14 - MAVZU. MILLIY IQTISODIYOTDA RAQOBAT MUHITINI HAKLLANTIRISHNING
INSTITUTSIONAL ASOSLARI
Reja:
1.
Raqobatni rivojlantirishning muhim strategik maqsadi.
2.
O’zbekistonda raqobat munosabatlarini shakllantirishning iqgisodiy institutlari
3.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish.
4.
Samarali raqobatning yuzaga chiqishiga yo’l qo’ymaydigan to’siqlarni bartaraf etish.
5.
Monopollashgan sohalardagi boshqaruv tizimlarini va korxonalarni tarkibiy qayta restrukturizatsiyalash.
Tayanch so'z va iboralar:
Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, rivojlantirish, raqobat
muhit, yaratish, muhim iqtisodiy institut, O ’zbekiston iqtisodiyotida raqobat muhiti,
rivojlantirish, tarmoq, xududiy monopoliya, chiqarish, xususiylashtirish dasturlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik shov-shuv, muammoli ta’lim,
B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar:
A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, A8, A12.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 18 noyabrda Parlament palatalari qo’shma
majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasi vazifalaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan —Raqobat to’g’risida”gi qonun ayni Shu
monopoliyaga qarshi boshqaruvni davlat tomonidan tartibga solish borasidagi muhim ahamiyatga huquqiy hujjatlardan
biridir.
2012 yil yanvarda qabul qilingan —Raqobat to’g’risida”gi qonunning asosiy maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi
Raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mamlakatimizda davlat tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solish va takomillashtirish nafakat
iqtisodiy-ijtimoiy, balki institutsional rivojlanish xususiyatiga ham ega. Institutsional rivojlanish esa, bozor iqtisodiyotiga o’tish va
unga
164
mos keluvchi bozor iqtisodiyotining eng asosiy elementlaridan hisoblangan raqobatni rivojlantirish, raqobat munosabatlarni
muvaffaqiyatli shakllantirishning asosiy omillaridan biridir. Shuningdek, yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tashkil etish,
ularning samarali faoliyatini ta’minlashda mazkur sub’ektlar faoliyatining tarkibi va chegaralarini belgilab beradigan, ularning
boshqa sub’ektlar bilan munosabatlariga aniqlik kiritadigan, raqobat siyosatini amalga oshiradigan institutsional asoslarni
shakllantirish hamda bozor talablariga muvofiq takomillashtirishning ahamiyati katta. Bu masala davlat tomonidan
monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solish hamda raqobat muhitini shakllanishi uchun ham dolzarb hisoblanadi.
Hozirgi kunda Davlat tomonidan samarali raqobat siyosatini amalga oshirilishi natijasida respublika iqtisodiyotida
monopollashgan tovar va xizmatlar bozorlari soni sezilarli darajada qisqardi. Erishilgan natijalar tovar va xizmatlar bozorlarida
erkin Raqobatlashadigan va oxir- oqibatda sog’lom raqobat muhitini shakllantiradigan yangi xo’jalik va tadbirkorlik
sub’ektlarini paydo bo’lishida namoyon bo’lmokda. Monopol korxonalarning soni sezilarli qisqargan, ayniksa iste’mol
bozorida. Sunggi 15 yil mobaynida olib borilgan monopoliyaga qarshi siyosat natijasida, monopolist korxonalar soni 828
tadan 178 tagacha kamaydi. Monopol mahsulotlar soni esa 5186 tadan 157 tagacha qisqardi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan monopoliyaga qarshi boshqaruvni davlat tomonidan tartibga solish borasidagi
iqtisodiy isloxotlarning muxim jixatlari - bu bozor iqtisodiyotining eng asosiy elementlaridan xisoblangan Raqobatni
rivojlantirish, monopol va ustun mavkega ega xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlari va xizmatlarining sifati hamda
kafolatini kuchaytirish, ularning narxlari (tariflari) mukobilligini ta’minlash, iste’molchilarning xarid talabini qondirish orqali
makroiqtisodiy korsatkichlarni oshirishga qaratilganligidan iboratdir. Bu esa, davlat tomonidan monopol mavkega ega bo’lgan
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tarkibiy uzgartirish va sog’lom raqobat muhitini yaratishga yunaltirilgan kompleks
tadbirlarning amalga oshirilishi va albatta qonunchilikni takomillashtirishni taqazo etadi.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 18 noyabrda Parlament palatalari qo’shma
majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasi vazifalaridan kelib chiqqan xolda qabul qilingan —Raqobat to’g’risida”gi qonun ayni shu
monopoliyaga qarshi boshqaruvni davlat tomonidan tartibga solish borasidagi muxim ahamiyatga xuquqiy xujjatlardan biridir.
2012 yil yanvarda qabul qilingan —Raqobat to’g’risida”gi qonunning asosiy maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi
raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Chunki, mazkur qonunning mazmun-moxiyati Shu bilan
izoxlanadiki, unda tovar va moliya bozorlaridagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatga qarshi xarakatlarini, insofsiz
raqobatni cheklashga hamda davlat boshqaruvi organlari, maxalliy davlat xokimiyati organlarining gayriqonuniy xarakatlariga
yul kuymaslikka qaratilgan Raqobatga doir davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ belgilangan. Qonunda
raqobatga qarshi xarakatlarni taqiqlashning xuquqiy normalari belgilangan bo'lib, bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
ustun mavqeini suiste’mol kilish, raqobatni cheklaydigan kelishib olingan xarakatlari va bitimlarini to’zish,
165
shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va maxalliy davlat xokimiyati organlarining xujjatlari (xarakatlari) hamda insofsiz
raqobat taqiqlangan. Bundan tashqari, tanlov (tender) va birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarni tashkil etish, kushib yuborish va birlashtirishga doir hamda aktsiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy xuquqlarni
olishdagi monopoliyaga qarshi talablar kiritilib, ushbu xarakatlarni amalga oshirishda monopoliyaga qarshi davlat organining
oldindan roziligini olish tartibi belgilangan.
Monopoliyaga qarshi organning vakolatlari, axborot olish hamda monopoliyaga qarshi organga axborot takdim
etish, Shuningdek mazkur qonun talablari bo’zilganligi uchun jarimalar solish hamda yetkazilgan zararning urnini qoplash,
Raqobat to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzganlik xaqida ishlar kuzgatish va ularni kurib chiqish, monopoliyaga qarshi
organning qarori va ko’rsatmasini ijro etish tartiblari qonunning muxim jixatlari xisoblanadi.
—Raqobat to
,
g
,
risida”gi qonunning xayotga tatbiq etilishining o’ziga xos ahamiyatiga Shundaki, yangi qonun tovar
va moliya bozorlarida raqobatga doir munosabatlarni xuquqiy tartibga solishning ochik-oshkoraligi va samaradorligini
oshirish hamda qonunchilikdagi mavjud kamchilik, nomutanosibliklarni, Shuningdek, monopoliyaga qarshi tartibga solishdagi
karama-qarshiliklarni bartaraf etishga imkon beradi. Shu bilan birga, raqobatni rivojlantirish va himoya qilish hamda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay biznes muxitini yaratish, xar xil byurokratik aralashuvlarni bartaraf etish,
erkin bozor iqtisodiyoti talablari va shartlari bajarilishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, erkin bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining yanada samarali ishlashiga, iste’molchilar va ushbu
bozorning boshqa ishtirokchilarining xuquqiy ximoyasini kuchaytirishga, tovar va moliya bozorlaridagi munosabatlarning
yanada liberallashuviga, tovar va moliya bozorlarida raqobatga oid ta’sirchan davlat siyosatini amalga oshirish imkoniyatini
yaratadi.
Ayni paytda tovar va moliya bozorlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeini belgilovchi Nizom, tovar va
moliya bozorlarida ustun mavkeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat reestrini yuritish tartibi, tovar va
moliya bozorlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining aktsiyalarini (ulushlarini) va boshqa mulkiy xuquqlarini olishda oldindan
monopoliyaga qarshi organning roziligini olish tartibi, raqobatni cheklovchi bitim va xarakatlarni kurib chiqish tartibi hamda
tovarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi kabi me’yoriy xujjatlar tayyorlandi.
Mamlakatimizda davlat tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solish va takomillashtirish nafakat
iqtisodiy-ijtimoiy, balki institutsional rivojlanish xususiyatiga xam ega. Institutsional rivojlanish esa, bozor iqtisodiyotiga o’tish va
unga mos keluvchi bozor iqtisodiyotining eng asosiy elementlaridan xisoblangan raqobatni rivojlantirish, raqobat
munosabatlarni muvaffaqiyatli hakllantirishning asosiy omillaridan biridir. Shuningdek, yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni
tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta’minlashda mazkur sub’ektlar faoliyatining tarkibi va chegaralarini belgilab
beradigan, ularning boshqa sub’ektlar bilan munosabatlariga aniqlik kiritadigan, Raqobat siyosatini amalga oshiradigan
institutsional asoslarni shakllantirish hamda bozor talablariga muvofiq takomillashtirishning ahamiyati katta.
166
Bu masala davlat tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solish uchun xam dolzarb xisoblanadi.
Hozirgi kunda Davlat tomonidan samarali raqobat siyosatini amalga oshirilishi natijasida respublika iqtisodiyotida
monopollashgan tovar va xizmatlar bozorlari soni sezilarli darajada qisqardi. Erishilgan natijalar tovar va xizmatlar bozorlarida
erkin Raqobatlashadigan va oxir - oqibatda sog’lom Raqobat muxitini shakllantiradigan yangi xo’jalik va tadbirkorlik
sub’ektlarini paydo bo’lishida namoyon bo’lmokda.
Monopol mahsulot va xizmatlarning respublika yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizgacha pasaydi. Avval yirik
monopoliya xisoblangan sohalarda, ya’ni qishloq xojaligi va ozik-ovkat mahsulotlari bozorlarida ichimliklar, sharbatlar, non va
non mahsulotlari, gusht-sut mahsulotlari, kandolatchilik mahsulotlari, alohida olingan noozik-ovkat mahsulotlari bozorlarida
mebelb, gilam va gilam mahsulotlari va Shuningdek telekommunikatsiya xizmatlari bozorlarida sog’lom Raqobat muxiti
shakllantirildi. Shu bois, monopoliyaga qarshi siyosatni tartibga solish iqtisodiyotni modernizatsiyalashning ustuvor yunalishi
sifatida tan olindi. Bu borada ularning faoliyat yuritish samaradorligi nuktai nazaridan asosiy omillar sifatida mulkchilik,
javobgarlik, Raqobat, monopoliyaga qarshi boshqaruv va shartnoma institutlari katta rol oynaydi.
Mulkchilik xuquqi iqtisodiy nazariyasidan kelib chikib aytish mumkinki, agar transaktsiya xarajatlar yuqori va mulkiy
xuquqdar aniq mustaxkamlanmagan bulsa, ishlab chiqarish tarkibi va samaradorligi sezilarli ravishda mulkiy xuquqlarning
taksimlanishiga bog’liq buladi.
Javobgarlik instituti tadbirkorlik faoliyatini tashkillashtirishda muxim boshqaruvchilik vazifasini utaydi. Bundan
tashqari, tadbirkor bilan munosabatga kirishuvchi sub’ektlar (kreditorlar, ta’minotchilar va Shu kabilar) xo’jalik yuritish boyicha
tadbirkor tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan o’ziga xos xatti- xarakatlarga ma’lum darajada komil ishonchi bo’lishi
lozim. Shundan kelib chiqib, javobgarlik masalasi boshqaruv qarorlarini qabul qilinishida xal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bozordagi xolat xam buni tasdiklaydi. Ma’lum resursni sotib olish yoki kredit olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati
mikyosi bozorda tadbirkorning kreditorlar oldidagi javobgarligini ta’minlash imkonini beruvchi mulki mikdoriga yarasha
amalga oshirilishi mumkin.
Demak, javobgarlik tadbirkorlik erkinligini ruyobga chiqishiga kumaklashadi va ayni paytda qabul qilingan xar bir
karor natijasi uchun individual tarzda javob berilishi lozimligini urnatadi.
Shunday qilib, tadbirkorlik va xo’jalik yuritish erkinligi amalda javobgar bo’lishga tayyorlikdan kelib chiqadi va ushbu
sababiy bog’liqdik ostida tadbirkorlik javobgarligining ikki xil vakolat doirasi - javobgarlikni utash majburiyati hamda
boshqarish xuquqi yotadi.
Raqobat instituti bozorning samarali rivojlanishi uchun eng asosiy omillardan xisoblanadi. Umumiy xolda bozor
mexanizmini taklifning talabga qarab ozgarishi, moslashishi sifatida karash mumkin. Uning mazmuni tajriba va xatolar yuli
bilan narxning umumiy muvozanatiga, ishlab chiqarilayotgan va talab qilinayotgan mahsulot balansiga tomon xarakat
kilishdan iborat.
167
Erkinlik va raqobat bir birini tuldiradi va o'zaro bog’liqdir. Iqtisodiy erkinlik kafolati bo’lgan raqobatning o’zi ana Shu
erkinlik bagrida vujudga keladi. Shuning uchun raqobat tamoyillariga suyanuvchi ijtimoiy bozor xo'jaligi, birinchi navbatda,
ishlab chiqarish, tadbirkorlik va xo’jalik faoliyati erkinligini kafolatlaydi.
Erkin tadbirkorlik xo’jalikni raqobat mexanizmi yordamida boshqar ish asosidir. Tadbirkorlik iqtisodiy cheklovlar va
ma’muriy sikuvlar ostiga olingan taqdirda monopoliyaga qarshi va raqobatni ragbatlantirishga qaratilgan boshqa xarakatlar
xech bir samara bermaydi.
Shartnoma instituti xam xo’jalik yuritishda muxim ahamiyatga ega bo'lib, uni urganishning eng asosiy
mhammolaridan biri, korxona transaktsiya xarajatlarini maqsadga muvofiqdigini ta’minlash xisoblanadi. Chunki xozirgi
zamonda transaktsiya xarajatlarning asosiy kismi aynan xuquqiy munosabatlar bilan bog’liqdir.
Tadbirkorning, shu jumladan, xizmat ko'rsatuvchi xo’jaliklarning transaktsiya xarajatlari xajmi davlat tomonidan u yoki
bu xuquqiy me’yorlarni kuchga kirit ish, ularni soddalashtirish, shartnomalarni rasmiylashtirish yuli bilan kupaytirilishi yoki
qisqartirilishi mumkin. Shu bilan birga, tarbirkorlarga ba’zi tortishuvli masalalarni uchinchi taraf, ya’ni sud orqali xal etish
imkoniyati berilishi hamda mulkiy xuquqlar bilan almashuvni amalga oshirish ustidan nazoratni moliyalashtirish tadbirkorlar
zimmasiga yuklanishi mumkin (shartnomalarni notarial tasdiqlatish).
Shunday qilib, shartnoma institutini o'zgartirishda asosiy xo’jalik yuritish erkinliklarini buzmaslik tamoyiliga amal qilish
katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Germaniyada ushbu erkinliklarga shartnoma erkinligi, koalitsiyalar erkinligi va xokazolar
kiradi hamda shartnoma to’zishda tomonlarning xech biriga tazyiq o'tkazish taqiqlanadi, lekin shartnoma imzolangan taqdirda
uning bajarilishi muqarrar.
Xulosa qilib aytganda, institutsionalizm nazariyasi ko'p jixatdan tadbirkorlik qarorlari qabul qilinadigan soha va xo’jalik
faoliyati amalga oshirilayotgan institutsional muhit muammolar doirasini taxlil qiladi, manopoliyatik faoliyatni cheklaydi,
raqobat muxitini shakllantiradi va xo’jalik yuritishning institutsional asoslarini takomillashtirishda muxim ahamiyatga ega.
Bozor institut sifatida individlar tomonidan o'zaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda ishlatiladigan
me’yorlar yigindisiga asoslanadi. X,ar qanday xo’jalik yuritish shaklining samarali faoliyat yurititttiga. ushbu me’yorlarning ta’siri
katta bo'ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish bosqichida ana shu me’yorlar uzil-kesil shakllanmaganligi bois sub’ektlar o’rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar, kelishuvlar bilan bog’liq xarajatlar kelib chiqadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlaridan farkdi
ravishda transaktsiya xarajatlar, deb ataladi va xo’jalik yuritish samaradorligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Ushbu ta’sirni pasaytirish
xo’jalik yuritishning me’yor va qoidalarini oqilona, mufassal aniqdanishini taqozo etadi.
Shuningdek, mulkchilik, raqobat, mopoliyaga qarshi boshqaruvni amalga oshiradigan, javobgarlik va shartnoma
institutlarining xo’jalik yurit ishning samarali mexanizmini shakllantirishda alohida urin egalaydi. Mulkiy xuquqlarni toliq
taksimlash orqali xo’jalik yuritish sub’ektlarining o'zaro munosabatlardagi noaniqlikni kamaytirish va resurslardan samarali
foydalanishga zamin yaratiladi.
Raqobat muxitini shakllantirish bozordagi talab va taklif muvozanatiga erishishning, javobgarlik institutini
mukammallashtirish esa tadbirkorlik erkinligini
168
ta ’ minlashning asosiy vositasidir. Shartnoma instituti xo’jalik yuritish mexanizmida sub’ektlararo iqtisodiy munosabatlarni
ruyobga chiqar ish vositasi bo'lib xizmat kiladi.
Monopoliyaga qarshi boshqaruvning ilmiy-nazariy asoslarini urganishda asosan Raqobat va unga bog’liq omillarni
kurishimiz mumkin. Xorij adabiyotlarida monopoliyaga qarshi boshqaruvning ilmiy-nazariy asoslarini ilmiy tadqiq etishda
olimlar, mutaxassislar tomonidan Raqobat va Raqobatbardoshlik tushunchalari, uni boshqarish va xarakatlantiruvchi kuchlar,
monopoliyaga qarshi davlatning boshqaruv dastaklari xaqida toxtalib o’tishgan. Biroq raqobat kurashi va uni xarakatlantiruvchi
kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari xaqida dastlabki to laqonli nazariy qoidalar fakat XVIII asrning
o’rtalariga kelib paydo bo’lgan. Bunda klassik siyosiy iqtisod vakillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir.
Keyingi davrlarda A.Marshall, J.Keyns, V.Leontev, Y.Shumpeter, P.Sraffa, M.Porter va boshqalarning mehnatlari tufayli Raqobat
nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat moxiyatiga tuxtalar ekanmiz, uni asosan uch xil yondashuvga bo’lish mumkin.
Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funktsional yondashuv.
Raqobatning xulk-atvor yondashuviga A.Smitning karashlarini kiritishi mumkin. U raqobatni bozor sub’ektlari
o’rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan, to’g’ri, xalol, til biriktir ishlarsiz
kurash, musobaqa bilan bog'lagan. U raqobat kurashining asosiy usuli deb narx o'zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi
(ixtiyori) bilan boshqarilmaydigan, umumiy moljallarga ega bo’lmagan bozorda qat’iy xulq-atvor qoidalariga amal qilishini
qayd etgan.
Demak, Raqobat - bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi aynan o'sha «ko'rinmas qo'l»dir.
Strukturali yondashuvda asosiy e’tibor raqobatchilarning ozaro bilan kurashidan bozor strukturasi, unda xukmronlik
qiluvchi shart-sharoitlar taxliliga kuchib utadi. Masalan, K.R. Makkonnell va S.L. Bryuning asarlarida aytib o'tilishicha, raqobat
bozorda ko p sonli mustaqil xaridor va sotuvchilar mavjudligi, xaridor va sotuvchilar uchun bozorga erkin kirish va undan
chiqish imkoniyatidir.
Raqobat moxiyatini aniqlashga uchinchi yondashuvni funktsional yondashuv sifatida tavsiflash mumkin. U
Raqobatning iqtisodiyotda uynaydigan rolini kurib chiqadi. Xususan, Y.Shumpeter iqtisodiy rivojlanish nazariyasi doirasida
Raqobatni eskilikning yangilik bilan raqiblik kurashi sifatida ta’riflagan. Yangiliklar kiritish bozor tomonidan Shubka bilan qabul
qilinadi, biroq agar novator ularni amalga oshirishning uddasidan chiqsa, Raqobat mexanizmi eskirgan texnologiyalardan
foydalanuvchi korxonalarni bozordan siqib chiqaradi.
Raqobat nazariyasi D.Rikardo, M.Porter, F.Kotler va boshqa olimlar tomonidan asoslangan. Nazariy jihatdan
qaralganda barqaror
roqobat-bardoshlikni
ta’minlash foyda olishni oshirish yulidir. Raqobat va Raqobatbardoshlik masalalari uta mukim bolsa-da, O’zbekiston
korxonalarini boshqarish boyicha mukammal va har tomonlama ishlab chiqilganicha yuk. Bu tushunchalarning mazmuni
kakida kam olimlar aniq bir tuxtamga kelishmagan. Chunonchi, ayrim iqtisodchilar ’’tovarlar raqobatbardoshligi” deganda
ularning iste’mol qiymati bilan bog’liq bo’lgan barcha unsurlarni tushunsalar, boshqalari firmalarning, har qanday ishlab
chiqaruvchining tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bo yicha imkoniyatlari majmuini tushunadilar.
169
Darhaqiqat, ”tovarlar raqobatbardoshligi” tushunchasi keng qirrali bo'lib, firma va korxonalarning barcha
imkoniyatlarinigina emas, balki tovar bahosi, reklama va sotish kabi imkoniyatlarini kam ifodalaydi. Biroq, bizning fikrimizcha,
”Raqobat”, ’’Raqobatbardoshlik” tushunchalari barkaror iste’molchilarsiz ma’nosiz bo'lib qolaveradi. Shunday ekan, yuqorida
keltirilgan ta’riflarga iste’molchilarning didi, xarid imkoniyatlari, kayfiyati, xulq-atvori, estetik korsatkichlari kabi iboralar kam
kiritilsa, bu tushuncha yanada aniqroq va batafsilrok mazmunga ega bo’lgan bolar edi.
Demak, tovarlar raqobatbardoshligi birinchi navbatda, bozorda namoyon boladi. Ishlab chiqaruvchilar oz
iste’molchisi uchun kurashda raqobat ustunligiga erishishga intilishadi. Shunday ekan, raqobatbardoshlik bozor to’zilmasiga
(erkin raqobat, oligopoliya yoxud monopoliya) kam ta’sir etadi.
Raqobatbardoshlik ustuvorligi haqida aksariyat iqtisodchilar (S. Gulomov, E. Akramov, A. Bekmurodov, N. Yo'ldoshev
va boshqalar) quyidagilarni nazarda tutadilar: raqobat yo nalishi; Raqobat bazasi; mahsulot va bozor; Raqobatchilar. Menejerlar
oldida ”Korxonani boshqarish mezoniga nisbatan qaysi yunalishda barqaror raqobatli ustunlikka erishish mumkin?” - degan
savol turadi. Raqobatda ustuvorlikning uchta eng keng tarqalgan turi mayjud: bozorda ustun bo’lish; resurs va iste’molchilarga
yakinrok bo’lishga erishish; muayyan axborotlar tizimiga ega bo’lish.
Bozorda ustun bo’lish, uz navbatida, uchta omil bilan belgilanadi: ishlab chiqarilayotgan tovarlar mikdorining oshish
samarasi; tajriba to planishi samarasi; biznes kengayishi yoki xajmining samarasi.
Boshqaruvchilar bu omillar ta’sirini bilgan xolda bozor munosabatlari va tovar Raqobatbardoshligi taxlilini o'tkazsa
bo'ladi. Ma’lumki, bozor tovar xo'jaligining iqtisodiy turkumlaridan biri xisoblanib, sotuvchi va xaridor o’rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarning aniq tizimi bilan xarakterlanadi hamda mahsulot ayirboshlash jarayonini bildiradi. Bozor mexanizmining
asosiy elementlari talab, taklif va narx xisoblanadi.
Bozorda tovarlarga bo’lgan extiyoj talab shaklida namoyon bo'lib, uning ulchamlari, asosan, mahsulot narxi va
iste’molchilar qobiliyatiga bog’liq. Tovar-pul muomalasi barcha extiyojlarning qondirilishini emas, balki pul ekvivalenti bilan
ta’minlanganlik darajasini ko rsatadi. Shu tufayli korxonani boshqarishda, albatta, bozor taxlili otkaziladi.
Bozor taxlili tovar-pul muomalasidagi jarayonlarni, talab va takliflar shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni, ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchi va xaridor) o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni aniqlash va toliq tekshirish maqsadida
yonaltirilgan xarakatlar yigindisidan iborat. Bozor munosabatlari taxlilining asosiy yonalishlaridan biri bozordagi mahsulotlarga
bo’lgan talab va taklif o’rtasida maqbul nisbatga erishiladigan shartlarni aniqlashdir. Talab va taklif taxlilida ”Bozor sharoitida
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida munosabat qanday amalga oshadi?”, ”Talab va taklifni istiqboldagi shakllanish
va rivojlanish jihatlarini qanday shartlar aniqlaydi?» - degan savollarga javob olish imkoni yaratiladi.
Muayyan mahsulotlarga nisbatan raqobatbardoshlik va talabni tahlil kilish hamda baholashda iste’molchilar
eutiyojini, xarid qobiliyati, xaridorning didi, imkoniyati va u tomonidan mahsulot tanlanganda afzal kurish omillarini aniqdash,
170
Shuningdek, mahsulotning uayotiy tsikli tavsifnomasida unga bo’lgan eutiyojning usish
istiqbollarini urganish birlamchi ahamiyatga ega.
Bozor munosabatlarida taklifning namoyon bo’lish shakli pul ekvivalenta bilan
ta’minlangan ehtiyoj ko'rinishiga ega. Mamlakatda mahsulot qancha xajmda ishlab
chiqarilishi uning narxi va aholi turmush sharoiti yaxshilanishida aks etadi. Talab xarid
qobiliyat
i shaklida namoyon buladi. Lekin uning aynan o’zi emas. Xarid
qobiliyat
i talabning
fakatgina qisman kurinishidir.
Mahsulot raqobatbardoshligini oshirishda raqobatchi korxona faoliyatini chuqur
o'rganish, uning bozordagi mavqeini, kelajakda qilishi mumkin bo’lgan barcha xatti-
xarakatini oldindan ko ra bilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda firmalar
tomonidan muxolifatlar, ya’ni, korxonalar urganiladi. Boshqaruvchilar bunday tahlil
amalga oshirilganda quyidagilar xaqidagi axborotlarni qayta ishlaydilar va ular asosida
qaror qabul qiladilar:
>
raqobatchilarning bozorda egallagan o'rni:
>
ishlab chiqariladigan mahsulotning sotilish xajmi;
>
firmaning mazkur mamlakat va jaxon bozoridagi mavqei bo'yicha ruyxatda tutgan
urni;
>
Raqobatchi firmalarning mazkur bozor umumiy savdo aylanmasi xajmidagi xissasi;
>
xar bir firma tomonidan chiqarilayotgan mahsulotning tavsifi:
>
texnik ulchamlari, narxi, raqobatbardoshlik omillari;
>
tovar belgisi (marka)dan foydalanish amaliyoti;
>
tovar va tovar uramining o’ziga xos chiroyli va tartibli tomonlari;
>
raqobatchilar tomonidan tegishli miqdorda istiqbol uchun chiqarilayotgan, bozor
uchun yangilik bo’lgan tovarlar;
>
raqobatchi firmalar tomonidan takdim etiladigan xizmat turlari, tavsifi va texnik
xizmat kursatishning narxi;
>
Tovar xarakati amaliyoti:
>
raqobatchilar tomonidan foydalaniladigan tovarni joydan-joyga tashish turlari,
ularda mavjud bo’lgan omborlar va tovarlarni joylashtirish, saqlash shartlari,
konsignatsion savdo uchun omborlardan foydalanish;
>
raqobatchi firmalarning marketing faoliyati:
>
har bir raqobatchi firma tomonidan o'tkaziladigan strategiya, ularning assortiment
siyosati, ilmiy - texnik faoliyatini yangi tovarlar ishlab chiqarishga yunaltirish,
ishlab chiqarish, texnik va sotish siyosati, sotishni jadallashtirish usullari, narx
siyosati va ularning xarakat sur’ati, ishlab chiqarish xarajatlari darajasi va ularni
pasaytirish yo' llari;
>
raqobatchi firmalar tomonidan mahsulotni xaridorga yetkazib berish faoliyatini
tashkil qilish: mahsulot sotish kanallari va xususiy tarmog'i mavjudligi, savdoda
vositachilar xizmatidan foydalanish, mahsulotni sotish va transaktsiya xarajatlari;
>
raqobat kurashining raqobatchilar foydalanadigan narxsiz usullari:
>
raqobatchi kompaniyaga nisbatan qo'llanishi mumkin bo’lgan samaralirok vositalar,
raqobatchi firmaning zaiflik darajasi va undan «tortib olinishi» mumkin bo’lgan
bozor xissasi;
171
>
xar bir raqobatchi firmaning moliyaviy axvoli va bozorda o'z o'rnini ximoya qila
olishi, raqobatchi firmaning to'lov, yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish va
quvvatini kengaytirish
qobiliyat
i;
>
tekshirilayotgan davr yoki ma’lum muddat uchun raqobatchi firma faoliyatining
miqdoriy ko'rsatkichlari, chiqarilayotgan mahsulot xajmi, kapital quyilmalar, ilmiy-
tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari, ishlab chiqarish xarajatlari,
foyda va firmaning yillik xisobotida mavjud boshqa korsatkichlar;
>
Raqobatchi firmalarda tovar va xizmatlar markasi, patentlar mavjudligi va ularning
litsenziyalarni sotish boyicha tushumlari mikdori.
Barqaror ustuvor raqobatbardoshlikni ta’minlashda ilmiy-texnik inqilobning
(ITI) yangi bosqichidagi rivoji tashki muxitdagi asosiy omillardan xisoblanadi. Chunki
uning asosida eski tarmoqlar, mamlakat ichidagi va millatlararo aloqalar bo’zilib, sifat
jixatidan yangi texnologiya jarayonlari vujudga keladi. ITI talablariga nisbatan mos
iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish lozim. Bunga kapitalni tarmoqlararo va
mintaqalararo oqib o’tishidagi tosqinliklarni pasaytirish, istiqbolli ishlab chiqarishlarni
ragbatlantirish, ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlari rivojiga moliyaviy
kreditlash asosida ma’muriy-xuquqiy komaklashish orqali erishiladi. Ozbekistonda
faoliyat ko rsatayotgan korxonalarni boshqarishda, ayniqsa, bu omillarga e’tibor berish
zarur.
Biror mamlakat iqtisodiy xolatining taxlili mamlakat xaqidagi umumiy
ma’lumotlar va tashqi muxit omillarida ro y berayotgan o zgarishlarni aniqlashni taqozo
etadi. Bunday ma’lumotlar va omillarga aholi soni, milliy resurslarning mavjudligi va
ulardan foydalanish darajasi; davlat tuzumi; pul tizimi, mamlakat valyutasining xorijiy
valyutalarga nisbatan shakllangan axvoli; aholining turmush darajasi, rivojlanishning
ijtimoiy-moddiy shartlari va boshqalar kiradi.
Shu bilan birga tarmoq yoki umuman, iqtisodiyotning asosiy kapitalini
kengaytirish va yangilash uchun lozim kapital qo yilmalar xajmi; ishlab chiqarish
indekslari yoki tarmoqlar boyicha mahsulotni yetkazib berish, mahsulot zaxiralari;
alohida firmalar va umumtarmoq boyicha kelib tushadigan buyurtmalar portfeli; aholi
daromadlarini, mehnat xaqi jamgarmalari kabilarni solishtirish orqali aniqlanadigan
tulov
qobiliyat
i; ilmiy izlanishlar va Tadqiqotlar uchun qilinadigan xarajatlar miqyosi va
to’zilishi, mahsulotning yangilanish sur’ati, bozorga kelib tushadigan, sifat jihatdan
yangi bo’lgan tovarlar xissasi va mikdori; narxlarning son ko rsatkichlari darajasi
dinamikasi, ulgurji va chakana narxlarning eksport va import narxlari indekslarini
taqqoslash, alohida firmalar - yirik tovar ishlab chiqaruvchilar bo yicha ishlab chiqarish
xarajatlari va narxlarni taqqoslash; aniq bir tovarning xalqaro savdosi to’zilmasi,
dinamikasi, xajmi; mamlakat eksport va importining jugrofiy taksimoti; davlatning
bozor munosabatlarini tartibga solishga yunaltirilgan tadbirlari (kredit va soliq siyosati,
hisob stavkalari siyosati); mamlakat ichkarisida va chet elda amalga oshiriladigan
kapital qo'yilmalar, firmalarning qo'shilishi va singib ketishi, moliyaviy va tashkiliy
komaklashish siyosati va boshqalar.
Bu omillar, boshqacha qilib aytganda, mamlakatning chet el sarmoyasiga
yaratgan muhitni ifodalaydi. Investitsiyalar oqimi natijasida yangi turdagi kapital
sig'imi yuqori bo’lgan mahsulot ishlab chiqariladi.
172
Bizningcha, yuqori daromadli raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish iqlimi
yaratishga yordam beruvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi:
•
tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga yunaltirilgan davlat siyosati va ijtimoiy
siyosatning mustaukamligi;
•
yangi korxonalar ochishga yoki mavjudlarini kengaytirishga rag'batni ta’minlovchi
imtiyozli soliq tizimi;
•
biznes sohasiga moliyaviy vositalar kuyilishiga ko'maklashuvchi tadbirlar;
•
davlat va xususiy biznes tomonidan moliyalashtiriladigan innovatsion va tatbik
markazlarini tashkil kilish;
•
tadbirkorlarga moliyaviy ko'maklashuvchi rivojlangan tarmoqlarga ega maxsus
firmalar mavjudligi;
•
boshqaruv, marketing, reklama masalalari bo'yicha maslaxat markazlari hamda
tadbirkorlar tayyorlash bo'yicha markaz va kurslar tashkil etilganligi;
•
nafakat kashfiyotni, balki novatorlik goyalari, nou-xau va boshqa akliy mulkni
samarali himoya qilish tizimining mavjudligi;
•
davlat idoralari tomonidan xo’jalik faoliyatini tartibga solish jarayonini
soddalashtirish (xisobot shartlarini qisqartirish, kompaniyalarni ruyxatdan o'tkazish
tartibini yengillashtirish);
•
ishchi kuchi sifatini oshirish (ta’lim, malaka);
•
axborot texnologiyasi, kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlanganlik;
•
Raqobatda g’olib kelish, shaxsiy va guruhiy javobgarlik kabi ijtimoiy-psixologik
yunalishlarning firmalarni boshqarish san’atiga tarqalishi;
•
boshqaruvchilarning ijod erkinligi.
Nazarimizda, quyidagi omillar korxonalarni boshqarishni yaxshilash va
Raqobatbardoshlik faoliyati rivojiga salbiy ta’sir ko'rsatadi:
S korxona foydasiga belgilanadigan soliq stavkalarining yuqoriligi;
S ilmiy-tekshirish va Tadqiqotlar, innovatsiyalarni subsidiyalash yetarli darajada
emasligi;
S korxonalarda jamgarish me’yori va investitsiyalar mikdorining pastligi;
S davlatning iqtisodiyotni keragidan ortik darajada tartibga solishi;
S
inflyatsiya;
S davlat boshqaruvi organlari tomonidan keragidan ortik mikdorda xujjat talab qilish;
S
xukumat apparatida mehnat unumdorligining pastligi;
S
energiya resurslarining tanqisligi;
S
protektsionizm;
S
past samarali korxonalarni subsidiyalash;
S
davlat apparatini saqlash xarajatlarining kattaligi;
S
ta’lim darajasining pastligi;
S xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash yetarli darajada emasligi;
S xizmat kursatish sohasi xissasining usishi yetarlicha bo’lmasligi va boshqalar.
Raqobatning moxiyati va xarakatlantiruvchi kuchlari xaqida ingliz iqtisodchisi
M. Porterning asarlarida batafsil kurib chiqilgan. U Raqobatda faqat bevosita
da’vogarlar ishtirok etmaydi degan xulosaga keladi. M. Porter Tadqiqotlari natijasida
ishlab chiqqan Raqobatning besh kuchi kontseptsiyasi bozor Raqobati sharoitlarida
173
xo ’jalik yurituvchi sub’ektlarga eng katta ta’sir kursatuvchi determinantlarni
aniqlashga imkon beradi.
Aytib o'tilgan kontseptsiyaga muvofiq, belgilangan bozorda raqobatning holati
beshta raqobat kuchlarining o'zaro aloqalari natijasi sifatida tavsiflanishi mumkin:
>
yangi raqobatchilar bostirib kirishi xavfi;
>
o'rnini bosuvchi mahsulotlar paydo bo’lishi xavfi;
>
ta’minotchilaming iqtisodiy salohiyati;
>
xaridorlarning iqtisodiy salohiyati;
>
ushbu mavjud raqobatchilar o’rtasida rakiblik kurashi.
Shu bilan birga raqobatning kuchi va xarakterini o'zgartirib yuboradigan
quyidagi asosiy xarakatlantiruvchi kuchlarni ajratib kursatish mumkin:
>
talabning uzoq muddatli o' sish tezligi;
>
xaridorlar tarkibidagi o'zgarishlar va mahsulotdan foydalanish usullari;
>
mahsulotning yangilanishi;
>
innovatsiyalar;
>
marketing innovatsiyalari;
>
o'z tajribalari, kunikmalari, mahorati, intellektual kapitali bilan yirik korxonalarning
bozorga kirib borishi;
>
samaradorlik va xarajatlardagi o'zgarishlar;
>
texnik va texnologik yutuklarning tarqalib ketishi;
>
tovarlarni differentsiatsiyalangan tanlash urniga ommaviy iste’mol tovarlariga
nisbatan xaridorlarning afzal kurishining vujudga kelishi;
>
davlat siyosatidagi o'zgarishlar va iqtisodiy munosabatlarning tartibga solinishi;
>
risk va noaniqlikning kamayishi;
>
sanoatni globallashtirish;
>
ijtimoiy o'zgarishlar, turmush tarzining o'zgarishi.
Respublikamizda korxona va tashkilotlarni, ularni barkaror raqobatbardoshligini
ta’minlash nuktai nazaridan boshqarish yuqorida keltirilgan barcha raqobatbardoshlik
omillari va jarayonlarini bashoratlash, taxlil va takdim kilishni taqozo etadi. Davlat
tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solishni ahamiyati Davlat
tomonidan monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solishni ahamiyati, korxonalarda
Raqobat muxitini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatlari rossiyalik
olimlar asarlarida xam uz aksini topgan. Strategik boshqaruv Tadqiqotchisi N.N.
Trenev ta’kidlaganidek, samarali biznesni shakllantirish muammosi mavjud
imkoniyatlarni samarali tadqiq etish natijasida raqobat muxitini rivojlantirish
mhammosi bilan birga yangi imkoniyatlarni izlab topish masalasini ham o'z ichiga
oladi. Bundan tashqari, samarali biznesni shakllantirish, raqobat muxitini rivojlantirish
maqsadida nazariy olingan ma’lumotlar asosida taklif etilayotgan 1 -rasm mazmuniga
ko ra korxonalar imkoniyatlaridan foydalanishga asoslanish sarf xarajatlarni qisqartirish
xisobiga raqobatda liderlik strategiyasini tanlashni anglatsa, yangi imkoniyatlarni
izlashga asoslanish esa tovarlar va xizmatlarni tabaqalashtirish strategiyasini tanlashni
bildiradi.
174
1-rasm. Davlatning monopoliyaga qarshi boshqaruv tizimi
Rasmda aks etgan shakl xo’jalik amaliyotini soddalashtirishni bildiradi. Imkoniyatlardan samarali foydalanish ma’lum
sharoitlarda baho boyicha raqobatda ustunlikka olib keladi, ammo kop xolatlarda servisni yaxshilash, unga yangi xossa va
xususiyatlar berish imkoniyatini yaratadi. Boshqacha aytganda, imkoniyatlardan foydalanish diversifikatsiyalash strategiyasini
amalga oshirish vositasi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Va aksincha, yangi imkoniyatlarni qidirib topish yetakchilik strategiyasida
past sarf-xarajatlar asosida kozda tutilishi mumkin.
175
2-rasm. Davlat tomonidan monopoliyaga qarshi qarshi boshqaruvni
tartibga solishning ustuvor yo'nalishlari.
Adabiyotlar taxlili shuni ko'rsatadiki, aksariyat mualliflar eng avvalo, raqobat strategiyasining mazmuniga e’tibor
qaratadilar. Shu bilan birga, bizning fikrimizcha, korxona raxbariyatida mazkur biznesning rivojlanishi va unga erishish uchun
ishlab chiqiladigan Raqobat strategiyasi kengaytirilgan strategik maqsadlar tizimi asosida strategik kurabilishlik bosqichida
shakllanishi lozim.
Shundan kelib chiqqan xolda, davlat tomonidan monopoliyaga qarshi qarshi boshqaruvni tartibga solishning
ustuvor yunalishlari uchun strategik kurabilishlik, strategik maqsadlar tizimi va raqobat strategiyasini shakllantirish asosida
korxonaning Raqobat mavqeini strategik boshqarishning kontseptual modeli taklif etiladi (2-rasm). Bizning fikrimizcha,
monopoliyaga qarshi qarshi boshqaruvni tartibga solish strategiyasi boshqaruvga nisbatan tizimli yondashuv korxonaning
mazkur biznesdagi raqobat mavqeini strategik boshqarish orqali amalga oshirilishi mumkin.
176
Monopoliyaga qarshi qarshi boshqaruvni tartibga solish faoliyati taxlili
ma’lumotlariga asoslanib, korxonalarning tarmoqdagi Raqobat mavqeini quyidagi
ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflashimiz mumkin:
Erishilgan (yoki erishilishi ko'zda tutilgan) strategik ko'rsatkichlar:
bozorni nazorat kilishdagi ulushi;
❖
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati;
❖
iste’molchilarga xizmat kursatish darajasi;
❖
taksimlash va sotish tizimini tashkil etish darajasi;
❖
etkazib beruvchilar bilan munosabatlar tavsifi;
❖
resurslardan foydalanish xolati;
❖
innovatsiyalarni tatbik etish darajasi.
Erishilgan (yoki erishish kuzda tutilgan) moliyaviy ko'rsatkichlar:
>
sotish xajmi;
>
kapitallashuv darajasi;
>
mahsulot rentabelligi;
>
kapital aylanuvchanligining tezligi.
Egalik qilinayotgan (yoki egalik qilish ko'zda tutilgan) Raqobat ustunliklari:
■
tajriba;
■
o' quv va bilim saloxiyatidagi ustunlik;
■
resurslardagi ustunlik;
■
tutgan mavqeidagi ustunlik.
Raqobat mavqeining tavsifi tarmoqda yuzaga kelayotgan xolatga bog’liq xolda
boshqa ko'rsatkichlar bilan xam tuldirilishi mumkin. Taklif etilayotgan yondashuvga
muvofiq, Raqobat mavqeini strategik boshqarish korxonaning samarali ishlashidan
manfaatdor shaxslar mazkur tarmoqda nimaga erishishni hoxlashlarini aniqlashdan
boshlanadi (1- jadval).
1
-jadval. Raqobat muhitida biznes xamkorlar uchun ko'zda tutilayotgan
manfaatlar uyg'unligi
Manfaatdorlar
Kutilayotgan natija
Mulkdorlar
(aktsiya
egalari, investorlar)
tarmoqlararo
Raqobatni
rivojlanishi
natijasida
aktsiyadorlik qiymatini ko'tarilishini ko'zda tutilgan
darajasi;
korxonalarda ko'zda tutilayotgan tushumlar
Xodimlar
ishchi-xizmatchi xodimlarning talab qilinayotgan kasbiy
maxorat darajasi;
moddiy ragbatlantirish darajasi
Iste’molchilar
aholi extiyojlarini yuksak darajada qondirish
Monopolistik
faoliyatni
tartibga
soluvchi
tashkilotlar
davlat bilan korxonalar, korxonalar bilan korxonalar,
korxonalar bilan resurs ta’minotehilari o’rtasidagi
iqtisodiy munosabatlarni optimal nuqtaga keltirish
Jamiyat
Arzon, sifatli va innovatsion mahsulotlarni iste’mol
qilish va yuqori malakali, sifatli xizmat turlari
177
Manfaatdorlarning xohish istaklarini xisobga olgan holda korxona rahbariyati
maqsadlar tizimini kengaytirib, ochib berishi kerak. Bunda, Tadqiqotchi Akoff R.
tomonidan ishlab chiqilgan yondashuv alohida ahamiyatga ega. Ushbu yondashuvga
kora yakuniy maqsadlarni uchta turga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |