Namangan muhandislik-texnologiya instituti iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) kuymuratova matlubaxon abdimanabovna turizmni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va turistik xizmatlarni Farg‘ona vodiysi hududida diversifikatsiya qilish


-jadval Farg‘on vodiysi viloyatlarida turoperatorlar ulushining 2016-2020 yillardagi dinamikasi



Download 119,32 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2022
Hajmi119,32 Kb.
#672233
1   2   3
Bog'liq
maqola 3 LOTINCHA

2-jadval
Farg‘on vodiysi viloyatlarida turoperatorlar ulushining 2016-2020 yillardagi dinamikasi

Yil-lar

Andijon viloyati

Namangan viloyati

Farg‘ona viloyati

Respublika bo‘yicha

Soni, birlik-da

Ulushi, %

Soni, birlik-da

Ulushi, %

Soni, birlik-da

Ulushi, %

Soni, birlik-da

Ulushi, %

2016

8

53,3

1

6,7

6

40,0

15

100,0

2017

12

52,2

2

8,7

9

39,1

23

100,0

2018

19

43,2

7

15,9

18

40,9

44

100,0

2019

39

38,2

23

22,6

40

39,2

102

100,0

2020

31

32,0

25

25,8

41

42,2

97

100,0

Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Namangan viloyatida juda katta o‘sish sur’atiga erishgan bilan, hali Farg‘ona vodiysi viloyatlari o‘rtasida ushbu viloyat turoperatirlar soni 25,8 %ni tashkil qiladi. Albatta 2016 yilda ushbu ko‘rsatkich atigi 6,7 %ni tashkil qilar edi. Farg‘ona viloyatida tarkibiy o‘zgarishlar bo‘yicha kam o‘zgargan. 2016 yilda 40,0% turoperatorlarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 42,2 %ni tashkil qilgan. Biroq, 2017 yilda (39,1 %) va 2019 yillarda (39,2 %) hatto kamayish ham kuzatilgan. Ammo Andijon viloyatida turoperatorlar sonining o‘sish tendensiyasi yuqori bo‘lmaganligi tufayli tarkibiy tuzilishida kamayish ro‘y bergan. 2016 yilda mazkur viloyatda hududning 53,3 % turoperatorlarini qamrab olgan bo‘lsa, shu yildan boshlab tizimli ravishda kamayib kelgan va 2020 yilda uning darajasi 32,0 %ni tashkil qiladi xalos. Bulardan ham ko‘rinib turibdiki, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi mavjud turistik salohiyatdan foydalanish darajasi juda past. Chunki uchta viloyatda ham turizmning yalpi hududiy mahsulotdagi (YaXM) ulushi 1,0 % atrofida xolos.


Yuqoridagi jadvaldagi ma’lumotlarni aniq ifodalash uchun ularning diogrammasini qam qarab chiqish maqsadga muvofiq. Buning uchun Farg‘ona vodiysi valoyatlarida turistik faoliyatni amalga oshiriadigan tashkilotlar (turoperatorlar)ning 2016-2020 yillardagi o‘zgarishlarini ko‘rish mumkin (2-rasm).

2-rasm. Farg‘ona vodiysi valoyatlarida turistik faoliyatni amalga oshiriadigan tashkilotlar (turoperatorlar)ning 2016-2020 yillardagi o‘zgarishlari

Bulardan ham ko‘rinib turibdiki Farg‘ona vodiysi viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish uchun, yuqorida ta’kidlanganidek, hali juda katta imkoniyatlar mavjud. Shu tufayli har bir viloyatda turizmni va uning aniq turlarini rivojlantish bo‘yicha rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritalari” va chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Bu esa ushbu sohani yanada chuqurroq tahlil qilishni ham talab etadi.


Agar vodiyning tarixiga bir nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu o‘ta qadimiy hududlardan biri hisoblanadi. Tarixiy manbalardan, xususan, Xitoy diplomati Chjan Szyanyaning eramizdan oldingi 128 yillarda vodiyga tashrifida qayd etilishicha ushbu hudud Davon, deb atalgan. Unda 70 dan ortiq aholi punktlari mavjud bo‘lgan. Ushbu hududda unumdor yerlar bo‘lib, iqtisodiyoti rivojlangan, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik taraqqiy topganligi e’tirof etilgan. Vodiyda bog‘dorchilikdan uzumchilik, dehqonchilikdan bug‘doy va sholi yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilikda zotli otlar yetishtirilgan. Shu tufayli beda yetishtirish ham rivojlangan bo‘lgan. Tarixda e’tirof etilishicha Davonning otlari uchun eramizdan oldingi 104-102 yillarda Davon-Xitoy urushi bo‘lgan. Keyinchalik ushbu taraflar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilib tinch-totuvlikda yashashga erishilgan.
Farg‘ona vodiysida bir qancha qadimiy shaharlar mavjudligi ham, uning tarixining uzoqlarga borib taqalishiga dalildir. Jumladan, bunday qadimiy shaharlarga Marg‘ilon, Ko‘qon, Rishton, Quva kabi shaharlarni kiritish mumkin. Ushbu shaharlar tarixi 2500-3000 yillarga borib taqaladi. Aynan shu shaharlarda Buyuk ipak yo‘li o‘tganligi ham tarixdan ma’lum. Ushbu maskanlar dunyo aholisini qiziqtirib kelmoqda. Shu tufayli Farg‘ona vodiysida ham xalqaro turizmni rivojlantirish imkoniyati juda katta.
Bu borada bir qancha mamlakatimiz olimlari tadqiqot olib borganlar. Bular jumlasiga M.Q.Pardayev, N.Tuxliyev, I.Tuxliyev, R.Haitbayev, R.A.Islomova, O.H.Hamidov, U.R.Matyakubov, B.S.Berdiyorov kabilar1ni kiritish mumkin.
Mamlakatimizda, xususan Namangan viloyatida ham turizm industriyasini strategik rivojlantirishda turli yo‘nalishdagi turfirmalar ochish bilan birga, suvenir mahsulotlari ishlab chiqarish, zamonaviy xizmat ko‘rsatadigan mehmonxona xo‘jaliklarini tashkil qilish, sayyohlarga jahon andozalari darajasida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda.
Mamlakatimiz sayyohlik tashkilotlari deyarli dunyoning barcha yirik shaharlarida, jumladan, Moskva, Pekin, Dehli, Madrid, Riga, Berlin, Parij, Tokio, London, Istanbul kabi2 dunyoning yirik shaharlarida qator ko‘rgazmalar tashkil etmoqda yoki xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam qatnashib kelmoqda. Ma’lumki, sayyolik mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan sohani bot-bot takrorlab, ushbu yo‘nalishini zamon talabidan kelib chiqqan holda kengaytirish masalasini qo‘ymoqda.
Ushbu vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida mamlakatimiznang barcha huquqlarida tegishli dasturlar ishlab chiqildi. Ichki turizmni rivojlantirish uchun barcha viloyatlarda o‘lkashunoslik muzeylari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan ayniqsa umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim o‘quvchilari va talabalarini o‘qitish jarayonida foydalanish maqsadga muvofiq. Vodiy viloyatlarida an’anaga aylangan, gullar bayrami, Atlas bayrami, “Sabanto‘y”, asal bayrami, osh bayrami kabi milliy an’analarning tiklanishi ham turizmni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Farg‘ona viloyatida 41 ta, Andijon viloyatida 30 tadan ziyod, Namangan viloyatida 25 ta turistik tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda3. Endigi vazifa mazkur soha bilan shug‘ullanadigan turistik tashkilotlarni, firma va kompaniyalarni keskin ko‘paytirish va rivojlantirish lozim bo‘ladi. Turistlarning kelishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lib qolmaydi. Uni tashkil qilish uchun esa tegishli tashkillashtiradigan sub’ektlar lozim bo‘ladi.
Vodiy viloyatlarida, xususan Namangan viloyatida joylashgan turistik tashkilotlar Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz singari tarixiy shaharlarga sayohatlar uyushtirish va bu sohani hudud iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlariga aylantirish uchun kamlik qiladi. Bugungi kunda turistik firmalarning asosiy vazifalaridan biri xizmatlar eksportini keskin ko‘paytirishga erishishdan iboratdir.
Vodiyda joylashgan sayyohlik korxonalariga Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining qadim va boy tarixini o‘zida mujassam etgan go‘shalar joylashgan so‘lim dam olish maskanlari haqida ma’lumotlar taqdim etib kelmoqda.
Hozirgi paytda ayrim turistik tashkilotlar ishlari e’tiborga molik. Jumladan, Andijon viloyatidagi “Xolis sayohat” sayyohlik firmasi nafaqat mamlakatimiz, balki Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Malayziya, Singapur, Turkiya davlatlaridagi sayyohlik firmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan va ularga viloyatdagi sayyohlik ob’ektlari haqida keng ma’lumotlar taqdim etib kelmoqda. Mamlakatimiz fuqarolarini ushbu davlatlarga borish bilan birga, o‘sha davlatlardan turistlarni olib kelish va ularni kutib olib, nafaqat viloyat bo‘ylab, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qildirish bilan shug‘ullanmoqda. Shu tariqa xizmatlar eksportini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
2020-yilda Andijon va Namangan viloyatlarda sayyohlik ob’ektlarining soni birgina Namangan viloyatida 301 ta. Ulardan turistik yo‘nalishlar bo‘yicha atigi 20 dan ziyod ob’ekt, ya’ni 6,6 %gina foydalanilmoqda xolos. Ushbu ko‘rsatkich Farg‘onada 12,7 %ni, Namanganda 14,3 %ni tashkil qilmoqda4. Albatta ushbu ko‘rsatkichlardan ham ko‘rinib turibdiki, vodiy viloyatlarida turizmni rivojlantirish uchun hali juda katta imkoniyatlar mavjud.
Ma’lumki, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining barcha hududlarida muzeylar, dam olish maskanlari, ziyoratgohlar, arxialogik yodgorliklar kabi turistik ob’ektlar mavjud. Viloyatda turistik ob’ekt sifatida foydalanib kelinmoqda. Ushbu sayyohlik ob’ektlar tarkibida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy va madaniy meros ob’ektlari mavjud. Ammo ularga xorijiy turistlarning kelishi talab darajasida emas. Shu tufayli ushbu yo‘nalishga ham katta e’tiborni qaratishni taqozo qiladi.
Ichki turizmni rivojlantirishda Andijon ko‘rkiga aylangan Bog‘i Bobur dam olish maskani katta ahamiyatga ega. Bu yerda ham katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari bajarildi: Bobur ramziy maqbarasi, “Bobur va jahon madaniyati” muzeyilar barpo etildi. Ushbu turistik ob’ektlar mehmonlar va sayyohlarda katta taassurot qoldirmoqda. Farg‘ona viloyatining birgina Qo‘qon shahrida Qo‘qon xoni Xudoyorxonning 1871 yilda barpo etilgan shoh saroyi – O‘rda ham sharq me’morchilik an’analarini nomoyish qiladigan yirik inshoatlardan biri. Ushbu saroy maydoni 4 gektarni tashkil etib, unda 7 ta ichki havli bo‘lib 112 ta xonlar joylashgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha ushbu saroyni qurishga 16 ming kishi, 80 ta usta ishtirok etgan. Hozirda ushbu saroydan 2 ta havli va 19 ta xona saqlanib qolgan.
Qo‘qondagi XUIII asrda barpo etilgan Norbo‘tabek madrasasi, XIX asrda Umarxon tomonidan qurilgan Shaxon Daxmasi, Madarixona mavzoleyi, Kamol qozi madrasasi, shu davrlarda qurilgan Jome maschiti, Marg‘ilonning ipakchilik an’anasi, Pir Siddiq majmuasi, Xo‘ja Mag‘iz mavzoleyi, Rishton tumanidagi kulolchilik san’atining bardavomligini ta’minlab kelayotgan kulolchilar sulolasi kabilar ichki va kiruvchi (xalqaro) turizmni rivojlantirish uchun katta ob’ektlardan bo‘lib hisoblanadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida turistik ob’ektlar qayta qurilmoqda. Birgina Andijon viloyatida 21, Namangan viloyatida 29 ta, Farg‘ona viloyatida 58 ta mehmonxona xizmat ko‘rsatish sifati yuksalmoqda. Bularning tarkibiy tuzilishi quyidagi rasmda keltirilgan (3-rasm).


Download 119,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish