Namangan muhandislik-qurilish



Download 13,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/121
Sana29.12.2021
Hajmi13,34 Mb.
#136741
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121
Bog'liq
yol harakati qoidalari va havfsiz harakatlanish asoslari fani amaliy mashgulotlarni otkazish uchun

III.Taqiqlovchi belgilar
Taqiqlovchi belgilar yo’l harakatiga ma’lum cheklanishlar kiritish yoki ularni
bekor qilish uchun qo’llaniladi.
3.1 «Kirish taqiqlangan». Barcha transport vositalarining
kirishi taqiqlanishini bildiradi.


35
3.2 «Harakatlanish taqiqlangan». Barcha transport
vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.3 «Mexanik transport vositalarining harakatlanishi
taqiqlangan».
3.4 «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan».
To’la vazni tonnadan (agar vazni belgida ko’rsatilmagan
bo’lsa) yoki to’la vazni belgida ko’rsatilgandan ortiq
bo’lgan yuk avtomobillari va transport vositalari
tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o’ziyurar
moslamalarning hara katlanishi taqiqlanishini bildiradi.
yo’l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki
odamlarni tashish uchun mo’ljallangan yuk
avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
3.5 «Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan».
3.6 «Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan». Traktorlar,
o’ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini
bildiradi.
3.7 «Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi». Yuk
tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha
turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek
mexanik transport vositalarini har qanday usulda
shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.


3.8 «Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan». Ot-arava
(chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning
harakatlanishi, shuningdek mol (poda) haydab o’tish
taqiqlanishini bildiradi.
3.9 «Velosipedda harakatlanish taqiqlangan». Velosiped
va mopedlar ning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.10 «Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan».
3.11 «Vazn cheklangan». Haqiqiy umumiy vazni belgida
ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan transport vositalarining,
shuningdek transport vositalari tarkiblarining
harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.12 «O’qqa tushadigan og’irlik cheklangan». Birorta
o’qiga tushadigan haqiqiy og’irligi belgida
ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan transport vositalarining
harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.13 «CHeklangan balandlik». Gabarit balandligi (yuk
bilan yoki yuksiz) belgida ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan
transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini
bildiradi.


37
3.14 «CHeklangan kenglik». Gabarit kengligi (yuk bilan
yoki yuksiz) belgida ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan
transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini
bildiradi.
3.15 «CHeklangan uzunlik». Gabarit uzunligi (yuk bilan
yoki yuksiz) belgida ko’rsatilganidan ortiq bo’lgan
transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning
harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.16 «Eng kam oraliq». Belgida ko’rsatilganidan kam
oraliq masofada harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.17.1 «Bojxona». Bojxona (tekshiruv maskani) oldida
to’xtamasdan o’tish taqiqlanishini bildiradi.
3.17.2 «Xavf-xatar». Yo’l transport hodisasi yoki
boshqaxavfli vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha
transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini
bildiradi.
3.18.1 «O’ngga burilish taqiqlangan».
3.18.2 «CHapga burilish taqiqlanadi».


3.19 «Qayrilish taqiqlangan».
3.20 «Quvib o’tish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam
tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan
boshqa transport vositalarini quvib o’tish taqiqlanishini
bildiradi.
3.21 «Quvib o’tish taqiqlangan hududning oxiri».
3.22 «Yuk avtomobillarida quvib o’tish taqiqlangan».
To’la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo’lgan yuk
avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o’tish
taqiqlanishini bildiradi. (soatiga 40 km dan kam tezlikda
harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava,
velosiped bundan mustasno).
3.23 «Yuk avtomobillarida quvib o’tish taqiqlangan
hududning oxiri».
3.24 «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida
ko’rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish
taqiqlanishini bildiradi.
3.25 «Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri».


39
3.26 «Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan».
Yo’l transport hodisasining oldini olish xollaridan
boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish
taqiqlanishini bildiradi.
3.27 «To’xtash taqiqlangan». Transport vositalarining
to’xtashi va to’xtab turishi taqiqlanishini bildiradi.
3.28 «To’xtab turish taqiqlangan». Transport
vositalarining to’xtab turishi taqiqlanishini bildiradi.
3.29 «Oyning toq kunlarida to’xtab turish taqiqlangan».
3.30 «Oyning juft kunlarida to’xtab turish taqiqlangan».
3.31 «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22,
3.24, 3.26 -3.30  belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda
amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.
3.1 -3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarining yo’nalishli transport vositalariga, 3.2
-3.8 belgilari ta’sir oralig’ida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga yoxud ularga va
korxonalarga xizmat qiluvchi transport vositalariga daxli yo’q. Bunday xollarda
transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari
kerak.
Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan «Nogiron» taniqlik belgisi bilan
belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron


haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28- belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18
belgi bo’lganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida to’xtashga ruxsat etiladi.
3.28 -3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga daxli yo’q.
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o’rnatilsa, shu
kesishmaga tatbiq etiladi.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 -3.30 belgilari belgi o’rnatilgan joydan keyingi eng yaqin
chorrahagacha, chorrahasi bo’lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning
oxirigacha ta’sir qiladi. Yo’lga yondosh hududlardan dala va o’rmonlarning yo’l
bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo’llardan chiqish joylarida, ularning oldida
tegishli belgilar o’rnatilmagan bo’lsa, bu belgilarning ta’siri yo’qolmaydi.
Aholi punktlariga yetmay o’rnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha
kuchini saqlaydi.
Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:
3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qo’shimcha axborot belgisi orqali;
3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo’shimcha axborot
belgisi orqali;
3.27 -3.30 belgilarining amal qilish oralig’i oxiriga 3.27 -3.30 belgilari 7.2.3
qo’shimcha axborot belgisi bilan birga takror o’rnatiladi yoki 7.2.2 qo’shimcha
axborot belgisi bilan qo’llaniladi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig’i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa yotiq chizig’i bilan
birgalikda qo’llanishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan
aniqlanadi.
3.10,
3.27 -3.30 belgilari yo’lning qaysi tomoniga o’rnatilgan bo’lsa, ularga faqat
o’sha tomonda amal qilinadi.


41

Download 13,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish