1.1 rasm. Texnik me’yorlar va talablar piramidasi.
Sifatni boshqarishning AQSH tajribasi.
Global sanoat salohiyatining katta qismi yo’q qilingan ikkinchi jahon urushidan
keyingi davrda hamma davlatlarda keng iste’mol mahsulotlarining yuqori tanqisligi
yuzaga kelgan. AQSH ning hududi to’pga tutilmagan yoki quruqlikdagi janglar
maydoniga aylanmagan. Sobiq askarlarning uyiga qaytishi natijasida butun dunyoda
ortgan ehtiyojlarni qondirish uchun AQSH sanoati tez o’sib, muzlatgichlar, televizorlar,
avtomobillar va radiopriyomniklarni cheklanmagan miqdorda ishlab chiqara boshlagan.
40 – 50 – yillarda Amerikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati past edi. Faqat
rejalashtirilgan hajmda mahsulot ishlab chiqarishga e’tibor berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |