Namangan muhandislik qurilish


-rasm.Avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish va uni joriy ta’mirlash



Download 9,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/177
Sana30.06.2022
Hajmi9,91 Mb.
#720458
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   177
Bog'liq
xizmat korsatish texnikasi va jixozlari

2.1-rasm.Avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish va uni joriy ta’mirlash 
texnologik jarayoni tizimi. 
 
Ko‘chmas texnik xizmat ko‘rsatish jihozlari 
Ko‘chmas (statsionar) texnik xizmat ko‘rsatish jihozlaridan ishlarni yengil-
lashtirish va mexanizatsiyalashtirish uchun foydalaniladi. Vazifasiga qarab
jihozlar yig‘ishtirish (tozalash)-yuvish jihozlari, ko‘zdan kechirish chuqurlari,
ko‘tarish-tashish jihozlari va moylash-quyish qurilmalariga bo‘linadi. 
Yig‘ishtirish-yuvish jihozlari kundalik texnik xizmat ko‘rsatish bo‘linma-
lariga o‘rnatiladi. 
Texnik tashxis qo‘yish postlari 
Tashxis qo‘yish (diagnostika) – asboblar va moslamalar yordamida 
avtomobillarning agregatlari, uzellari, tizimlari va mexanizmlari holatini ularni 
qismlarga ajratmay aniqlash jarayoni. U rostlash yoki ta’mirlash ishlarini talab 
qiladigan nuqsonlarni topishga imkon beradi. 
Tashxis qo‘yish vaqtiga qarab, u uzluksiz va davriy xillarga bo‘linadi. 
Uzluksiz tashxis qo‘yish haydovchi tomonidan avtomobildan foydalanish 
mobaynida amalga oshiriladi. Davriy tashxis esa oldindan rejalashtiriladigan
muayyan vaqtdan so‘ng qo‘yiladi. 
Rejali-oldini olib ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish tizimiga muvofiq,
tashxis qo‘yish ikki xilga: umumiy (1-T) va birma-bir (2-T) tashxislarga bo‘linadi. 
1-Tda uzellar va agregatlarning yo‘lda harakatlanish xavfsizligini ta’minlaydigan 
texnik holati aniqlanadi va avtomobilning foydalanishga yaroqliligi baholanadi. U 
1-TXK dan oldin bajariladi. 2-Tda nuqsonlar topiladi, rostlash va ta’mirlash ishlari
hajmi aniqlanadi, 2-TXKdan keyingi texnik xizmat ko‘rsatishgacha buzilmay 
ishlash resursi taxmin qilinadi. 
Texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlari hajmiga qarab, tashxis 
potok liniyada ham, alohida postlarda ham qo‘yilishi mumkin. Potok liniyada
tashxis qo‘yiladigan asosiy postlar 1-TXK va 2-TXK bo‘linmalarida joylashti-


132 
riladi. Alohida tashxis qo‘yish postlari avtomobil agregatlari va uzellarini joriy 
ta’mirlash bo‘linmalarida tashkil etiladi (masalan, dvigatellar, uzatmalarni almash-
tirish qutilari va shu kabilarni ta’mirlashda shunday qilinadi). Postlarni bunday
joylashtirish tashxis qo‘yishga doir o‘lchash ishlarini ta’mirlashga qadar va 
ta’mirlashdan keyin o‘tkazishga imkon beradi, tashxis sifatini oshiradi, biror-bir 
agregat va uzelni ta’mirlash uchun avtomobilni qaytarishga hojat bo‘lmaydi. 
Tashxis postlari zarur o‘lchash qurilmalari bilan ta’minlangan ko‘chmas 
stendlar, ko‘chma stansiyalar, ko‘chma asboblar bilan jihozlanadi. Ba’zi hollarda 
tashxis qo‘yish uchun avtomobilning asboblar panelidagi datchiklar va asboblar,
masalan, moy bosimini o‘lchash datchigi, harorat datchigi va hokazolardan ham 
foydalaniladi. 
Sinov barabanlari o‘rnatilgan tashxis stendlari zarur harakat va nagruzka 
sharoitini yaratishga imkon beradi. Stend tormoz qurilmasi va yonilg‘i sarfini
o‘lchagich bilan jihozlangan bo‘lib, avtomobil barcha agregatlari va uzellarining 
asosiy ko‘rsatkichlarini tekshirish, ularni pasportdagi ma’lumotlar bilan taqqos-
lash, avtomobilning asboblar panelidagi datchiklar va asboblar ko‘rsatkichlariga 
tuzatish kiritish, nuqsonlarni aniqlash imkonini beradi. 
Ayrim agregatlarga tashxis qo‘yish postlari ham bo‘ladi. Ular agregatning 
asosiy parametrlarini o‘lchash va nazorat qilish, uningnuqsonlarini aniqlash uchun 
maxsus asboblar va moslamalar bilan jihozlanadi. Masalan, dvigatel ishiga tashxis 
qo‘yish posti vibroakustik apparatlar, stetoskop va boshqa asboblar bilan jihoz-
lanadi. Vibroakustik apparatlar ayrim alomatlar, shovqin va tovushlarga qarab 
krivoship-shatunli va gaz taqsimlash mexanizmlarining texnik holatini aniqlashga
imkon beradi. Stetoskop yordamida tirsakli valning shatun va o‘zak podshipnik-
laridagi tirqishlarning, porshen va silindr orasidagi, klapanlar va turtkichlar 
orasidagi tirqishlarning kattalashganini, rostlash va ta’mirlash ishlarini bajarish 
zarurligini aniqlash mumkin. 
Ko‘chma ta’mirlash va ta’mirlash-tashxis qo‘yish ustaxonalari TXKS va 
avtotransport korxonalaridan tashqarida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta’mirlash uchun mo‘ljallangan. Bunday ustaxonalar yuk avtomobillari kuzoviga
joylashtiriladi. Ularda metallarga ishlov berishga doir chilangarlik, parmalash,
tokarlik va boshqa ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan jihozlar bo‘ladi. Bunday 
jihozlar yordamida mayda ta’mirlash ishlarini bajarish va oddiy detallar
tayyorlash mumkin. 
Bundan tashqari, ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi avtomobil agregatlari va
uzellarining ish parametrlarini o‘lchash hamda ularning texnik holatini aniqlash 
uchun mo‘ljallangan moslamalar, asboblar, datchiklar bilan ham ta’minlanadi. 

Download 9,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish