Zenkovkalash
Zenkovkalash-bolt, vint va parchin mixlar uchun maxsus asboblar yordamida
tsilindsimon, konussimon o’yiqlar yoki raxlar yo’nish jarayonidir.
Kesuvchi qismining shakliga ko’ra zenkovkaning tsilindrsimon, konussimon va toretsli
xillari mavjud.
TSilindrsimon zenkovkaning ishchi qismi 4 tadan 8 tagacha torets tishlar va quyruqdan
tuzilgan. Uning yo’naltiruvchi tsapfasi parmalangan teshikka kiradi. Zenkovkaning o’zgarmas
yo’naltirgichi va tsilindrsimon quyrug’i R6M5 po’latdan yasaladi.
Konussimon zenkovka ham ishchi va quyruq qismlardan iborat, konus shaklidagi
ishchi qismining burchagi 2
ga teng. Uchlari 30, 60, 90 va 120
bo’lgan konussimon
zenkovkalar ko’prok qo’llaniladi.
Teshiklarni razvertkalash. Razvertkalash-teshiklarga 7-9 kvalitet bo’yicha ishlov
berish jarayoni bo’lib, unda sirtning g’adir-budirligi Ra 1,25-0,63 oralig’ida bo’lishi mumkin.
Teshiklarni razvertkalash ishlari parmalash, tokarlik dastgohlarida yoki qo’lda dastakli usulda
bajariladi
Do'stlaringiz bilan baham: |