Rezidentlilikni aniqlashdagi muammoli holatlar. Quyidagilar shu mamlakatning rezident birligi hisoblanmaydi:
rezident birliklar tomonidan va ular ishtirokida tashkil qilingan chet eldagi qo'shma yoki boshqa korxonalar;
mamlakatda joylashgan xalqaro tashkilotlar;
mamlakatda faoliyat ko'rsatuvchi norezident birlikning mustaqil bo'lmagan bo'limlari va vakillari (qurilish, qutqaruvchilar, murakkab texnika va uskunalarni sozlovchilar, maslahatchilar va h.k.);
mamlakatda joylashgan armiya bo'linmalari;
muddatidan qat'iy nazar, shu mamlakatda o'qiyotgan chet ellik studentlar, malaka oshiruvchilar, davolanuvchilar;
26
shu mamlakatga investitsiya kirituvchi chet ellik investorlar, xalqaro tashkilotlar va banklar (Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va h.k.).
MHTda iqtisodiy operatsiyalarni tasniflari.
Iqtisodiy operatsiyalar. Institutsion birliklar o'rtasidagi har qanday iqtisodiy ma'noga ega bo'lgan munosabatlar - iqtisodiy operatsiyalar deyiladi. Iqtisodiy operatsiyalar ikki birlik o'rtasida bo'ladi va ikkala birlik bu munosabatni iqtisodiy operatsiya sifatida qayd etadi. Masalan, А birlik V birlikka 1000 so'mlik tovarni sotdi. Bu tovar ayirboshlash operatsiyasi hisoblanadi. Agar, А birlik rezident institutsion birlik, V - norezident bo'lsa bu operatsiya А uchun eksport V uchun esa import operatsiyasi hisoblanadi. Ma'lumki, iqtisodiyotda minglab institutsion birliklar mavjud. Ular o'rtasida millionlab operatsiyalar bajariladi. MHTda operatsiyalarning har biri alohida-alohida emas, balki ma'lum tartibda guruhlangan holda tarmoq va sektorlar miqyosida qayd etiladi.
Iqtisodiy operatsiyalar quyidagicha guruhlanadi:
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, ularni ayirboshlash, ishlatish va iste'mol qilish bilan bog'liq operatsiyalar;
daromad taqsimoti va qayta taqsimot operatsiyalari;
moliya instrumentlari bilan bog'liq operatsiyalar(moliya aktivlari va passivlariga ega bo'lish, ularning o'zgarishi, kreditlar olish va berish, qarzlarni to'lash, dividendlar va foizlar olish va to'lash, qarzdan voz kechish, aktiv yoki passivlarning inflyatsiya va valyuta kurslari o'zgarishi natijasida o'zgarishi va h.k.);
favqulodda ro'y beradigan hodisalar, tabiiy ofatlar, urushlar natijasida aktivlarning o'zgarishini ifodalovchi boshqa operatsiyalar.
Operatsiyalarga misol qilib, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, sotish, tarmoq va sektorlar o'rtasidagi tovar va xizmatlarni ayirboshlash, ular o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ichki iqtisodiyot sektorlari bilan norezident birliklar(tashqi dunyo sektori) o'rtasidagi eksport, import, investitsiyalar ayirboshlash, ularni qaytarishkabi amaliyotlarni ko'rsatish mumkin.
Operatsiyalarni qayd etishda oqimlar va zaхiralarni farqlash lozim.
Oqimlar - kuzatilayotgan ma'lum bir davrdagi iqtisodiy o'zgarishlarni ifodalovchi operatsiyalardir. Masalan, tovar va xizmatni ayirboshlash, aktiv va passivlarning o'zgarishini ifodalovchi operatsiyalar, ma'lum bir davrdagi ishlab chiqarish hajmini yoki olingan (yoki berilgan) daromadlarning miqdorini qayd etuvchi operatsiyalar oqimlarga misol bo'la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |