SHaberlashning mohiyati. Tekshirish asbobi
(plita chizg’ich) yupqa qilib bo’yaladi. O’nga
ishlov beriladigan buyumni qo’yib, doiraviy
yo’nalishda harakatlantiriladi. SHunda sirtning
chiqiq joylariga bo’yoq tegadi. Kichik detallar
tiskiga mahkamlab, yirik zagotovkalar esa
turgan
joyida
shaberlanadi.
SHaber
ishlanadigan sirtga 15-20
burchak ostida
qo’yiladi, o’ng qo’l bilan dastasidan ushlab,
chap qo’l bilan qirquvchi qirrasi yaqinidan
qisiladi. SHaberni oldinga harakatlantirganda
qirquvchi tig’i yupqa qirindi qiradi, ketinga
harakatlantirganda
esa
qirindi
qirmaydi.
SHaber bir gal surilgandan so’ng sirt qirindidan
tozalanadi, yana bo’yaladi va bo’yoq tekkan
(chiqiq) joylari yana shaberlanadi.
Sirt birligiga to’g’ri keladigan dog’lar soni normaldagiga yetguncha operatsiya
takrorlanaveradi. Dog’lar soni qancha ko’p bo’lsa. CHiqiq va botiqlar shunchalik mayda
bo’ladi hamda sirt shunchalik aniq chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |