Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

-
 
polisiyosiy raqobat; 
-
 
oligosiyosiy raqobat. 
2)
tovarning tabaqalashuvi darajasiga ko’ra: 
-
 
bir turdagi raqobat; 
-
 
bir turdagi va gomogen (tovarning tabaqalashuvisiz) raqobat; 
-
 
geterogen (tovarning tabaqalashuvi) raqobat. 
3)
tarmoqqa kirishning erkinlik darajasiga ko’ra: 
-
 
ochiq raqobat; 
-
 
yopiq raqobat. 
4)
qo’llanilayotgan hatti-harakatlarga ko’ra: 
-
 
narx bo’yicha raqobatlashuv; 
-
 
narxsiz raqobatlashuv. 
Oz miqyosiga ko’ra raqobat eng avvalo ikki turga — tarmoq ichidagi raqobatga 
va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida 
ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va 
oligopoliyadir. 
Erkin raqobat ikki darajada namoyon bo’ladi: tarmoq ichida, ya’ni bir xil 
tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rtasidagi raqobat va tarmoqlaro, ya’ni turli 
tarmoqlardagi korxonalar o’rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab 
chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun 
bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish 
darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lgan korxonalar borligi sababli shu 
korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil 
bo’lmaydi. 
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, 
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab 
chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan 
tovarlarning qiymatiga mos keladi. 
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi 
yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan 
nochor korxonalar esa, o’zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini 
yo’qotadilar va zarar ko’radilar. 
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda 
normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi 
48 


kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib 
o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’prok foyda keltiruvchi sohalarga intilib, 
ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko’payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar 
pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi 
tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab 
chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif kilishidan oshib ketadi, 
buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan oirga foyda normasi oshadi. Natijada 
tarmoqlararo raqobat ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib 
chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital 
uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital 
qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda 
normasiga «baravarlashtiradi». 
Raqobatni, uning vujudga kelishi va amal qilishidagi tabiiylik, bu jarayonlarga 
tashqi kuchlarning ta’sir qilish darajasidan kelib chiqqan holda ikki asosiy guruhga - 
mukammal va nomukammal raqobatga ajratish mumkin. 
Mukammal raqobat quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: 

bozor ichidagi resurslarning harakatchanligi; 

bozorga kirish va undan chiqishning erkinligi; 

sotuvchilar xatti-harakatining bir-biriga bog’liq bo’lmasligi; 

ishlab chiqarilgan mahsulotning bir xil ko’rinishda ekanligi; 

sotilgan mahsulot hajmi; 

narx to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lish imkoniyati. 
Mukammal raqobatning yagona ko’rinishi - sof yoki erkin raqobatdir. Sof 
raqobat gomogen mahsulotning savdo-sotig’i bilan shug’ullanuvchi ko’plab sotuvchi va 
xaridorlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda 
ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Bunday sharoitda 
bozorda mahsulot tabaqalashuvi mavjud bo’lmay, ko’p sonli sotuvchi va xaridorlar, 
erkin holda harakat qilib, bozor narxining shakllanishiga ta’sir ko’rsata olmaydilar. 
Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz 
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi 
uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi 
yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot bahosiga sezilarli ta’sir 
ko’rsatmaydi. 
Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud 
bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi 
korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga 
huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi. 
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda «samarali raqobat» tushunchasi ham 
qo’llaniladi. Samarali (real) raqobat bozorda sof raqobat yoki mukammal raqobat 
sharoiti mavjud bo’lmagan holda ham undagi sotuvchi va xaridorlar bir -biriga bog’liq 
bo’lmagan holda harakat qilgan chog’da vujudga keladi. 
Sof raqobat, umuman olganda, raqobatning har bir shakli ham milliy 
iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini 
49 


batafsil o’rganish, cheksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita 
bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko’rsatadi. 
Shu sababli sof raqobatli bozorning xarakterli belgilari bilan, sof monopoliya, 
monopolistik raqobat va oligopoliyaning xususiyatlari o’rtasidagi fa rqlarni ko’rsatib 
berish foydali. Bunday taqqoslashni yengillashtirish uchun bozorning keyingi uchta 
modelini bildirish uchun «takomillashmagan» yoki «nomukammal» raqobat degan 
umumiy nomdan foydalaniladi. 
Nomukammal, monopolistik raqobat XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida 
monopoliyalarning paydo bo’lishi bilan vujudga keldi. Mazkur davr kapitalning 
kontsentratsiyasi, aktsiyadorlik jamiyatlarining vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. 
«Monopoliya» atamasi tom ma’noda tovarning yagona sotuvchisi mayjudligini 
anglatadi. Biroq, hozirgi vaqtda bu atama o’zining dastlabki talqinini yo’qotib, 
nomukammal raqobatga xos bo’lgan bozor holatining turli ko’rinishlarini belgilashda 
foydalaniladi. Monopolistik raqobatning asosiy belgisi bo’lib yuqori monopol narxlar 
va monopol foydalar hisoblanadi. 
Monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud mahsulot 
(xizmat) ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik 
shakllanadi. 
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. 
Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi 
hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. 
Monopoliyaning mayjud bo’lish tarmoqqa kirish uchun to’siqlarning mayjud 
bo’lishiga sabab bo’ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to’siqlar yangi 
raqobatchilarning tarmoqqa kirishiga yo’l qo’ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun to’siqlar 
har xil ko’rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 
a)
ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to’siqlar; 
b)
tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to’siqlar; 
v) patent va litsenziyalar kabi qonuniy to’siqlar; 
g) xom-ashyoning muhim turlariga xususiy mulkchilik; 
d) g’irrom raqobat. 
Shu o’rinda halol raqobatning belgilarini ham ko’rsatib o’tish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Halol raqobat: 
-
 
qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi; 
-
 
boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik kabi salbiy 
holatlarga barham beradi; 
-
 
qarindosh-urug’chilikni, oshna-og’aynigarchilikni, tanish- bilishlikni, 

ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi . 
Nomukammal raqobat turlarini tahlil qilishda monopoliya sharoitida raqobatning 
yana quyidagi ko’rinishlari ham farqlanadi: monopsoniya, oligopsoniya, duopoliya, 
bilateral monopoliya. 
Monopsoniya - muayyan tovarning yagona xaridori monopoliyasi mavjud 
bo’lgan bozor tuzilmasi turi. O’z xarid hajmini cheklash orqali xaridor sotuvchi 


Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish