6.6-rasm. Differinsial satellitini o’q bo’yicha lyuftini o’lchash va yeyilganlgan
rostlovchi tayanch zichlagichlarni o’rnatilish joylari.
Uzatmalar qutisini avtomobildan yechib olish, bo’laklarga ajratish va yi’gish,
ta’mirdan so’ng qayta joyiga o’rnatish jarayonlari avtomobil turi va rusumiga bo’gliq
bo’lib, ularning bajarilish ketma-ketligi, texnik shartlari, ishlarni bajarish uchun
qo’llaniladigan asbob va moslamalar, burovchi moment me’yorlari va boshqa talablar
avtomobilga texnik xizmat ko’rsatish qo’llanmasida keltiriladi.
Asosiy va kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko’rsatish.
Kardanli va
asosiy uzatmalarni nazoratdan o’tkazish avtomobil harakatlanganda amalga
124
oshiriladi. Bunda, transmissiyada aylantiruvchi moment uzatish rejimi tortishdan
tormozlanishga yoki aksincha o’zgarganda, begona shovqinlar va taqillashlar
kuzatilmasligi lozim.
Kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko’rsatishda kardanli birikma
flanetslarini mahkamlanishi tekshiriladi va zarur bo’lsa mahkamlab qo’yiladi.
Kardan sharnirlarining podshipniklari va vallarning shlitsali birikmalari moylanadi.
Buning uchun № 158, US-1 va boshqa moylash materiallari ishlatiladi.
Asosiy va kardanli uzatmalarini ta’mirlash.
Avtomobildan yechib olingan
kardan vallar boshlan’gich movozanatlanganligini saqlab qolish uchun ajraluvchi
bo’laklarning o’zaro joylashuv qismlariga bo’yoq yordamida belgi qo’yish talab
etiladi. Ta’mirlashda kardan vallari shlitsalarining yeyilmaganligi tekshiriladi.
Kardan vallarini urishiga tekshirish uchun ular maxsus moslamaga o’rnatilib
aylantriladi va indikator yordamida tekshiriladi (7.7-rasm).
18.7-rasm. Kardan vali urishini tekshirish.
Me’yorlarga asosan payvandlangan choklari qirrasidan 70 mm masofada urish
miqdori 0,55 mm, truba markazida 0,35 mm, oldingi val shlitsasi tashqi diametri
bo’yicha 0,1 mm dan yuqori bo’lmasligi kerak. Kardan sharnirlari bo’laklari
almashtirilganda krestovinaning o’q bo’ylab yengil, 0,01 – 0,04 mm,
haraktlanishiga imkon bo’lishi kerak. Buning uchun qalinliklari 1,53; 1,56; 1,59;
1,62 mm. bo’lgan mahkamlash halqalari tanlanib yi’gish vaqtida ishlatiladi.
Ta’mirlashda kardan uzatmasining bo’laklari almashtirilgan bo’lsa uni
muvozanatlash talab etiladi. Kardan vallarini yi’gilgan holatda dinamik
muvozanatlash maxsus jihozda (18.7-rasm) bajariladi. 5500 ayl/min aylanishlar
chastotasida A, V, S tayanchlardagi ruxsat etilgan maksimal nomuvozanatlik 1,75
Nm, muvozanatlik holatini tekshirishda esa 2,2 Nm oshmasligi kerak.
Nomuvozanatlikni bartaraf etish trubaga metall plastinalarni payvandlash orqali
bartaraf etiladi.
Yarim o’qni bo’ylama va flanetsini urishi maxsus moslama va mikrometr
yordamida tekshirildi (6.8-rasm). Yarim o’qning bo’ylama ruxsat etilgan urish
qiymati 1,00 mm, flanetsini ruxsat etilgan urish qiymat 0,05 mm dan oshmasligi
kerak.
Asosiy uzatmadagi yetaklovchi tishli g‘ildirakning ilashishidagi bo’ylama
tirqishi ruxsat etilgan qiymatdan ortib ketsa, u holda konussimon podshipniklar
rostlanadi. Rostlash zavod ko’rsatmasiga binoan bajariladi yoki kardan val flanetsi
125
ajratilib, yarim o’qlar su’guriladi, asosiy uzatma karterini mahkamlovchi boltlar
bo’shatiladi va yetaklovchi tishli g‘ildirak yi’gilgan holatida su’gurib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |