Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning kimyoviy xosslari ularning elektron berishi va metall ionlariga aylanishiga bolikdir. Metallar orasida ishkoriy metallar kuchli kaytaruvchilardir. Davrda kaytaruvchilik xossasi o’ngdan chapga karab, guruxda yukoridan paga karab ortadi.
1. Metallarning metallmaslar bilan birikmalari.Ular vodorod bilan gidridlar xosil bo’lib:
2Na+H2=2NaH Ca+H2=CaH2 2Al+3H2=2AlH3
Kislorod bilan oksidlar, peroksidlar olinib:
4Li+O2=2Li2O 2Ca+O2=2CaO 4Al+3O2=2Al2O3
Galogenlar bilan ftoridlar, xloridlar, bromidlar xosil kilsa, oltingugurt bilan sulfidlar, fosfor bilan fosfidlar, azot bilan nitridlar,uglerod bilan karbidlar, kremniy bilan silitsidlar xosil kiladi.
2 . Metallarning kislorod bilan birikmalari. Ishkoriy metallar fakat litiy bilan oksid xosil kiladi. Boshqa ishkoriy metallar bilan (xatriy) peroksidlar xosil kilsa, kaliy va rubidiy va tseziylar bilan superoksidlar xosil bo’ladi. kolgan ko’p metallar
oksidlar xosil kiladi.
Agar metall o’zgaruvchan valentlikka ega bo’lsa metallning eng kichik valentligi asosli xossaga, o’rtacha valentligi amfoter xossaga, eng yukori valentligi esa kislotali xossaga ega bo’ladi.
SrO asosli oksid unga asos Cr(OH)2; Cr2O3-amfoter oksid, unga xam asos Cr(OH)3 va xam kislota (HCrO2 -metaxromit va H3CrO3 - ortoxromit kislota); CrO3 -kislotali oksid bo’lib uning kislotalari H2CrO4 xromat va H2Cr2O7 dixromat kislotadir.
SHunga o’xshash xossalar MnO va Mn2O3 bolib, bu oksidlar asosli
( Mn(OH)2 va Mn(OH)3); MnO2 - amfoter oksid ( Mn(OH)4; H2MnO3; H4MnO4) MnO3 va Mn2O7 kislotali oksidlar (H2MnO4 va HMnO4).
3.Metallarning kislotalar bilan ta’siri. Fe, Al, Zn, Mg kabi aktiv metallar H2SO4 suyult. , HCl, H3PO4, CH3COOH o’xshash kislotalar bilan ta’sir etib shu metallning tuzini xosil kiladi va reaksiyada vodorod ajraladi.
Xuddi shu kislotalar bilan Cu, Ag, Hg, Au, Pt kabi passiv metallar eritmada ta’sir etmaydi .Bunda tuz xosil bo’lmaydi va vodorod ajralmaydi.
Kons. sulfat kislota (96%) Fe, Al, Cr, Au, Pt kabi metallar bilan eritmada ta’sirlashmasdan ularni passivlaydi. Cu, Hg, Ag ga o’xshash metallar kons. kislota ta’sirida shu metallning tuzini xosil kilib oltingugurt(IY) oksidini xosil kiladi (SO2). Zn, Mg, Ca kabi faol metallar kons. sulfat kislota ta’sirida shu metallning tuzini va SO2 (yoki S va H2S) xosil kiladi.
Kons. nitrat kislota xam(63%li) Fe, Al, Cr, Au, Pt kabi metallar bilan ta’sirlashmaydi Cu, Hg, Ag ga o’xshash passiv metallar bilan ta’sirlashib, shu metallning tuzini va azot(IY) oksidini xosil kiladi(NO2). Agar shu metallar suyultirilgan nirtat kislota bilan ta’sirlashsa(3-50%li) , bu xolda metallning tuzi va azotning (II) oksidi xosil bo’ladi. Zn, Mg, Ca ga o’xshash aktiv metallarning kons. nitrat kislotasi bilan ta’sirida, shu metallarning tuzi va azotning turli oksidlari, xatto azot xosil bo’lishi (NO2, N2O va N2) kuzatiladi. Agar shu metallar va Al, Fe suyultirilgan kislotalar bilan ta’sirlashsa, metallarning tuzi bilan birga azot oksidlari va xatto ammiak tuzlari xosil bo’ladi( NO, N2 va NH4NO3).
4.Metallarning suv bilan ta’siri. Ishkoriy va ishkoriy yer metallari suv bilan shiddatli ta’sir etadi. Bunda metall gidroksidi va vodorod xosil bo’ladi. Fe,Mg, Zn ga o’xshash metallar esa suv bilan yukori xaroratda ta’sir etadi.
5.Metallarning ishkorlar bilan ta’siri. Ishkorlar bilan fakat amfoter metallar ta’sir etadi. Bunday metallar katoriga Be, Zn, Al, Ge, Sn,Pb kabi metallar kiradi. Bu metallar xam kislotalar xam asoslar bilan reaksiyaga kirishadi.
Be+2HCl=BeCl2 +H2 Be+2NaOH=Na2BeO2+H2
Be+2NaOH+2H2O=Na2[Be(OH)4]+H2
Zn+H2SO4=ZnSO4+H2 Zn+2NaOH+2H2O=Na2[Zn(OH)4]+H2
Pb+2NaOH+2H2O=Na2[Pb(OH)4]+H2; Pb+4NaOH+2H2O=Na4[Pb(OH)6]+H2
Ge,Sn, Al kabi metallar xam kislotalar va xam ishkorlar bilan ta’sirlashadi.
6. Metallar o’zlaridan aktivligi kam bo’lgan metallarni tuzlaridan siqib chiqaradi:
CuSO4+Fe=FeSO4+Cu Hg(NO3)2+Cu=Cu(NO3)2+2Hg
2K[Ag(CN)2]+Zn=K2[Zn(CN)4]+2Ag ; FeSO4+Mg=MgSO4+Fe
Do'stlaringiz bilan baham: |