2.2. Sifat tushunchasining tarixi
Sifat tarixi. Fan, texnika va umuman jamiyatda sodir bo’layotgan hozirgi
jarayonlarni anglashda sifatning tarixini bilish muhim ahamiyatga egadir. Arxeologiya va
unga yaqin fanlar, o’tmishda muhandislik va boshqa faoliyat sohalarida g’aroyib yutuqlar
qo’lga kiritilgani haqida dalillar topishmoqda. Bu yutuqlarni yuqori darajadagi sifat va
sifat boshqaruvisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil shohi
Xammurapi qonunlar majmuini yozib,(arxeologlar tomonidan 1901-1902 yillarda Suzada
(qadimgi Messopotamiya hududi) tahminan tarixi m.o. 1780 yillarda yaratilgan
Xammurapi qonunlar qomusi topilgan. Qomusda 282ta qonun bo’lib, ular qora toshli
ustunlarga bitilgan edi), mahsulot sifati uchun javobgarlikka asos solgan. Unda agarda
usta uy qursa. ammo uy chidamli bo’lmay, qulab biror odam halok bo’lsa, ustaga o’lim
jazosi belgilangan. Bu qonunlar ishlab chiqaruvchini (qaysi soha bo’lishidan qat’iy nazar)
o’z ishlab chiqargan mahsulotining sifati uchun javobgarlik tamoyillarini ilk bor
ifodalagan. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilganlik uchun nafaqat moddiy, balki jismoniy
jazolash amaliyoti qo’llanilganligi tarixdan ma’lum. Masalan, Petr I ning 1723 yil 11
16
yanvarda imzolagan farmoni yorqin misol bo’la oladi. Jumladan farmonda, Tula fabrikasi
egasi Kornil Beloglazov davlat idoralariga yaroqsiz qurol-aslahalar sotganligi uchun
cherkovda ishlashga yuborilishi,ishonchli nazoratchi Frol Fuks yaroqsiz mahsulotga sifat
tamg’asini bosganligi uchun esa Azovga surgun qilinishi ta’kidlangan.
Asrlar ketidan asrlar o’tgach, ko’pgina sifatning taraqqiyoti to’g’risidagi tarixiy
ma’lumotlar saqlanib qolmagan. sifatni boshqarish to’g’risidagi fanning aynan qachon
paydo bo’lgani haqida ham yagona fikr yo’q.
Turli mutaxassislar va tashkilotlarning qarashlaridagi ko’pgina o’xshashliklarga
qaramay, sifatning yagona maqbul yoki to’g’ri talqini mavjud emas. Faqat turli mualliflar
kontseptsiyalarida mavjud bo’lgan asosiy yondoshuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Sifat – bu qadriyat.
2. Sifat – bu ustunlikdir.
3. Sifat – bu spetsifikatsiyalarga muvofiqlikdir.
4. Sifat – bu mijozlar istaklariga muvofiqlik va yoki shu istaklarni oldindan ko’ra
bilishdir.
Sifat bu - qadriyat, degan yondoshuvga A. Feygenbaum quyidagicha fikr bildiradi:
“Sifat bu -“eng yaxshi” degan mutlaq ma’noni ifoda etmaydi. U, “iste’molchining
muayyan shartlariga ko’ra eng yaxshi” degan ma’noni anglatadi. Bu shartlar quyidagicha:
a) mahsulotning haqiqiy iste’moli; b) mahsulotning sotilish narxi. Mahsulotning
sifatini uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatdan ajralgan holda tasavvur qilib
bo’lmaydi” sifatli mahsulot – bu mutanosib narxda, ma’lum ehtiyojlarni qondiruvchi
mahsulotdir.
Sifat bu - ustunlikdir. Bunday yondoshuv D. Garvinning ta’rifidan tashqari,
“Oxford University Press” (1990) lug’atida mavjud. Unda sifat ustunlik yoki asllik
ma’nosida ta’riflanadi.
Sifat – bu spetsifikatsiyalarga muvofiqlikdir: SHunday mahsulotni ishlab chiqarish
yoki shunday xizmatlarni ko’rsatish kerakki, ularning o’lchanadigan xususiyatlari
raqamlarda ifodalangan aniq texnik talablarni qondirsin. Bunday yondoshuv ikkinchi
jahon urushi davridayoq keng tarqalgan edi, negaki o’sha vaqtda harbiy mahsulotlar
belgilangan talablarga aniq javob berishi kerak edi. Bir tomondan, bunday talqinni ishlab
chiqarish xususiyatiga ega deyish mumkin, chunki bu talablarni muhandislar belgilaydi,
buyurtmachilarning talablari esa inobatga olinmaydi. Biroq ko’p mutaxassislar
ta’kidlashicha,, mijozlarning ehtiyoj va talablari bunday spetsifikatsiyalar uchun asosiy
harakatlantiruvchi kuch bo’lmog’i kerak.
Sifat – mijozlar istaklariga muvofiqlik va yoki shu istaklarni oldindan ko’ra
bilishdir, degan yondoshuv hozirgi kunda keng tarqalgan. Yuqorida keltirilgan
misollardan ko’rinib turibdiki, taniqli mutaxassislarning ko’pchiligi bu yondoshuvni o’z
ta’riflarida e’tirof etishgan .
SHunday qilib, sifatning zamonaviy talqini qay darajada bo’lmasin, ana shu
yondoshuvlarga asoslanishi lozim. ISO 9000:2000 xalqaro standartining so’nggi tahririda
sifat ta’rifi lo’nda qilib berilgan va unda yuqorida keltirilgan birinchi va to’rtinchi
yondoshuvlarni birlashtirishga harakat qilingan. Sifat mahsulot va xizmatlar xususiyatlari
yig’indisining talablarga muvofiqlik darajasi deb, talab esa – aniqlangan ehtiyoj yoki
istak deb ifodalanadi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |