42
tsementlashadi. Masalan, yuqorida yotuvchi qatlamlarning bosimi,
harorat ta’sirida
gillar-gilli slanetslarga, yumshoq qumlar zich qumlarga
aylanadi. Yerning chuqur qismlarida harorat va bosimning yuqori
darajadagi ta’siri oqibatida, zichlangan tog‘ jinslari yana qaytadan
kristallanib ularning strukturasi va tarkibi o‘zgaradi. Ana shunday
sharoitlarda kristalli slanetslar hosil bo‘ladi.
Pnevmogidrotyermal metamorfizm-magmaning
yuqoriga harakat
qilib, intruziv tog‘ jinslarini hosil qilgan paytda undan ajralgan yuqori
harorat va bosimga ega bo‘lgan gazlar hamda suyuq yeritmalar ta’sirida
magmatik, effuziv va intruziv jinslarning o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Bu
jarayon pnevmatolit yoki gidrotyermal metamorfizm deb ataladi.
Metamorfik tog‘ jinslarining mineralogik tarkibi, ko‘pincha
magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslarining aynan o‘zlaridir. Metamorfik
jinslarning teksturasi-slanetsli (gneyslar, gilli slanetslar) yoki massivli
(marmar, qumtosh) bo‘ladi. Slanetsli tuzilish bir tomonlama bosim
ta’sirida shakli o‘zgargan jinslar uchun haraktyerlidir.
Ushbu tuzilishga
ega bo‘lgan slanetsli metamorfik tog‘ jinslarining parallel bo‘lgan
yo‘nalishi bo‘yicha qurilish xossalarini, masalan; sovuqbardoshligi,
mustahkamligining pasayishini kuzatish mumkin. Massivli (zalvorli)
tekstura - har tomonlama bosim ostida hosil bo‘ladigan jinslar uchun
haraktyerli bo‘lib, bunda kerakli cho‘kindi tog‘ jinsi qayta kristallanishi
va zichlanish oqibatida yaxlit tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday jinslar o‘zi
hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslariga ko‘ra, yuqori zichlikka ega bo‘ladi.
Qurilishda metamorfik tog‘ jinslaridan: gneyslar,
gilli slanetslar,
marmarlar va kvartsitlar ishlatiladi.
Gneyslar mineral tarkibiga ko‘ra granit tipidagi jinslarga
o‘xshashdir u, slanetsli tuzilishga ega bo‘lganligi sababli uzoqka
chidamaydi. Qurilishda ulardan ko‘proq poydevorga yopishtiriladigan
tosh plitka o‘rnida, yo‘laklarga tyerish uchun, suv xavzalari qirg‘oqlarini
koshinlashda ishlatiladi.
Gilli slanetslar gillardan tashkil topgan xaqiqiy slanetsli metamorfik
tog‘ jinsi bo‘lib, rangi qora yoki kulrang qoramtir bo‘ladi. Gilli slanetslar
suvda ivimaydi, suv bilan aralashib ketmaydi,
nurashga qarshi yaxshi
bardosh beradi, osongina yupqa varaqachalarga (3...10 mm) ajralib,
tomga yopiladigan matyerial sifatida ishlatiladi.
43
Marmarlar ohaktoshlardan hosil bo‘lib, kal’tsit minerallarining
puxta birikishidan, ba’zan dolomit, marganetsli, temirli va uglyerod
birikmalar bilan aralashib, ularga turlicha rang beradi.
Aralashmalar bir
tekisda tarqalmaganligidan marmarlar rang-barang jilolarda tovlanib
ajoyib ko‘rinish beradi. Marmarlarning zichligi ancha yuqori 2900 kg
m
3
gacha, suv shimuvchanligi 0,7% gacha, siqilishga bo‘lgan mustahkamligi
300 MPa gacha, qattiqligi 3 ga teng. Marmarlarga ishlov berish oson,
ularni yupqa plitalarga qirqib ajratish mumkin. Marmarlardan binolarning
ichki qismidagi devorlarga qoplama matyerial, zinapoya sahnlarida,
ustunlarda, qoplama matyerial sifatida ishlatiladi.
Marmarning siniqlari
esa suvoqchilikda pardozbop qurilish matyeriali sifatida ishlatiladi.
Binolarning tashqi qismlarida ko‘pchilik turdagi ohaktoshlarni ishlatish
yaramaydi, chunki tashqi ob-havo ta’siridan (suv, oltingugurt gazi, issiq-
sovuq) marmar yuzasining jilosi buziladi, ko‘zga tashlanib turadigan
darajada yemiriladi (rangi o‘zgaradi, g‘ovak, g‘adir-budir bo‘lib qoladi).
Qumtoshlar qumlarning zichlanib, ko‘rinishi o‘zgargan jinsdir. U
zich tuzilishli, kvartsli
tsement bilan tsementlangan, qayta kristallangan
kvartsdan iborat. Tashqi ko‘rinishidan oq, qizil, to‘q olcha ranga ega
bo‘ladi, zichligi yuqori, 2700 kg
m
3
atrofida, suv shimuvchanligi 0,2%
dan kichik, siqilishga bo‘lgan mustahkamligi 400 MPa gacha, qattiqligi 7
ga teng bo‘lib, uzoqka chidaydi. Qumtoshlar tashqi yuzalarni puxta
qoplamalash uchun, ko‘priklarning fyermalari ostida, chaqiqtosh o‘rnida,
shuningdek dinasli o‘tga chidamli matyeriallar sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: