qiymati;
❖
ITTKI ni o’tkazish uchun zarur sharoitlarning mavjudligi;
❖
maxsus konikmalarning mavjudligi;
❖
mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
2) filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o’z ichiga:
•
ma’lumot almashinuvini;
•
javobgarlikni taqsimlashni;
•
xatti-harakatlarni kelishishni oladi.
Raqobat ustunligining determinantlari. Har bir tarmoq doimo yangilanib va
zamonaviylashtirib ko’riladi. Bu jarayonni rag’batlantirishda asoslanuvchi mamlakat
muhim o’rin tutadi. Asoslanuvchi mamlakat bu asosiy mahsulot va texnologiya
strategiyasi ishlab chiqariladigan va kerakli tajribaga ega bo’lgan ishchi kuchi mavjud
mamlakatdir. M.Porter mamlakatning atrof-muhitni shakllantiruvchi to’rt hususiyatni
ko’rsatdi, bunda xalqaro muvaffaqiyatga ta’sir qiladigan mahalliy firmalar
raqobatlashadi.
31
OT ANALYSIS
Do'stlaringiz bilan baham: |