IV.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar bo‘yicha ko‘rsatma vatavsiyalar
Ushbu o’quv fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar konspekti va
tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va internet materiallari bilan
ishlashni, laboratoriya ishlarini o’tishga tayyorgarlik ko’rishni, standart talablariga mos
ravishda mustaqil ish bajarishni o’z ichiga oladi. Iqtidorli talabalarga aloxida ish rejasi
asosida qo’shimcha ish beriladi.
Ushbu o’quv fаni bo’yichа tаlаbаning mustаqil ishi mа’ruzаlаr mаtni vа tаvsiya
etilgаn аdаbiyotlаr bilаn shlаshni, dvigаtеl issiqlik vа dinаmik hisоbini bаjаrish bo’yichа
аmаliy ko’nikmаlаrni egаllаshni, lаbоrаtоriya ishlаrini o’tishgа tаyyorgаrlik ko’rishni,
sinоv nаtijаlаrigа ishlоv bеrishni, kurs ishigа ijоdiy yondоshib mustаqil bаjаrishni o’z
ichigа оlаdi.
Mustаqil ishning tаvsiya etilаdigаn mаvzulаri:
– yuvish bo’limining zamonaviy jixozlari;
– mexanik ishlov berish bo’limining zamonaviy jixozlari;
– diagnostikalashda qo’llaniladigan zamonaviy jixozlar;
– qoplama qoplashda qo’llaniladigan zamonaviy jixozlar;
– tamirlashda qollaniladigan zamonaviy jixozlar;
– texnik xizmat ko’rsatishda qollaniladigan zamonaviy jixozlar.
216
V.
Glossariy
Avtmobillarni texnik holatini o`zgarishiga charchash, korroziya, yeyilishdan
tashqari konstruktiv, texnologik va ekspluatatsion omillar ham ta`sir ko`rsatadi.
Konstruktiv
omillar quyidagilar bilan aniqlanadi:detalni shakli va o`lchovi
bilan. Detal sirtiga solishtirma bosim, kuchlanishni to`’lanishi, metallni zarba va
charchash mustahkamligiga bog`liq;
-
konstruktsiyani qattiqligi, ya`ni qabul qilinayotgan yuklama ta`siri ostida
bazaviy va asosiy detalni deformatsiyalanish xossasi;
-
o`zaro joylashgan sirtlarni va birga ishlayotgan detallar o`qlarini aniqligi;
-
birikmani ishonchli ishlashini ta`minlovchi o`tirishni (‘osadkani) to`g`ri
tanlash.
Texnologik
-bu detallarni tayyorlash uchun foydalaniladigan materiallar
sifatiga, ularga mos termik ishlov berish usulini qo`llash va yig`ish ishlariga
(markazlash, o`qdoshlik, tirqishlarni sozlash, qotirish sifati) bog`liq omillar.
Ekspluatatsion
omillar yo`l, transport va tabiiy iqlim sharoitiga bog`liq. Ular
avtomobillarni texnik holatiga ko`’roq ta`sir ko`rsatadi. Yo`l sharoiti yo`lning turi,
qo’lamani holati va mustahkamligi, ko`ndalang ‘rofili va boshqalar bilan
xarakterlanadi. Yo`l qo’lamasini yeyilishi va buzilishi avtomobil ishonchliligini
14-33 foizga qisqartiradi. Avtomobil notekis tu’roqli yo`lda harakatlanganda
tirsakli valni aylanishlar soni, ilashish muftasini uzib-ulashlar soni, uzatmalar
qutisini qo`shib-ajratishlar va tormozlashlar soni, asfaltli tekis yo`lga nisbatan
ortishi yonilg`i sarfini ko`’ayishiga va avtomobil agregat va detallarini yeyilish
jadallligini oshishiga olib keladi.
Transport sharoiti
ekspluatatsiya jarayonida avtomobilni ishlash tartibi, tashish
sharoiti, ishlatiladigan yonilg`i-moylash materiallari sifati, haydovchi malakasi va
TXK sifati bilan xarakterlanadi.
Ishlash tartibi
harakat rejimiga ta`sir qiluvchi tashqi omillarni xarakterlaydi va
bu omillar avtomobil va uning agregatlarini ish rejimiga ta`sir ko`rsatadi.
SHahardagi jadal harakatlanish nisbatan shahardan tashqaridagi yo`llarda (bir xil
qo’lamali yo`llar) yuk avtomobillarini ish rejimi quyidagicha farq qiladi: tezlik
birinchi holat uchun 50-52 foizga, tirsakli valning o`rtacha aylanishlar soni 130-
136 foizga, uzatmalarni almashtirish 3-3,5 martaga, tormoz mexanizmlarini
ishqalanishini solishtirma ishi 8-8,5 martaga, egri traektoriya bilan harakatlanishi
3-3,6 martaga ko`’.
Tashish sharoiti
harakat tezligi bilan birgalikda yukli yurgan yo`li uzunligi,
bosib o`tgan yo`lidan foydalanish koeffitsienti, yuk ko`tarish qobilyatidan
foydalanish, tirkamalardan foydalanish koeffitsienti va tashilayotgan yuk turi bilan
xarakaterlanadi.
Yuk turi
ham avtomobillarning texnik holatiga katta ta`sir ko`rsatadi. Tosh,
shag`al, tu’roq, mineral o`g`itlar, kimyoviy materiallar avtomobillar kuzovi
bo`yoqlarini shikastlanishiga va shu bilan birga zanglashini tezlashiga olib keladi.
Neft mahsulotlari, suv, suyuq kimyoviy materiallarni tashish birinchidan
avtomobillarni turg`unligini kamaytirsa, ikkinchidan avtomobillarni sig`imini
(tsisternyasini) shikastlanishiga ta`sir ko`rsatadi.
217
Soz
holati
-avtomobilning
me`yoriy-texnik
va
(yoki)
konstruktorlik
hujjatlaridagi barcha talablarga mos keladigan vaqtdagi holati.
Nosozlik
-avtomobilning me`yoriy-texnik va (yoki) konstruktorlik hujjatlarida
belgilangan talablarning hatto birortasiga ham mos kelmaydigan holati.
Ishga yaroqlilik
-bu berilgan ‘arametrlar qiymatini me`yoriy hujjatlarda
belgilangan darajada saqlagan holda belgilangan vazifalarni bajara olishidagi
avtomobilning holati, ya`ni avtomobil ishga yaroqli, agar u harakat xavfsizligiga
xavf solmagan holda ‘assajirlar va yuk tashib olsa. Ishga yaroqli avtomobil nosoz
bo`lishi mumkin, misol, dvigatelni moylash tizimida moy bosimi me`yoriydan ‘ast
bo`lsa, tomobilni tashqi ko`rinishi yomonlashgan va boshqalar.
Ishga yaroqsizlik
-avtomobilning belgilangan vazifalarni bajarish xususiyatini
xarakterlovchi kamida bitta ‘arametr qiymati me`yoriy-texnik va (yoki)
konstruktorlik hujjatlarda belgilangan talablariga mos kelmaydigan vaqtdagi holati.
Buzilish
-avtomobilning ishlay olish xususiyatini buzilish jarayonidir.
Buzilishlar tasnifi ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash, ogohlantirish va
bartaraf qilish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun kerak. Buzulishlarni
bir nechta tasnifiy belgilari mavjud bo`lib, ulardan asosiylarini ko`rib chiqamiz.
Avtomobilni chetki holatida
uni vazifasi bo`yicha ishlatish ruxsat etilmaydi,
iqtisodiy maqsadga muvofiq emas yoki ishga yaroqlilik holatini tiklash mumkin
emas yoki maqsadga muvofiq emas. SHunday qilib, xavfsizlik talablari buzilishini
bartaraf qilish imkoni bo`lmaganda yoki texnik holati chetki holatni ruxsat etilgan
chegarasidan chiqib ketsa, avtomobil chetki holatga o`tadi.
Ishonchlilik
- bu avtomobilni vaqt ichida yoki bosib o`tilgan yo`l bo`yicha
ekspluatasion ko`rsatkichlarini talab etilgan chegarada saqlagan holda berilgan
mezonda va ishlash sharoitida, TXK, ta`mirlash, saqlash va transportirovka
qilishda (tashishda) transport ishini bajarish xossasidir. Avtomobillarni
ishonchliligi uning loyihalashda va tajriba namunasini me`yorga yetkazishda
kiritiladi, ishlab chiqarish jarayonida ta`minlanadi va muhim ekspluatasion
xossalaridan biri sifatida ekspluatasiya jarayonida ‘aydo bo`ladi va saqlanadi.
SHuning uchun avtomobillarni konstruktorlik, ishlab chiqarish va ekspluatasion
ishonchliligi mavjud.
Buzilmasdan ishlash
-bu avtomobilni ma`lum vaqt yoki bosib o`tgan yo`li
birligida uzluksiz ishga yaroqli holatini saqlash xossasidir, u kilometrlar yoki
vaqtlar (moto-soat ishlashi) o`lchanadi.
Buzilmasdan ishlash ehtimolligi
- bu berilgan vaqt yoki bosib o`tilgan yo`l
oralig`ida avtomobil elemenlarida buzilish sodir bo`lmaydi.
Buzilish jadalligi
- bu vaqt yoki bosib o`tilgan yo`l birligida berilgan vaqt yoki
bosib o`tilgan yo`l momentidan keyin buzilish momentigacha sodir bo`lmagan
sharti bilan avtomobil elementlarini buzilish ehtimolligi
Buzilish oqimi ‘arametri
-bu vaqt yoki bosib o`tilgan yo`l birligida avtomobil
elementlarini o`rtacha buzilishlari soni.
Uzoq muddat ishga yaroqlilik (chidamlililik)
- bu TXK va ta`mirlashga
turishini xisobga olgan xolda avtomobilni ishga yaroqliligini chetki holatigacha
saqlash xossasidir. Avtomobillarni chetki holati, uni samaradorligini, rentabelligini
‘asayishi, yeyilishni ko`’ayishi yoki harakat xavfsizligi bo`yicha ekspluatasiya
218
qilish mumkin emasligi bilan aniqlanadi. CHidamlilik ko`rsatkichlari resurs
(kilometrlarda) va xizmat muddatidir (yillarda).
Do'stlaringiz bilan baham: |