Jinoiy javobgarlik.Jinoiy javobgarlik deb davlat oldida sodir etgan jinoiy ishi
uchun javob berishiga aytiladi.
Jinoyat biron bir harakat natijasida jamoatchilikka ziyon yetkazish va
fuqarolarning qonun bilan belgilangan haq huquqlarni poymol etishdir.
Jinoiy javobgarlik uchun quyidagicha jazo turlari belgilangan: ozodlikdan
mahrum etish, ozodlikdan mahrum etilmagan holda ahloq tuzatish ishlari, ba’zi bir
turdagi mehnat faoliyatini cheklash, egallab turgan lavozimidan bo’shatish, jamoat
ta’sirini ko’rsatish, jarima solish.
Jinoiy javobgarlikka faqat sud qaroriga muvofiq, qonunda ko’rsatilgan tartibda
tortiladi.
Avtotransportdagi jinoiy javobgarliklarga huquqbuzarliklar, og’ir oqibatlarga
olib kelgan hollar (insonlar jarohat olganda va halok bo’lganda, katta miqdordagi
moddiy zarar yetkazilganda transport vositalarini olib qochganda va boshqalar)
kiradi.
187
Do'stlaringiz bilan baham: |