Namangan muhandislik qurilish


Akkumulator batareyasini joriy ta’mirlashdan



Download 9,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/177
Sana30.06.2022
Hajmi9,91 Mb.
#720458
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   177
Bog'liq
xizmat korsatish texnikasi va jixozlari

Akkumulator batareyasini joriy ta’mirlashdan 
oldin uning tashqi sirti 
3
...
5 foizli kalsiy sodasining qaynoq eritmasi bilan yungli cho’tkada yuviladi. 
Batareya yuvilgandan keyin sovuq suv bilan chayib tashlab, quruq latta bilan 
artiladi. Batareyaning kislotaga chidamli mumli(mastika) sirtining yoriqlari, jips 
bo’lmagan joylari elektrolitning sizib chiqishi va sachrashi orqali aniqlanadi. 
Bunday nuqsonlar akkumlyatorlar batareyasini qismlarga ajratmay turib bartaraf 
etiladi. Shu yoriq joylari(90...120° burchak ostida) qizdirilgan iskana bilan o’yib 
ko’chirib olinadi, so’ngra shu joylarga qaynoq, suyultirilgan mum quyiladi. 
Ta’mirlash oldidan qismlarga ajratmay turib, batareyaning haqiqiy sig’imidagi tok 
1/20...1/15 
nisbatdagi 
qiymatida, 
kuchlanishni 
1,5V 
ga 
pasayguncha 
zaradsizlantiriladi. So’ngra elektrolit sopol vanna yoki shisha idishlarga quyib 
qo’yilib, batareya distillangan suv bilan yuvib yuboriladi. Shundan so’ng, 
barmoqsimon freza yoki diametri 18 mm li parma yordamida parmalab, 
ulagich(peremichka) chiqarib olinadi va qopqoqdagi kislotaga chidamli mum 
qobig’i elektrda qizdirilgan kurakchalar yordamida ko’chirib tashlanadi. 
Batareyaning mumdan tozalangan qopqog’i echgich yordamida echib 
olinadi. Plastinaning yaxlit bloklari bakdan maxsus ushlagich(yoki ombir-
ushlagich) yordamida chiqarib olinadi. Bloklarning nosoz majmuasi bakdan 
(peremichkani echmay turib, batareyani qo’zg’atmay ushlab turib), qisib 
ushlagich(yoki ombir-ushlagich) yordamida chiqarib olinadi. 
Qismlarga ajratilgan batareya kislotaga chidamli vannaga solib yuviladi. 


99 
Nosoz separator va plastinalar (qulog’i kavsharlangan joyidan eritib) baretkalardan 
ajratib olinadi. Bak jipsligi unga qaynoq suv quyib va uning sizib chiqishiga razm 
solib yoki elektr o’tkazuvchanligini sinab tekshiriladi. Buning uchun bakka 
elektrolitning suvdagi kuchsiz eritmasi quyiladi va yaxshi aralashtirilib, sinab 
bo’lingandan so’ng, vannaga to’kib yuboriladi. Vannada va bak ichida elektrodlar 
joylashib, ulardan voltmetr orqali 127.
.
.220 V kuchlanishli tok o’tkaziladi. Bak jips 
bo’lsa, voltmetr strelkasi « 0 » holatidan siljimaydi. Urilgan, yorilgan hamda turli 
ko’rinishlarda shikastlangan baklar ta’mirlanadi yoki almashtiriladi. Yig’ilgan 
plastinkalar blokida qisqa tutashuvlar sodir bo’lishi yoki bo’lmasligi bakning 
alohida joyiga o’rnatib qo’yilgan voltmetr orqali tekshiriladi. Bunday paytda 
qopqoq asbest yoki rezina chilvir bilan jips mahkamlanadi va bu sirtga erigan mum 
quyiladi. Yig’ilgan batareyaga me’yordagi zichlikda elektrolit quyilib(25...30°S 
haroratgacha sovutib) 4
...
5 soat ushlab turilgandan so’ng, zaradlanadi. 
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan (NEKSIYa, TIKO va DAMAS 
avtomobillariga qo’yilayotgan) 12V35AH va 12V55AH (MF) akkumulator 
batareyalarida mahsus indikatarlar bo’lib, ular akkumulatorni me’yoriy (yashil 
rang), zaradtalab (qora rang) va elektrolitning kamligini (rangsiz) ko’rsatadi. 
Indikatorning rangiga qarab, akkumulatorni zaradlash yoki unga elektrolit quyish 
zarurligini aniqlash mumkin. 

Download 9,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish