Namangan muhandislik-qurilish


Akkumulyator batareyasining tuzilishi va konstruktsiyasining



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/162
Sana30.05.2022
Hajmi7,74 Mb.
#619661
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   162
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish

1.2. Akkumulyator batareyasining tuzilishi va konstruktsiyasining
o‟ziga xos tomonlari. 
Transport vositalarining elektr jihozlari tizimida akkumulyatorlar batareyasi 
keng qo‟llaniladi. Uning elektr energiyasidan dvigatelni yurgizib yuborishda, o‟t 
oldirish tizimida hamda tirsakli valning aylanishlar soni kichik bo‟lganda yoki 
dvigatel ishlamay turganda boshqa iste‟molchilarni tok bilan ta‟minlashda 
foydalaniladi. 
Ichki yonuv dvigatellarini elektr tok yordamida yurgizib yuborish tizimlari bir 
necha yuz amperga yetadigan katta tok bilan ishlaydi. Bunday tok starter tipidpgi 
maxsus akkumulyatorlardan olinadi. 
Qo‟rg‟oshin-kislotali akkumulyatorlar batareyasidan transport vositalarining 
elektr jihozlarida foydalaniladi. Ular startyor akkumulyatorlar batareyasi tipiga 
taluqlidir, chunki qisqa vaqt ichida (5-10s) katta tok (200-5600A) bera oladi va 
bunda ularning texnikaviy holati o‟zgarmaydi. 
Akkumulyatorlar batareyasiga qo‟yiladigan asosiy talablar quyidagilardan 
iborat: gabarit o‟lchamlari kichik, massasi kam, mustahkam, uzoq muddatga 
chidamli, ishonchli, sig‟imi katta, tayyorlash arzon bulishi kerak.Transport 
vositalarida quydagi tuzilishdagi qo‟rg‟oshin-kislotali akkumulyatorlar keng 
tarqalgan 2.1 - rasm. 
2.1 - rasm. Qo‟rg‟oshin-kislotali akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi. 
1 - bak tubidagi chiqiq qovrg‟a; 2 - separator; 3 - manfiy qutb plastinasi; 4 - 
musbat qutib plastinasi; 5 - qutblishtirp; 6 - qobiq; 7- qo‟qoq; 8 - elektrolit quyish 
qo‟рqog‟i; 9 - musbat qutbli chiqish; 10 - ko‟prikcha peremichka; 11 - manfiy qutbli 
chiqish. 
 
Respublikamizda ishlab chiqarilgan qo‟rg‟oshin-kislotali akkumulyatorlar 
batareyasi yuqoridagi barcha talablarga javob beradi. U tuzilishi bir xil bo‟lgan uchta 
yoki oltita akkumulyatordan iborat. Har bir akkumulyator bankasida musbat va 


19 
manfiy ish plastinalarga ega. Bunday plastinaning har biri qo‟rg‟oshin bilan surma 
qotishmasidan quyib yasalgan panjaradan iborat. Akkumulyator plastinalari 94% 
qo‟rg‟oshin, 6% surmadan iborat qotishmadan panjara ko‟rinishda quyib 
tayyorlanadi. Musbat plastinalar panjaralari mishyak qo‟shilgan (0,1 - 0,2%) 
qotishmadan tayyorlanadi. Surma va mishyak plastinalarning mexanikaviy 
mustahkamligini oshiradi, ularning zanglashini kamaytiradi va quyuv sifatini 
oshiradi. Panjara yetarli darajada qattiq bo‟lishi va quyish jarayonida qotishma 
qolipni yaxshi to‟ldirish uchun surma ishlatiladi. Panjaraning ko‟zlari juda dag‟al 
aktiv massa bilan to‟ldiriladi.
Panjara oralari musbat plastinalar uchun qo‟rg‟oshinli surkav va glat, 
manfiylari uchun esa qo‟rg‟oshin kukunidan tayyorlangan pasta bilan to‟ldiriladi. 
Kukunsimon moddalarning tarkibidan qat‟i nazar pastani tayyorlash uchun sulfat 
kislotaning suvdagi eritmasi ishlatiladi. Bu plastinalarning ish maydonini 
kattalashtiradi, demak akkumulyator sig‟imini oshiradi. Manfiy plastinalar uchun 
sulfat kislotada eritilgan qo‟rg‟oshin kukunidan, musbat plastinalar uchun esa 
qo‟rg‟oshinli surik Pb
3
O
4
va qo‟rg‟oshin (II)-oksid PbO dan foydalaniladi. 
“Surkash”, quritish va kichik tok bilan zaryadlangan so‟ng musbat plastinalar aktiv 
massasi qo‟rg‟oshin peroksidga, manfiy plastinalar aktiv massasi esa teshik-teshik 
qo‟rg‟oshinga aylanadi. Musbat plastinalar manfiy plastinalardan birmuncha 
qalinroq qilib yasaladi, chunki ularning pishiqligi zaryadlash vaqtida kuchliroq 
oksidlanishi natijasida kamayadi. 
Manfiy va musbat plastinalar yarim bloklar deb ataluvchi gruppalarga 
ko‟prikchalar yordamida birikadi. Musbat plastinalar manfiy plastinalar orasida 
bo‟lishi uchun manfiy plastinalar bitta ortiq qo‟yiladi. Bu bilan chetdagi musbat 
plastinalar qiyshayishining oldi olinadi. Beshtadan to‟qqiztagacha musbat 
plastinalari bor akkumulyatorlar ko‟proq tarqalgan. 
Plastinalar orasiga izolyatorlar joylashtiriladi. Bular akkumulyatorlarda 
separatorlar deb yuritiladi. Ular miplast (mikro g‟ovakli plastmassa), mipor (mikro 
g‟ovakli ebonit), shishakigiz yoki shishakigizning yuqoridagi materiallar bilan 
qo‟shilmasidan tayyorlangan. Separatorlarda musbat plastinalar yuzalariga tegib 
turgan chiqiqlar bo‟lib, ular plastina yuzasini elektrolitga yaxshi tegib turishini 
ta‟minlaydi. 
Yarim blok ko‟prikchasiga akkumulyator qopqog‟idan tashqariga chiqarilgan 
qutbli shtir ulangan. U qo‟rg‟oshin vtulkasi teshigidan o‟tgan bo‟lib, vtulka 
akkumulyatorlar qopqog‟iga rezba yordamida birikadi. 
Akkumulyatorlar plastmassa yoki ebonit bakga joylashtirilgan. Plastmassa bak 
ichiga viniplast yoki polixlorvinildan qilingan kislota bardosh qistirmalar qo‟yiladi. 
Bak tubidagi chiqiqlar tokilgan aktiv massasini to‟plash uchun kataklar hosil qiladi. 
Plastinalarni shikastlanishdan saqlash uchun har bir akkumulyatorining yuqorisiga 
viniplastdan qilingan saqlash to‟siqchasi qo‟yiladi. Qopqoq ebonit yoki 
plastmassadan yasalgan. Unda qutbli shtirlar uchun tishiklar va elektrolit quyish 
teshigi (rezbali) bo‟lib, bu teshikka shamollatish kanalili tiqin burab qo‟yilgan. 
qopqoq bilan bak devorchalari orasidagi tirqish zich berkilishi uchun uning orasiga 
kislota bardosh mastika quyilgan. 


20 
Akkumulyatorlar batareyada qo‟rg‟oshin peremichkalar bilan ketma-ket 
ulangan. CHetki akkumulyatorlardagi bo‟sh qolgan qutbli shtirlar batareyaning “

” 
va “-” belgilar qo‟yilgan qutbli chiqishlarini hosil qiladi. Batareyaning musbat 
chiqishi manfiy chiqishga nisbatan yo‟g‟onroqdir, chunki u ishlayotganda tezroq 
oksidlanadi (musbat chiqishning diametri 17,5

0,25mm, manfiy chiqishning 
diametri 16

0,25 mm). 
Qutbli chiqishlarga simlarning qismlari mahkamlanadi. Peremichkalarga 
batareya markasi qo‟yilgan. Masalan, 6-ST-45-PMZ yoki 3-TST-150-EMS marka 
quyidagilarni bildiradi: 6 yoki 3 raqamlari batareyalardagi akkumulyatorlar sonini va 
demak, uning qismlardagi nominal kuchlanishni (birinchi holatda 12V ikkinchi 
holatda 6V, ya‟ni akkumulyatorlar sonini 2Vga ko‟paytirish kerak); akkumulyatorlar 
sonidan keyingi T harfi “og‟ir” degan so‟zni bildiradi. Bunday batareyalar o‟zining 
pishiqligi bilan ajralib turadi, ulardan traktor va kombaynlarda foydalaniladi; ST 
startyor tipidagi batareya; 45 va 150 sig‟imi (A.soatda); P va E batareya baki qanday 
materialdan yasalganini bildiradi (mos ravishda plastmassa yoki ebonit); M yoki MS 
separatorlar qanday materialdan yasalganini (miplast yoki shisha kigizli miplast, R 
mipor yoki rezina); Z batareya quruq zaryadlanganligini bildiradi; bunday 
batareyalar quruq separatorlari bor zaryadlangan plastinalardan yig‟iladi.

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish