Namangan muhandislik qurilish



Download 9,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/177
Sana30.06.2022
Hajmi9,91 Mb.
#720458
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   177
Bog'liq
xizmat korsatish texnikasi va jixozlari

Nazorat savollari 
 
1. Muvozanatlash.
2. Dinamik muvozanatlash. 
3. G’ildirak quyidagicha muvozanatlanadi 
18-mavzu. Avtomobil detallarini ta'mirlash jihozlari.
Transport vositalarini yig’ma birliklarini ta'mirlash jihozlari. 
Reja: 
1. Transmissiya agregatlarini diagnostikalash jihozlari. 
2. Transmissiya agregatlariga TXK va tamirlash jihozlari. 
3. Avtomobil osmasini diagnostikalash va tamirlash jihozlari. 
4. Shinlarni ajratish-yi’gish, ta’mirlash jihozlari.
 
1.Transmissiya agregatlarini diagnostikalash jihozlari 
Transmissiyani diagnostikalashda avvalam bor avtomobil harakatlanish 
vaqtida agretalarini qizishi, avtomobilni inersiyasi bilan harakatlanish davomiyligi, 
bosqichlarni o’z-o’zidan ajralib ketishi yoki qiyinchilik bilan qo’shilishi, 
shovqinlar to’’grisidagi haydovchisining malumotlari inobatga olinadi. Bundan 


120 
tashqari tashqi ko’rikdan o’tkazish natijalari, ya’ni moylarning sizib chiqishi, 
deformatsiya va boshqalar, hamda avtomobilni umumiy diagnostikalash natijasida 
aniqlangan transmissiyadagi mexanik yo’qotishlar qiymatlari xisobga olinadi. 
Avtomobil transmissiyani diagnostikalash ko’targich yoki ko’rish 
chuqurligi, KI-4832 lyuftomeri, KI-1154 stetoskopi va kardan vali tebranishini 
tekshiruvchi KI-8902 A uskunalari bilan jihozlangan postda amalga oshiriladi. 
Buning uchun dvigatel tirsakli valining 700-800 ayl/min chastotasida yetaklovchi 
ko’prik ko’tarilib, barcha bosqichlarning ulanishi tekshiriladi, va stetoskop 
yordamida uzatmalar qutisi va asosiy uzatma eshitiladi. So’ng birinchi bosqich 
qo’shilib, avtomobil lonjeroniga kardan vali tebranishini o’lchovchi uskuna 
mahkamlanadi, va tirsakli valning kichik aylanishlarida valning o’rta qismidagi 
tebranish o’lchanadi.
Hozirgi vaqtda tebranishlarni o’lchash uchun PDU-1, IDK, IS-1X13 va 
boshqa turdagi pezokristall datchiklardan foydalaniladi. Ular boshqa datchiklarga 
nisbatan yengil bo’lib 3 - 22 g. tashkil etadi, o’ta sezgir va tebranishlar tezlanishini 
keng diapazon (5 dan 20000 Gs. gacha) chastotalarida o’lchash imkoniyatiga ega. 
Ushbu datchiklar nazorat etilayotgan mexanizmga rezbali birikma, magnitli yoki 
qisqichlar yordamida mahkamlanadi. 
Ilashmani diagnostikalash uning to’liq qo’shilishini tekshirishdan iborat bo’lib, 
yengil va bir maromda qo’shilishi, tepki erkin yo’lining qiymatlari orqali 
baholanadi.
Ilashmani ishga yaroqlilik holatini tekshirish uchun stroboskopik jihoz va 
avtomobilni yetaklovchi g‘ildiraklari bilan o’rnatiladigan dinamometrik 
qurilmadan foydalaniladi. Dvigatelning ishchi holatida to’’grilangan yuqori 
kuchlanish chaqmoqdan kondensatorga, energiya jamlangan holatida stroboskopik 
lampaga uzatiladi. Stroboskop lampasining yonishi dvigatel birinchi silindri 
chaqmo’gida o’t oldirish momenti bilan mos keladi, va nur kardan sharniriga 
to’’grilanadi. Dinamometrik qurilma yordamida avtomobil uzatmalar qutisining 
birinchi bosqichida maksimal yuklanish xosil qilinadi. Agar ilashma bir maromda 
ishlasa, stroboskop lampasi nuri tushirilgan sharnir qo’z’galmagandek ko’rinadi, 
aks holda sharnirning aylanishi kuzatiladi. Ilashmani ishga yaroqliligini boshqa 
usulda ham tekshirish mumkin. Buning uchun avtomobil dinamometrik qurilmaga 
o’rnatiladi va yetaklovchi g‘ildiraklarga maksimal burovchi momentga mos 
keluvchi yuklanish beriladi.
Ilashma tepgisiga maxsus uskuna (18.1-rasm) o’rnatilib, uning yuqori qismi 
rul chambaragiga mahkamlanadi.
Moslamaning datchigini bosish natijasida ilashma tepki siljiydi, va uskuna 
orqali pedalning erkin yo’li, ilashma mexanizmidagi qarshiliklarni yengib o’tish 
uchun sarflanuvchi kuch va qaytarish prujinalarining qarshiligi aniqlandi. Tepkini 
bosib ilashish boshlanish vaqtidagi kuchlanish va tepki yo’li qayd etiladi. 
Tepkining erkin va ilashish boshlanish vaqtidagi yo’llar qiymatlari asosida 
ilashmaning texnik holati, ilashish boshlanish vaqtida tepkidagi kuchlanish orqali 
esa ilashmaning samaradorligi baholanadi. 


121 
18.1-rasm. Avtomobil ilashmasini 
tekshirish uskunasi.
1-manometr; 2-korpus; 3-barmoq; 4-
baraban; 
5-spiralli 
prujina; 
6-
prujina; 7-vint; 8-belgi; 9-shkalali 
baraban; 10-metal lenta; 11-shlang; 
12-datchik 

Download 9,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish