Namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 142,5 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi142,5 Kb.
#395614
Bog'liq
Фан дастури 2021 QAT (сиртки-БИК) (2)


O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAHSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI

Ro`yhatga olindi: “TASDIQLAYMAN”

O`quv ishlari bo`yicha prorеktor

№__________________ ____________ _______________

2021 y. ___ _________ “___” _________2021 yil


qurilishda axborot tеxnologiyalari

fanining
ISHCHI FAN DASTURI



Bilim sohasi:

700 000 –

Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari










Ta’lim sohasi:

730 000 –

Arxitektura va qurilish










Ta’lim yo‘nalishlari:

60730300 –

Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)












Semestr

Mashg'ulot tarkibi

Nazorat

turi

Ja'mi

o'quv soati

Ma'ruza

Amaliy

Tajriba

Seminar

Mustaqil ta'lim

Kurs ishi (loyihasi)

Sirtqi bo’lim

I

8

8







104







120

II

8

8







104







120

Namangan – 2021 y



Fan/modul kodi

QAT1104


O‘quv yili

2021-2022



Semestr

1, 2


ECTS - Kreditlar

8 (4/4)


Fan/modul turi

Majburiy


Ta’lim tili

O‘zbek/rus



Haftadagi dars soatlari

4


1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama

(soat)

Qurilishda axborot texnologiyalari

32

(16 m / 16 a)



208

240


2.


I. Fanning mazmuni


Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, arxitektura-qurilish sohasida zamonaviy AKT hamda dasturiy va texnik vositalardan foydalanish tamoyillarini o‘rgatish hamda amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi – talabalarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, arxitektura va qurilish sohasiga axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy yondoshuvlari hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, shuningdek axborot texnologiyalari asosida shahar qurilishi, kommunal infratuzilma, bino va inshootlar qurilishi, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji hamda qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish jarayonlariga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali bo‘lajak mutaxassislar tayyorlash.




II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
I-SEMESTR

1-mavzu. Arxitektura va qurilishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari. Axborotlarning tuzilishi, shakllari va turkumlanishi. Axborotlarni o’lchash. Aloqa va kommunikasiya vositalari.

Arxitektura va qurilish taraqqiyotida hamda jamiyat rivojida axborot texnologiyalarining tutgan o’rni. Axborot madaniyati va axborotlashgan jamiyat. Axborotlashtirish sohasida me`yoriy-huquqiy hujjatlar. Qurilishda kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalarining ahamiyati. Axborot jarayonlarining apparat ta'minoti va tashkil etuvchilari (kompyuter, server, superkompyuter va meynfreymlar). Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va tarkibiy tuzilmasi. Aloqa va kommunikasiya vositalaridan foydalanish. Mobil qurilmalar va texnologiyalardan foydalanish.



2-mavzu. Qurilish va arxitektura soxasida axborotlarni yaratish va qayta ishlash. Qurilish masalalarini yechishda elektron jadvallardan foydalanish. Arxitektura va qurilishda katta ma'lumotlar bazasi.

Sohaga oid axborotlarni yaratish va qayta ishlash. Sohaga oid jadval ma'lumotlarini guruxlash, tartiblash, saralash, filtrlash va paketlar yordamida masalalar yechish. Taqdimotni yaratish va tahrirlash. Animatsiya va giperbog’lanishlar.

Ma'lumotlar bazasi turlari va axborot tizimlarini qurilishdagi roli. Ma'lumotlar bazasining asosiy ob'ektlari. Ma'lumotlar bazasini tashkil etish usullari. MBBT da ma'lumotlarni qidirish va ustidan amallar bajarish.

3-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va ularning mohiyati. Veb-sahifa va uning tuzilishi.

Kompyuter tarmoqlari topologiyasi. Masofaviy ta'lim texnologiyalari. Zamonaviy gipermatn texnologiyasi. Veb-sahifa yaratish dasturiy vositalari.

Axborot xavfsizligi tushunchasi. Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari. Kompyuter viruslari va ularning turlari. Axborotlashtirish sohasida ichki va tashqi tahdidlar. Elektron raqamli imzo.

4-mavzu. Qurilish va arxitektura soxasida axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash.

Algoritm va algoritmlash, algoritmning xossalari, algoritmlarni yaratish usullari va turlari. Qurilish masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari.

Dasturlash tillarining asosiy elementlari. Vizual dasturlash muxiti ob'ektlari va elementlari.

II-SEMESTR
1-mavzu. Arxitektura va qurilish soxasida axborot tizimlari.

Axborot tizimlari, ularning mohiyati, qo’llanilishi va vazifalari. Qurilishda axborot tizimlarini ta'minlovchi tarkibiy qismlar: texnik ta'minot, dasturiy ta'minot, matematik ta'minot, axborot ta'minoti va xuququiy ta'minot.

Qurilishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. Zamonaviy multimedia tizimlari. Avtomatlashtirilgan ish joylari xaqida tushuncha. Avtomatlashtirilgan ish joylarining tamoyillari, turkumlanishi va xususiyatlari.

2-mavzu. Kompyuter grafikasi tushunchasi va turlari.

Kompyuter grafikasiga kirish. Kompyuter grafikasi turlari. Adobe Photoshopga kirish. Asboblar palitrasi. Ranglar palitrasi. Rangli ma'lumotni taqdim etish rejimlari. Corel DRAW hujjatlari. Shablonlardan foydalanish. Matn. Oddiy va figurali matn. Quymalar: gradientlar, naqshlar, teksturalar. Egri chiziqlarni muqarrirlash.



3-mavzu. Qurilishda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari. AutoCAD dasturi haqida umumiy ma'lumotlar.

Standart primitivlari. Geometrik ob'ektlarni tasvirlarini qurish. Ob'ektlar xususiyatlari. Ob'ektlarini o’zgartirish buyruqlari. Lira dasturi haqida umumiy ma`lumotlar.



4-mavzu. Kompyuterda uch o’lchamli modellashtirish. 3D Studio MAX dasturiga kirish.

Dastur interfeysi. Uch o’lchamli modellashtirish usullari. 3D Studio MAX dasturida ob’yetlarga material berish. Revit dasturida axborot modellashtirishning uslubiy asoslari. Revit dasturida binolarning axborot modellarini Dynamo plagin yordamida vizual dasturlash.


III. Amaliy mashg‘ulotlari bo’yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:


I-SEMESTR

  1. Qurilishda murakkab hujjatlarni shakllantirish texnologiyalari. Qurilish korxonasi ma’lumotlarini elektron jadvalda shakllantirish. Qurilish korxonasi taqdimotlarini yaratish texnologiyalari.

  2. Ma’lumotlar bazasi (MB). Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. MS Access dasturi interfeysi.

  3. Kompyuter tarmoqlari. Tarmoq turlari. Axborotlarni himoyalash usullari.

  4. Qurilish masalalarini ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan foydalanib yechish.



II-SEMESTR

  1. Adobe Photoshop dasturiga kirish. Adobe Photoshop dasturi grafik ob’yeklarni yaratish.

  2. Corel DRAW dasturiga kirish. Corel DRAW dasturida logotiplar yaratish.

  3. AutoCAD dasturi. Dastur interfeysi. Loyihalash jarayonlarida AutoCAD dasturidan foydalanish.

  4. 3D MAX dasturi. Dastur interfeysi. 3D MAX dasturida uch o’lchamli ob’yektlarini yaratish. Materiallarni tahrirlash.

Talabalar amaliy mashg‘ulotlarda topshiriqlarni bajarishadi. Amaliy mashg‘ulotlarda bajariladigan topshiriqlar quyidagi tamoyillarga asosan tanlanadi: arxitektura va qurilish sohasi masalalarini yechishda malaka hosil qildiruvchi, fanning mohiyatini anglatuvchi va mavzular orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi kompyuter texnikasi yordamida bajariladigan topshiriqlar.

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.

IV. Nazorat topshiriqlari

Nazorat topshiriqlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:


I-SEMESTR

  1. PYTHON dasturlash tilida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarni algoritmlash.


II-SEMESTR

  1. Revit dasturida binolarning axborot modellarini Dynamo plagin yordamida vizual dasturlash.



V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:


I-SEMESTR


  1. Kompyuterlarning programma ta’minoti. Operatsion tizimlar haqida tushuncha.

  2. Arxitektura va qurilish soxasida ob'ektlarga yo’naltirilgan axborot modellari loyixalash tizimlari.

  3. Eksperimental rejalashtirishni matematik nazariyasining asoslari.

  4. Elektron jadval bilan ishlaydigan dasturlar imkoniyatlari va bir-biridan farqi. Elektron jadvalda funksiyalar ustalari bilan ishlash imkoniyatlari.

  5. Qurilish masalalarini sonli usullar yordamida yechish.

  6. Amaliy dasturlar paketi (Matlab va Maple).

  7. Elektron raqamli imzo.

  8. Masofaviy ta'lim texnologiyalari.


II-SEMESTR


  1. Qurilishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari.

  2. Kompyuter xavfsizligi muammolari. Antivirus dasturlari.

  3. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari. Rastrli, vektorli va fraktal grafika.

  4. Grafik dasturlar dasturida ob’ektlar va figuralar hosil qilish, ularni xususiyatlarini o‘zgartirish.

  5. ArchiCAD dasturida bino loyihasini yaratish.

  6. Qurilish konstruksiyalarini loyihalashni avtomatlashtirish (Lira).

  7. 3D MAX dasturida kameralar bilan ishlash. Animatsiyalar yaratish.

  8. Revit dasturida axborot modellashtirishning uslubiy asoslari.

Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limni ma’ruzalar konspekti va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va internet materiallari bilan ishlashni, taqdimotlar tayyorlashni, referatlar yozishni, standart talablarga mos ravishda va kompyuterdan foydalanib mustaqil ish bajarishni o‘z ichiga oladi.



3.

VI. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari

Talaba bilishi kerak:

  • talabalar tomonidan arxitektura va qurilish sohasida qo‘llaniladigan axborot texnologiyalarini mavjud fanlar doirasida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;

  • boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning nazariy asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • arxitektura va qurilish sohasidagi amaliy masalalarni mustaqil modellashtirish, arxitektura va qurilish sohasidagi axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llash maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lishi kerak.




4.

VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • ma’ruzalar;

  • interfaol keys-stadilar;

  • seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);

  • guruhlarda ishlash;

  • taqdimotlarni qilish;

  • individual loyihalar;

  • jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

5.

VIII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Talabalar tomonidan kreditlarni to’plab borish fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilgan mavzular va bajarilgan topshiriqlar haqida mustaqil mushohada yuritish, amaliy (tajriba) dars mashg’ulotlari hamda mustaqil ta’lim soatlari uchun berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, oraliq va yakuniy nazoratlar bo‘yicha belgilangan shakllar (o’gzaki, yozma, amaliy, test, assesment va h.k.)dagi topshiriqlarni bajarishdan iborat.

“Qurilishda AT” fanidan talabalar 1-semestrda 4 kredit, 2-semestrda ham mos ravishda 4 kredit, jami 8 kredit to’playdi. Har bir semestr davomida 1 ta oraliq nazorati va ishchi o’quv rejaga muvofiq o’quv soatlari tugagandan so’ng yakuniy nazoratlar jadvaliga asosan, belgilangan tartibda yakuniy nazorat o’tkaziladi.

Talaba oraliq nazoratga kirish uchun 1÷4 mavzular bo’yicha 4 ta amaliy ish va 1 ta nazorat topshiriqlarini hamda 1÷8 mavzular bo’yicha mustaqil ishlarni har birini kamida 60% ko’rsatgich bilan topshirgan bo’lishi lozim. Shundan kelib chiqib, talabalarning oraliq nazorat bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichlari quyidagi formula asosida aniqlanadi:
OB=[M(1-4)+A(1-4)+MI(1-8)]/3≥60%
Fan bo’yicha oraliq nazoratidan muvaffaqiyatli (60% va undan yuqori ko’rsatkich bilan) o’tgan talabalar bevosita yakuniy nazoratga kirish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

Yakuniy nazoratlar jadvaliga muvofiq, belgilangan tartibda 60% va undan yuqori natija bilan yakuniy nazoratdan o’tgan talabalar semestr uchun ajratilgan kredit (ya’ni 4 kredit)ga ega bo’ladi.


Kredit = BYN ≥ 60%
Izoh: “OB” – oraliq nazoratlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichlari;

“M” - ma’ruza mashgulotlari mavzulari kesimida topshirilishi lozim bo’lgan yozma ish, test, assesment va h.k shaklidagi topshiriqlar;

“A” – amaliy mashgulotlar uchun ajratilgan mavzular kesimida topshirilishi lozim bo’lgan amaliy ishlar (elektron, referat yoki amaliy ishlanma va h.k.);

“MI” – mustaqil ta’lim soatlari uchun ajratilgan mavzular kesimida topshirilishi lozim bo’lgan mustaqil ishlar (esse, referat, turli ishlanmalar va h.k.);



YN – yakuniy nazorat shakli (o’gzaki, yozma, amaliy, test, assesment, turli loyiha va ishlanmalar).
Talabani baholashda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26 sentyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan (№3069) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli buyrug‘laridan foydalanildi.
Fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʼyicha tegishli kreditlarni oʼzlashtirmagan hisoblanadi.

6.

Asosiy adabiyotlar

  1. S.S. Qosimov Axborot texnologiyalari: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: Aloqachi, 2006.-360 b.

  2. Niyazova N.A, Ximmataliyev D.O. “Quriishda axborot texnologiyalari”. O’quv qo’llanma, “Fazilatorgtexservis” XK nashriyoti, Nam.: 2020 y.

  3. Nazirov Sh.A., Nuraliyev F.M., To‘rayev B.Z. Kompyuter grafikasi va dizayn. O‘quv qo‘llanma. -Т.: «Fan va texnologiya», 2015, 256 b.

  4. Shadmanova U.A., Islamova F.S., Qurbonov E.Sh. Qurilishda axborot texnologiyalari Toshkent: «O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2018. — 164 b.

  5. Kenjabayev A.T., Ikramov M.M., Allanazarov A.Sh. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari —Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017. —408 b.

  6. Richard L. Halterman Fundamentals of C++ Programming. Copyright © 2019. All rights reserved. 634 pg.

  7. Brian P. Hogan HTML5 and CSS3, Second Edition. Level Up with Today’s Web Technologies. Copyright © 2019 The Pragmatic Programmers, LLC. All rights reserved. 290 pg.

  8. Raavi O’Connor Autodesk 3ds Max® 2019 Modeling and Shading Essentials. Copyright © 2019 Raavi Design. 466 pg.


Qo‘shimcha adabiyotlar


  1. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. T., “O‘zbekiston”. 2016 y. 47 bet.

  2. Randy H. Shih AutoCAD 2018 Tutorial - First Level: 2D Fundamentals Better Textbooks. Lower Prices.

  3. BarBara Zukin Heiman. PH.D. and others Practical Photoshop® CS6, Level 1 Copyright © 2009–2019 by. 53 pg.

  4. Aripov M. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma T.: “Noshir” 2019. 366-b

  5. Aripov M. va b. Informatika, informatsion texnologiyalar Darslik T.: TDYUI 2018. 278-b.

  6. Чумаченко И.Н. 3DS МAХ. Самоучитель. М.: НТ Пресс 2020. 538с.

Axborot manbaalari

  1. www.lex.uz

  2. www.ZiyoNET.uz

  3. www.tami.uz

  4. www.e-darslik.uz

  5. http://linux.manas.kg/books/how intranets work/ch32.htm

  6. http://www.practical-photoshop.com

  7. http://virtual-university-eurasia.org/

7.

Fan/modul uchun mas’ullar:

A.I. Isomiddinov - NamMQI, “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent.

N.A. Niyazova - NamMQI, “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha PhD.


8.

Taqrizchilar:

T. Jo’rayev - NamMQI, “Informatika va AT” kafеdrasi mudiri, t.f.n.



B. Ergashev - NamMTI, “TJABIT” kafеdrasi dotsenti, t.f.n.


9.

Fanning o’quv dasturi Namangan muhandislik-qurilish instituti O‘quv-uslubiy Kengashining 2021 yil “___”_________dagi ____-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.



Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish